132
Miya jarohatida ruhiy buzilishning eng og‘ir turi bu Korsakov sindromi.
Darhol xushdan ketgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin yoki deliriy – amentiv
sindrom bilan almashinadi. Bemor tashqi muhitdagi munosabatlarni qabul qiladi,
ammo hech qancha o‘tmay esidan chiqarib yuboradi. Xotira ba‘zan
konfabulyatsiya bilan to‘ldiriladi. Ko‘pincha bemorda retrograd amneziya
aniqlanadi. Korsakov sindromi 3-4 oy ichida sekin asta yo‘qolib boradi. Miya
butunligi buzilgandagina xotira buzilishi uzoq vaqtga cho‘ziladi.
Miya jarohatida asab-ruhiy buzilishlardan yana eng og‘iri bu surdomutizm –
kar va soqovlik. Bu patologiyani asosan havo kontuziyasi bilan bog‘laydilar.
Miya jarohatlarining asoratlari – jarohatdan
keyingi tserebrosteniya,
entsefalopatiya, aqli zaiflik, psixoz.
Jarohatdan keyingi tserebrosteniya – nevrasteniya klinikasini namoyon etadi.
Jarohatdan so‘ng ancha yillar o‘tib paydo bo‘ladi. Asosiy shikoyatlari: tez
charchash, holsizlik, qo‘shimcha ishlarni berganda og‘irlik tushishi hollari, bosh
og‘rig‘i doimiy tarzda, ayniqsa ish vaqtida havo o‘zgarganda, transportda yurganda
kuchayadi. Bundan tashqari, giperesteziya, vegetativ innervatsiyani stabilligi.
Shunga qo‘shimcha holda ipoxondrik xayollar, yopishqoq xayollar, qo‘rquv paydo
bo‘lishi mumkin.
Travmatik entsefalopatiya – o‘tkazilgan kontuziya
natijasida kelib chiqib
MNS tomonidan chuqur o‘choqli simptomlar borligi bilan tushuntiriladi.
Keng tarqalgan travmatik entsefalopatiyaning bir turi bu travmatik
epilepsiya - epilepsiyasimon tutqanoqlar asosan miyani peshona pushtasining
motor va premotor zonalarini fokal zararlanishi natijasida yuzaga chiqadi.
Epilepsiyadan farqi jarohatdan so‘nggi epilepsiyada shaxs o‘zgarishlari yuzaga
kelib chiqmaydi. Travmatik entsefalopatiyadan so‘ng shaxsning psixopatik
o‘zgarishiga olib keluvchi ildizdir. Bemorda besabab asabning o‘ta yuzaligi «olovli
jahl»,
qiziqishlarni chegaralanishi, aniq ko‘zga tashlanuvchi egotsentrizm,
agressivlik paydo bo‘ladi. Bularda asosan alkogol ichimliklariga berilishi moyilligi
yuqori bo‘ladi. Entsefalopatiya bilan bemorlar nogironlikka chiqadilar.
133
Miya jarohatining yana bir og‘ir turi bu dementsiyadir. Klinik ko‘rinishi –
holsizlik, bo‘shashish, qiziqishlarini cheklanganligi, apatiya yoki o‘ta jahldorlik,
impulsivlik yuzaga chiqadi. Bunda amnestik buzilishlar yuzaga chiqadi. Jarayon
chuqurlashgan sari o‘z xatolarini ham bemor korrektsiya qila olmaydi, aniq fikrlar
mazmunini to‘liq tushuna olmaydi.
Travmatik tserebrasteniya va entsefalopatiyasi
bor bemorlarda epizodik
holda travmatik psixozlar uchrab turadi, ba‘zan maniakal va depressiv
simptomokomplekslar uchrab tsirkulyar psixoz klinikasini eslatadi.
Bolalarda bosh miyani jarohati natijasida ruhiy rivojlanishidan orqada
qolishi kuzatiladi. Shikastlanishini o‘tkir darajasida bolalarda doimiy belgisi bu es-
hushni buzilishi o‘chib qolish tipi bo‘yicha. Deliriy holati kam uchrab,
asosan
kechasi qisqa, rudimentar qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar bilan o‘tadi. Amnestik
sindrom ham rudimentar shaklda bo‘ladi. Fiksatsion hotira pasayadi, retentsiya
sust.
Jarohatning o‘tkir davrida bolalarda tutqanoqlar kuzatilishi mumkin. Og‘ir
xollarda esa meningial simptomlar yuzaga chiqadi. Doim vegetativ funktsiyalarni
buzilishini
kuzatishimiz mumkin, uyquning buzilishi, ishtahani pasayishi, profuz
terlash, so‘lak ajralishi, enurez. Ba‘zan duduqlanish kuzatiladi.
Affektiv
buzilishlardan
(zerikish,
doimiy
kayfiyatini
o‘zgarishi
tushkunlikdan to quvnoqlikka) bolalarda aniq bir o‘rin egallaydi.
Ba‘zan bolalarda ham kattalarniki singari asoratlar kuzatiladi.
Travmatik tserebrasteniya astenik holatdan farq qilib jarohatning o‘tkir
davrida o‘zining turg‘unligi bilan xarakterlanadi va ko‘pincha boshqa sabablarga
ko‘ra kompensatsiyalanadi. Biror kasallik interkurrent bo‘lsa,
yoki hayotiy
qiyinchiliklar kuzatilsa klinik belgilari o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadi.
Travmatik entsefalopatiyada bir-biriga qarshi klinik simptomokompleks kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: