14-Mavzu : O‘zbek adabiy tilida qo‘shib yozish imlosi



Download 368,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.11.2022
Hajmi368,72 Kb.
#870137
  1   2
Bog'liq
14-Mavzu O‘zbek adabiy tilida qo‘shib yozish imlosi



14-Mavzu

O‘zbek adabiy tilida qo‘shib yozish imlosi 
Reja: 
1. Qo’shib yoziladigan qo’shma otlar imlosi 
2. Qo’shib yoziladigan qo’shma sifatlar imlosi 
3. Qo’shib yoziladigan qo’shma olmoshlar imlosi 
4. Qo’shib yoziladigan qo’shma ravishlar imlosi 
Tayanch so’z va iboralar:
imlo qoidalari, qo’shib yozish, qo’shma otlar imlosi, 
qo’shma sifatlar imlosi, qo’shma olmoshlar imlosi, qo’shma ravishlar imlosi, qisqartma 
so’zlar imlosi
Qo‘shma so‘zlarning quyidagi turlari qo‘shib yoziladi: 
Bir tushunchani ifodalovchi va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma otlar va 
qo‘shma sifatlar: kutubxona, tabriknoma, jo‘xoripoya, xushsurat, ilhombaxsh, kamgap, 
ulug‘sifat, izzattalab, gultojixo‘roz, oqqush, achchiqtosh kabi. Shuningdek, qaratuvchi 
birikmaning (olmaning qoqisi - olmaqoqi) bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan 
qo‘shma otlar qoshib yoziladi, masalan: otquloq, sheryurak, devqomat, kirsovun, 
nosqovoq, belbog‘, cho‘lyalpiz, so‘zboshi, yurtboshi, makkajo‘xori kabi; 
-r, -ar, -mas 
qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqma, beshiktervatar, izquvar, ko‘ngilochar, 
erksevar 
kabi. 
Ikkinchi qismi turdosh otlardan bo‘lgan geografik joy nomlari: 
Yangiyo‘l, 
Uchquduq, Oqsaroy, Beshariq, Zafarobod 
kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan 
joy nomlari ajratib yoziladi: 
Markaziy Osiyo, O‘rta Chirchiq, Ko‘hna Urganch
kabi; 
Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab 
kabi 
so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
oshxona, tabriknoma, 
bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, 
umumdavlat, bug‘doyrang 
va h.k. 


Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar 
qo‘shib yoziladi: 
toshbaqa, oybolta , qo‘yko‘z, sherdil, otquloq 
singari. 
Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi kabi ma’nolarni bildiruvchi 
qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
ko‘ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko‘zoynak, suvilon
kabi. 
Son bilan otning birikuvidan hosil bo‘lgan turdosh qo‘shma otlar: 
qirqquloq, 
sakkizoyoq, mingoyoq 
kabi; 
Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil 
qilingan qo‘shma so‘zlar: 
kinoteatr, radiostansiya, elektrotexnika, fotoapparat, 
bayramoldi, teleshou 
kabi; 

Download 368,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish