va loyihalarini bajarishda ham talabalar olgan nazariy bilimlarini va amaliy
mashg‘ulotda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Kurs ishi va loyihasida
berilgan topshiriq bo‘yicha fanning bir necha mavzulari bo‘yicha bir – biriga
bog‘liq bo‘lgan va buning natijasida tugallangan echim yoki natija olish uchun
xisoblash ishlari olib boriladi. Bu xisoblashlarga tushuntirishlar yoziladi. Olingan
natijalar va echimlarga asosan mashina, mexanizm, qurilma, uskunalar, tuzilmalar,
majmualar yoki ularning tashkil
etuvchilarining vazifasini, ishlash prinsipini,
tuzulishini tushuntiruvchi chizmalar chiziladi. Bu bajariladigan ishlar bituruv
malakaviy ishini tayyorlash uchun asos bo‘ladi. YAna amaliyot faoliyatida
loyihalash, konstruktorlik, sozlash ishlarini olib borish imkoniyatini yaratadi.
Mustaqil ishda ham talabalar olgan nazariy va amaliy bilimlarini
mustahkamlaydilar., kengaytiradilar yangi malumotlarga ega bo‘ladilar.
Mustaqil ishlash uchun tegishli fanning nazariy qismidan, amaliy va
labaratoriya mashg‘ulotlaridan malum bir maruzalari bo‘yicha topshiriqlar beriladi.
Foydalanadigan manbalar va adabiyotlar keltiriladi. SHular asosida talabalar
tayyorgarlik ko‘radilar, referatlar va maruzalar tayyorlaydilar. Bu ishlar amaliy
faoliyatlarida mustaqil tahlillar qilish, izlanishlar va tadqiqot ishlariga imkoniyat
yaratadi.
O‘quv
tanishuv amalyotida, 1 – kursdan keyin, talabalar “Mutaxassislikka
kirish”
va
“Umumiy geologiya” fanlarini o‘qib olgan bilimlarini
mustahkamlaydilar. Ular geologiya bo‘yicha eshlchash, xisoblash ishlarini
bajaradilar va tog‘ jinslari namunalari bilan tanishadilar. SHu bilan birga
“Konchilik elektr mexanikasi” labarvtoriya xonalari va modellar xonalaridagi kon
mashina – mexanizmlarning vazifalari turlari, elektr uskunalarining turlari va
vazifalari bilan tanishadilar.
O‘quv amaliyotida 2 – kursdan keyin talabalar “Konchilik ishi asoslari”
fanini o‘qib, olgan bilimlarinimustahkamlaydilar. O‘quv amaliyotida ular konchilik
korhonalarining mexanika va energetika bo‘limlariga dublyor sifatida qabul
qilinadilar.
Talabalar ochiq yoki er osti kon korxonalarining vazifasi, tuzulishi,
qazib
olinadigan foydali qazilma va ularning atrofidagi tog‘ jinslarining turlari,
xususiyatlari, ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari bilan tanishadilar.
Konchilik korhonalaridagi ishlab chiqarish jarayonining turlari, ketma –
ketligi va bunda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar bilan tanishadilaryu
konchilik korhonasinigelektr taminoti tizimi va ko‘riladigan xavfsizlik tadbirlari
to‘g‘risida malumotga ega bo‘ladilar.
Malakaviy amaliyatda 3- kursdan keyin talabalar umumkasbiy va ixtisoslik
fanlarini o‘qib olgan bilimlarin mustahkamlaydilar. Mexanika va energetika
bo‘limoariga tegishli lavozimga qabul qilinadilar. Konchilik korhonalarining
vazifasini, tuzilmasini o‘rganadilar. Foydali qazilmalarning va atrof tog‘
jinslarining
geologik
hamda
kon
texnologik sharoitlarini o‘rganadilar.
Bajariladigan texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan mashina, mexanizmlarning
vazifalari, turlari ishlarini o‘rganadilar. Mashina va mexanizmlarning elektr
jixozlari vazifalari, turlari va ishlashlarini o‘rganadilar.
Konchilik korzonalarini
tashqi va ichki elektr taminoti tizimi va ularga qo‘llaniladigan elektr qurilmalar,
elektr tarmoqsizlik chora – tadbirlarini, konchilik korxonasining mexanika va
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar.
Bituruv oldi amaliyotida, 4 – kursdan keyin, talabalar konchilik korxonsining
texnikaviy – iqtisodiy tavsifini to‘liq o‘rganadilar, jumladan konchilik
korxonasining joylashganligini, vazifasini tuzilmasini, foydali qazilma va atrof
tog‘ jinslarining geologik va kon texnik sharoitlarin, konni ochish va foydali
qazilmani qazib olish usullarini, foydali qazilma va tog‘ jinslarini tashish usullarini
hamda bularga qo‘llaniladigan mashina mexanizmlarning turdari,
texnik
ko‘rsatkichlarini, elektr uskunalarini, turg‘un mashinalarining turlari, texnik
ko‘rsatkichlari, elektr uskunalarini, yordamchi mexanizmlarning turlari, texnik
ko‘rsatkichlari, elektr uskunalari, konchtltk korxonasining tashqi va ichki elektr
taminoti tizimlarining tuzulishini, elementlarini va o‘larning ko‘rsatkichlarini,
elektr sxemalarini, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
vositalarini
ularning vazifalarini, turlarini, texnik ko‘rsatkichlari va sxemalarini, konchilik
korxonasining texnikaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini konchmlmk korxonalaridagi
xayot faoliyati xavsizligini chora tadbirlarini.
SHu bilan birga talabalar o‘zlarining bituruv malakaviy ishlari mavzulariga
tegishli qo‘shimcha malumotlarni, ko‘rsatkichlarni, chizmalarni, sxemalarni
yig‘adilar.
Ilmiy tadqiqot – malakaviy amaliyotni 2 – kursdan keyin magistrantlar
konchilik
korxonalarida, ilmiy – tadqiqot, loyixalash, akademik institutlarda va
konchilik soxasidagi OTM da o‘tkaziladilar. Amaliyot o‘tishdan maqsad
pedagogik faoliyat bo‘yicha ko‘nikmalar xosil qilish va magistrlaik dissertatsiyasi
mavzusi bo‘yicha malumotlar yig‘ish bo‘ladi hamda magistrlik dissertatsiyasining
dastlabki (xomaki) varianti tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: