237
Pedagogik testlash modeli.
Pedagogik testlash modeli o‘rganuvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalarini baholashda qo‘llaniladi. Bu sohada ko‘p tarqalgan
modellar quyidagilardan iborat:
klassik;
murakkab vazifali klassik model;
murakkabligi ortib boruvchi model;
o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha
vazifalarni ajratish modeli;
vazifalarga javob berish vaqtini hisoblash modeli;
testga chegaralangan vaqt bo‘yicha model;
moslashuvchan model;
ssenariy bo‘yicha model.
Model kombinitsiyalangan bo‘lishi mumkin. Masalan: vazifalar murakkabligi va
vazifaga javob berish vaqti bilan birga,
klassik model; test vaqti chegaralangan
model bilan vazifalar murakkabligi ortib boruvchi model;
vazifaga javob berish
vaqti hisobli va adaptiv model; noaniq matematika va vazifaga javob berish vaqti
hisobli model; vazifalar murakkabligi hisobli va o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha
vazifalar taqsimlangan model va boshqalar.
Aniq bo‘lmagan matematik pedagogik testlash modeli.
Ushbu model boshqa
ixtiyoriy pedagogik testlashning o‘sishida bo‘ladi, chunki ularda aniq xarakterli test
vazifalari va javoblari bilan birga, aniq bo‘lmagan o‘xshashliklardan foydalaniladi.
Bunda quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
murakkab vazifalar («oson», «o‘rtacha», «yuqori o‘rta», «qiyin»);
javoblar to‘g‘riligi («to‘g‘ri», «qisman to‘g‘ri», «ko‘proq noto‘g‘ri»,
«noto‘g‘ri»);
javoblar vaqti («kichik», «o‘rtacha», «katta», «juda katta»);
yakuniy baholashning to‘g‘ri javoblari foizlarda («kichik», «o‘rtacha»,
«katta», «juda katta») va boshqalar. Aniq bo‘lmagan xususiyatlar kirishi
238
o‘qituvchilarga testlarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
Masalan, o‘qituvchi vazifaning murakkab yoki osonligini yetarlicha
tezlikda
ajratishi mumkin, biroq 100 balli shkala yoki aniq baholash
bo‘yicha ikki murakkab vazifaning qiyinligi jihatidan farqini aytish
yetarlicha oson bo‘lmaydi. O‘rganuvchiga testlash natijasida yig‘ilgan
aniq ballardan ko‘ra aniq bo‘lmagan baholash
nuqtai nazaridan uning
bilimini «yaxshi», «a’lo», «qoniqarli» ko‘rinishi ko‘proq tushunarli
bo‘ladi.
Ssenariy bo‘yicha pedagogik testlash modeli.
Quyidagi jihatlar o‘qituvchilar
tomonidan testlar ssenariysini shakllantirishda qo‘llaniladi: testda har bir mavzu
bo‘yicha qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testda
murakkabligi darajasi
bo‘yicha bir qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testda har bir shakl bo‘yicha bir
qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testlar uchun ajratiladigan vaqt; boshqa
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lishi.
Ssenariyni o‘quv kursining ixtiyoriy hajmi: bo‘limlar, fanlar,
mutaxassisliklar
bo‘yicha yaratish mumkin. Bevosita testlashtirishda har bir testning murakkablik
darajasi, mavzusi, shakllari bo‘yicha vazifalar tanlash va shuningdek,
umumiy
vazifalar bazasida tasodifiy tarzda kelib chiqadi. Shuning uchun har bir o‘rganuvchi
o‘zining vazifasini oladi.
Olingan testlar barcha o‘rganuvchilar uchun paralell ko‘rinishda, shuningdek,
vazifalar bir xil miqdorda va darajada murakkablik yig‘indisiga ega bo‘ladi, biroq
modeldan farqi murakkab jihatining o‘sib borishi bilan barcha o‘rganuvchilar uchun
mutloq bir xil shartli testlashni ta’minlash, demak, har bir mavzu bo‘yicha qancha
va qanday vazifalar bo‘lishi kerakligini bu yerda test ishlab chiquvchilar o‘zlari hal
qilishlari, shuningdek, paralellikni ta’minlashlari zarur.
Ushbu modelni adaptiv model bilan taqqoslash kam samara beradi, shuningdek, har
bir o‘rganuvchining individuallik asoslariga sozlana olmaydi,
yagona ustunligi
psixologik xarakterining ustunligi: adaptiv model bo‘yicha testlashda o‘rganuvchi
turli miqdordagi savollarga javob beradi va xuddi har xil shartlarda joylashadi.
239
Ssenariy bo‘yicha testlash paytida barcha o‘quvchilar har bir mavzu va murakkablik
darajasi bo‘yicha bir xil miqdorda savollar oladi. Testlash natijalari ishonchliligi
bilan ishonchlilik solishtirilishida testlashda murakkablik jihatining oshib borishi
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: