Xamsa alisher Navoiy xamsa


 «Iqbol» so‘zi arab yozuvida «о» harfl bilan boshlanadi



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

1 «Iqbol» so‘zi arab yozuvida «о» harfl bilan boshlanadi.

2 «Farhod»  so‘zi  arabcha  harf bilan  yozilganida,  qisqa  «а» 

unlisi tushib qoladi.


Farhod  o‘z  tengdoshlaridan  boshqacharoq 

bolib, kechalari yaxshi uxlay olmasdi, doya unga 

ichirgan  har qatra sut ma’no  duri bolib  singar- 

di.  Bir  yoshga  yetganida,  u  beshikni  tark  etib 

yura boshladi.  Uch yoshida aniq,  ravon  so‘zlay- 

digan  b o 'ld i.  Lekin  u n ing  s o 'zla ri  asosan 

ishq  afsonalaridan  iborat  edi.  Uch  yasharlik 

chogldayoq  o‘zini  o‘n  yoshli  bolalardek  tutar, 

bundan barcha hayron bolardi.

Otasi о‘glining bu sifatlarini ko‘rgach, unga ilm 

berish  vaqti  yetganini  angladi.  Bilimli,  donish- 

mand bir ustozni topib kelib, Farhodni o'qitishga 

kirishdi. Uch oy deganda bolaning savodi chiqdi. 

Shundan keyingi bir yil ichida,  awalo,  Qur’onni 

yod oldi. Barcha o'qiganlari uning xotirasida qolar, 

bir  varaqni  ikkinchi  bor  ochmasdi.  Muhabbat 

haqidagi  asarlarni  o‘qiganida,  qattiq  ta’sirlanib, 

oshiq  chekkan  dard  uning  qalbiga  alam-iztirob 

solardi. Bu kitoblardan ta’sirlangan Farhod biron 

kishining  ko‘zida  yosh  ко‘rib  qolsa,  zor  yiglar, 

ustoz uning bu ishlaridan lol qolardi. Otasi bilan 

onasi uning bu holatini ко‘rib,  qanday chora to- 

pishni bilishmas, xalq ham shahzodaning ahvolidan 

xabar topib tashvishlanardi.

Shu tarzda uning yoshi o‘nga yetdi. Jahonda u 

o'rganmagan,  ma’nosini  anglab  o'zlashtirmagan 

biron  ilm  qolmadi.  O'n yoshli  Farhodda yigirma 

yashar  yigit  kuchi-qudrati  bor  edi.  Endi  u  ilm 

olishni tugallab,  harbiy hunarlami kasb etishga 

kirishdi.  Oz  fursatda jangovar  san’atlami  ham 

egallab,  o‘q  otish,  nayza  sanchish,  qilichbozlik, 

qalqon bilan jang qilish mahoratlarini egallab, el 

orasida tanildi.



Farhod ilm va harbiy sohada erishgan yutuqlari- 

ga qaramay, o‘zini barchadan kamtar tutar, uning 

uchun  podsholik  bilan  gadolikning  farqi  yo‘q, 

hatto gadolikni podsholikdan yuqoriroq qo'yardi. 

Yigitchaning ko‘ngli bilan ko'zigina emas, balki tili 

ham, so‘zi ham, o‘zi ham pok edi. Ana shu xislat- 

lari uchun fuqarolar ham uni doim duo qilishar, 

u  tomonga  nogoh  bir  sovuq  shamol  essa,  Chin 

mamlakatining barcha xalqi sovuq oh chekishar- 

di.  Nihoyat,  Farhod o‘n to‘rt yoshga yetdi.

Shoh  farzandi  kamolini  ко‘rib,  har  kuni  xur- 

sandchilik  qilardi,  ammo  Farhod  ishqiy  dos- 

tonlarni o‘qir ekan, oshiqlar chekkan dardlardan 

ko‘ngli g'amga tolar,  ishqiy ashulalarni  eshitsa, 

ikki ko'zidan yosh arimasdi.

Xoqon o'glining holini ко‘rib,  о у  lab o'yiga ye- 

tolmas,  «Nega  u  hamisha  g‘amgin,  nega  doimo 

oh-u afg'on chekadi, ko‘z yoshlariga sabab nima 

ekan?», -  deb fikr qilar ekan, Xitoy mamlakatida- 

gi  bor  go‘zallar-u  san’atkorlar,  nayrangbozlar-u 

sehrgarlarni  chaqirtirib,  uni  xursand  qilishga 

intilar, ammo Farhod ularning ishlari sirini tezda 

anglab  yetib,  qiziqmay  qolardi.  Bulami  kuzatib 

turgan  otasi  o'ylab-o'ylab,  to‘rtta  ajoyib  qasr 

qurishga ahd qildi, toki o‘gli har faslda bir qasrda 

yashab, aysh-ishrat bilan shug4illansin.

Bahoriy  qasr  gulrang,  yozgisi  -   yashil,  kuzgi 

qasr  za’faroniy,  qishkisi  esa  oq,  kofur  rangida 

bolishi kerak edi. Xoqon ushbu qasrlar bitgach, 

ularni Chin mamlakatining eng go‘zal qizlari bilan 

toldirishni, o'glining ana shu jannatmisol saroy- 

larda lazzatlanishini orzu qilardi. Qurilishga taklif 

etiladigan  hunarmand  ustalar:  sangtarosh-u



naqqoshlar qancha toshlarni у о‘nib, hovuz-u gi- 

lamlar bilan bezatar,  xilma-xil  naqsh-u rasmlar 

chizar  ekanlar,  Farhod  ham  ularning hunarlari 

bilan qiziqib, har bir san’at bilan mashg'ul bolsa, 

qasr  bitgach  esa  ulardan  lazzatlansa,  dilidagi 

g‘am-u anduhlardan qutulsa, ayni muddao bolar- 

di,  deb o'ylar ekan, xoqon dili yorishib ketdi-yu, 

ichi shodlikka toldi.

Uning Mulkoro degan bir dono vaziri bolib, xo­

qon har bir ishni u bilan maslahatlashib bajarardi. 

Mulkoro o'glining murabbiysi bolib,  Farhod ham 

uni o‘z otasidek ko‘rardi.  Shoh eldan yashirincha 

uni  huzuriga  chaqirtirdi-da,  o‘z  fikrlari  bilan  ta- 

nishtirgach, shu ishlami uning zimmasiga yukladi.

Mulkoro xoqon farmoyishini bajo qilish uchun 

ko‘plab  muhandislar-u  me’morlami  chaqirtirib, 

mamlakatdagi eng ko'ngilochar viloyatlardan to‘rt- 

ta mavze’ni tanladi.  Har qaysi joy suvi va havosi 

bilan  bir  faslga  mos  bolib,  shahzodaning  orom 

olishi uchun maqbul edi.  Shundan so‘ng har bir 

qasrning  rejasi  chizildi,  unda  ekiladigan  da- 

raxtlaming ham о‘m i belgilab qo'yilgan edi.

Xitoy mamlakatida egizak ikki usta bolib, biri- 

ning laqabi Boniy,  ikkinchisiniki  esa Moniy edi. 

Boniy me’morlik bilan, Moniy esa naqqoshlik bilan 

shug4illanardi. Boniy qurgan binolar g‘oyat mus- 

tahkam bolar, Moniy chizgan rasmlar esa xuddi 

jonli siymolardek ko'rinardi.

Yana bir ustodning laqabi Qoran bolib, toshke- 

sarlikda unga hech kim teng kelolmasdi. Mulkoro 

shularga o'xshash yana ko‘plab ustalami to‘pla- 

di-da, xoqon bu qasrlarni shahzoda Farhodning 

orom  olishi  uchun  qurdirayotganini  ta’kidlab,



har  bir  qasming  hajmi-yu  rangi  qanday  bolishi 

lozimligini tushuntirdi. So‘zi tugagach, son-sanoqsiz 

oltinlami ularning oldiga tolcdi. Ustalar yenglarini 

shimarib ishga kirishdilar. Mulkoro ularni xursand 

qilgach, kerakli narsalami to'plashga kirishdi.  Bu 

ishga to “it sarkorni tayin qilib, yuzta ishbilarmon 

ustaning har biriga mingtadan mardikomi biriktirib 

qoydi.  Har bir tog‘ ustida yuz kishi tosh qo'porar, 

pastda esa mingta tosh pardozlovchi ish bilan band 

edi.  Aravalarda qurilish joyiga  tinmay  oq-u  qizil 

toshlar tashilar, hamma yoqda ish qaynardi.

Ishlar jadal borar ekan, osmono'par to‘rt qasr- 

ning  qad  ko'tarayotgani  haqida  shahzodaga 

xabar yetkazib  turardilar.  Bajarilayotgan  ulkan 

ishlarning  haddan  ziyoda  ta’rifini  eshitgan  Far­

hod  otiga  mindi-da,  qurilishlarni ko'rish  uchun 

jo'nadi.  U  bilan  yuzta  kelishgan  yigitlar  birga 

borardilar. Qurilayotgan qasrlar oldiga yetib bor- 

gan  shahzoda  bir  olam  odamlarning jo'shqinlik 

bilan  ishlayotganlari,  to‘rt  ulkan  bino  osmonga 

tegay  deb  turganini,  havozalarning  bulutlarga 

qadar ko'tarilganini ко‘rib hayratdan barmog‘ini 

tishlab qoldi*.  Farhod ustalaming mahorat bilan 

tosh yo'nishlarini qiziqish bilan ko‘zdan kechirar, 

o'tkir teshalari bilan  qattiq toshlami  saryog'dek 

kesishayotganini ко‘rib, ularga tahsin o‘qirdi.

Qoran bajarayotgan ajoyib ishlarga ko'zi tush- 

gan  shahzoda  uning  san’atkorligini  tomosha 

qilmoqchi boldi.  Otdan tushgach, uning оЧтвЫ 

uchun toshdan bir taxt tayyorlashdi. Farhod unga 

o‘tirdi-da, ustozga murojaat qildi:

-  


Ey  mohir  va  bilimdon  ustoz!  Yaratayotgan 

san’ating haqida bir oz so'zlab bergil, toki uning 

mohiyati vayashirin sirlari ayon bolsin. Ismingni



ayt hamda qanday qilib sening teshang toshlarni 

mumdek yengil yo‘nayotganidan xabardor qilgil. 

Negaki, biz bunday ishni shu vaqtgacha ko‘rma- 

ganimiz uchun ushbu  san’at  oldida aqlimiz ojiz 

bolib turibdi. Axir, yog'och qattiqroq bolsa, unga 

pichoq ursang, o'tmaslashib arradek bolib qola- 

di-ku! Teshangga qanday tarzda suv bergansanki, 

toshni yo‘nayotgan bolsa ham, zarar topmayapti. 

Sen toshga qayta-qayta urayotgan bolsang ham, 

otkirligini yo ‘qotmayotgan temir metining sirlarini 

ham aytib bergin!

Toshga naqsh chizuvchi usta yer o‘pib,  so'zini 

duo bilan boshladi: «Qof toglyaralibdiki, chaqmoqlar 

toshidan ozor chekadi. Falak toshlaridan boshing 

omon  bolib,  toshlaring  dard-u  g‘am  boshlarini 

maydalab  tashlasin.  Dushmanlaring  nasibasi 

tosh  bolsin-u,  ular  mashaqqat  tog'ida  ovora 

bolsin.


Otim Qoran, ishim ham ayon: qolimda tesha-yu, 

oldimda  toshlar.  Metin  bilan  tesha  nega  doimo 

toshni  yo‘nsa  ham,  sinmayapti,  deb  so'rading. 

Buning siri shu asboblarga suv berishda,  biz bu 

simi elga oshkor qilavermaymiz. Usta o‘z asbobiga 

shu tarzda suv bersa, yuz yil tosh yo‘nsa ham ular 

zarar ko‘rmaydi.  Xitoy xalqi  bu  san’atni  egallab, 

olam  ahliga  tanildi.  Lekin  hamma  ustalar  ham 

mening bilganlarimni bilmaydi, bu so‘zga dalilim 

shuki, ular men qilgan ishlami qilisholmaydi».

Donishmand usta so'zini tugatgach, shahzoda 

undan: «Oldimda o‘z ishlaring bilan shug4illangin, 

zero,  bu  san’at  menga yoqib  qoldi.  Gohida tosh 

yo‘ngil, goh toshga naqsh chizgin, men ishlaringni 

ко‘rib o'tiray», -  deb iltimos qildi.  Usta shahzoda 

ko‘nglini xursand etish uchun ishga kirishib, tosh




kesish va naqsh chizish bilan shug'Ullandi. Uning 

ishlarini ко‘rib turgan shahzoda tahsin aytishdan 

charchamasdi. Quyosh o‘z nurlarini toshlar orasi- 

ga yashirgach, ya’ni oqshom tushgach, shahzoda 

tosh taxtidan turib, shahar tomon y o l oldi.

Uyga qaytib kelgan shahzoda oromini yo‘qotdi. 

Sangtarosh usta san’ati uning ko'ngliga bu hunar- 

ni o‘rganish havasini solgan edi.  Shuning uchun 

tong otishi bilanoq otiga mindi-yu, yana tomosha 

qilish  uchun  qurilish  joyiga  tomon  shoshildi. 

Yetib borgach,  xilma-xil hunarlar bilan  shug‘ul- 

lanayotgan  ustalaming  mahoratini  kuzatarkan, 

har bir san’at siri bilan qiziqar,  shirin so‘zlar bi­

lan ularning ko'nglini olardi.  Bundan  quvongan 

hunarmandlarning  g‘ayratiga  g‘ayrat  qo‘shilib, 

yanada yaxshiroq ishlashga harakat qilishardi.

Shahzoda Qoran sari yol olib, uning oldiga kel- 

di-da, polatdan tesha bilan metin yasashini iltimos 

qildi. Usta ishga kirishib, turli asboblar yasar ekan, 

ularga  suv  berishi  bilanoq  tosh  у о‘nib  ko'rardi. 

Farhod usta  qilayotgan  ishlami  kuzatarkan,  suv 

berishning va tosh yo‘nishning nozik sirlarini diqqat 

bilan o‘rganardi. Shundan so‘ng shahzodaning o‘zi 

ham tosh kesish va yo'nish, toshga naqsh chizish 

bilan shug'ullanishga intilib, tez orada mohir usta 

darajasiga yetishdi. U ba’zan odamlardan andisha 

qilib,  yashirincha qoliga tesha olar va boshqalar 

bir oyda bajarishi mumkin bolgan ishni bir kunda 

qilib qo'yardi.  Har kuni shu tarzda shug'ullanish 

tufayli uning hunari o‘z kamoliga erishdi.

To'rt  yildan  so‘ng  to‘rt  hashamatli  qasr  qu- 

rib  bitkazilgach,  ularni  bezashga  kirishildi. 

Binolarning  tashqi  tomoniga  chiroy  berishda 

Qoran  o‘z  san’atini namoyish  qilgan bolsa,  ich-




karida Moniy naqqoshlik qildi. Usta har bir uyga 

naqshlar va  suratlar  chizar  ekan,  uning yonida 

hozir  turgan  Farhod  madadkorlik  qilar,  surat- 

larga rang berar, zarur bolganda tosh kesish va 

naqqoshlik  ishlarini  bajarardi.  Ana  shu  ishlar 

davomida shahzoda mohir ustoz bolib yetishdi.

Buyuk qasrlar bitgach,  ularning atrofida jan- 

natmisol  boglar  yaratildi.  Har  qaysi  qasrga  o‘z 

rangiga mos chiroyli gilamlar solinib, shu rangda- 

gi buyumlar bilan jihozlandi. Ularning har birida 

xizmat qiluvchilar ham qasr rangiga mos kiyim- 

lar kiyib olishgan  edi.  Bahoriy qasrdagi hamma 

narsa: eshiklar-u derazalar, hatto, ostonalar ham 

gul rangida bolib,  hovuz atrofiga lal-u yoqutlar 

qadalgan,  ichi esa gulrang may bilan limmo-lim 

toldirilgan  bolib,  ariqlarda  ham  shunday  may 

oqib turar, chor atrofda rang-barang gullar ochilib 

yotar,  har  tarafda  qimmatbaho  gulrang  kiyim- 

lardagi go'zal qizlar kezib yurishardi.  Yozgi qasr 

va bog‘da hamma narsa yashil rangga belangan 

bolsa,  kuzgi  saroy  va  guliston  sarig‘,  za’faron 

rangiga, qishki qasr oppoq rangga moslangan edi.

Mulkoro  qasrlarning,  boglarning  qurilishi 

tugallangani  haqida xoqonga xabar yetkazgach, 

shoh  uni  tomosha  qilish  uchun  otlandi.  Uning 

chap  yonida  saroy  a’yonlari,  o‘ng  tomonida  esa 

shahzoda  Farhod  borardi.  Barchalari  awal  ba­

horiy  qasr  bilan  tanishib,  undagi  ajoyibotlar, 

bog'dagi yuz turlik go'zalliklardan bahra olishdi. 

Ikkinchi qasr yanada hayratomuz bolib,  uchin- 

chisi  undan  ham  go'zalroq,  to'rtinchi  qasrdagi 

chiroy oldingi uchala saroy va boglardan ham o‘z 

nafosati bilan ajralib turardi. Bir-biridan latofatli 

ushbu qasrlar hammani lol qoldirdi.




Shoh  ustalarga  ularning  o‘zlari  kutganlari- 

ga  qaraganda yuz  marta  ko‘proq  in’omlar berdi, 

Mulkoroga alohida hurmat ko'rsatib,  martabasini 

yanada yuqori  kotardi,  so‘ng  ana  shu  qasrlar-u 

boglar,  go'zal  qizlaming  barchasini  shahzodaga 

sovg'a qildi. Keyin Mulkoroga har qaysi qasrda uch 

oyga  moljallangan  ziyofat  uchun  barcha  kerakli 

narsalami hozirlashni, yilning fasllariga ko‘ra har 

qasrda uch  oylik xursandchilik qilishga tayyorlik 

koVishni buyurdi. Donishmand vazir ishga kirishib 

tez  orada  bir yilga  moljallangan  shodiyonalarga 

hozirlikni tugatdi. Har kuni yuzta ot va mingta qoty 

so‘yilishi moljallandi, hisobsiz meva-yu shirinliklar, 

ichimliklar tayyorlab qofyildi.

Go'zal  bahor  kelib,  butun  tabiat  xilma-xil 

gullarning  rangi-yu  bo^idan,  bulbullar-u  tong 

qushlarining  huzurbaxsh  kuylaridan  latofat-u 

orom kasb etgan kunlaming birida shoh Farhod 

va o‘z a’yonlari bilan gulgun qasr tomon y o l oldi. 

Gul rangidagi qimmatbaho matolar bilan bezatil- 

gan qasr ichida ajoyib bir taxt qurilgan edi, xoqon 

unga borib o'tirdi, yonidan Farhod joy oldi. Taxt 

oldidagi  gulrang  kursida  Mulkoro  orom  topdi. 

Gul yuzli soqiy barchaga gulgun may tutar ekan, 

mug'anniylar bulbuldek kuylashardi. Farhodning 

ham  gulrang  may  ichayotganini  ko‘rgan  xoqon 

о‘glining guldek yuziga boqib, behad shodlangani 

tufayli ko'zlaridan xursandlik yoshi arimasdi.

Shu tarzda uch oylik bahor fasli  o‘tdi-yu, yoz 

kelib  xoqon,  shahzoda va barcha  a’yonlar yozgi 

qasrga y o l olishdi. Hamma narsa yashillikka bur- 

kangan  saroyda ham uch  oy aysh-ishrat qilish- 

di.  Hamma yoqni kahrabo rangiga bo Vagan kuz



fasli  yetishgach,  bazmlar  kuzgi  qasrga  ko‘chdi. 

Za’faroniy  kiyimlar  kiyib  olgan  shoh,  shahzoda 

va barcha a’yonlar bu yerda ham uch oyni huzur 

qilib  o'tkazishdi.  Sovuq  kunlar  boshlanib,  qish 

barcha  olamni  oq  rang  bilan  bezagan  ayyomda 

aysh-u ishrat to'rtinchi qasrda davom ettirildi.

To‘rttala  qasrda  uyushtirilgan  bazmlardan 

ko'zda tutilgan asosiy maqsad Farhodni xursand 

qilib,  uning  ko‘ngliga  o'rnashib  olgan  g‘am-u 

qayg'ulardan  qutultirish  edi.  Lekin  shahzoda 

hanuz g'amginlik girdobida yashar, hamon biron 

kishining yig'isini  ko'rsa,  unga  qo'shilib  yiglar, 

el  chekkan  g‘am-alam  unga  ham  ozor  yetka- 

zardi.  Xalq  boshiga  tushgan  har  qanday  iztirob 

uning ko'nglini g'amnok qilar, yoqasi chok, ya’ni 

alam-qayg^uga mubtalo bolgan kishini ко Uganda, 

o‘z  yoqasini  yirtib,  unga  hamdardlik  bildirardi. 

Birov  ishq  haqida  gap  ochsa,  uning  hikoyasini 

qayta-qayta tinglar, oshiqlik belgilari-yu holatini 

anglab, yodida saqlar, oshiq visol haqida so'zlasa, 

sevinchlarga tolar, hijron damlarini bayon qilsa, 

ikki ko'zidan tinmay yosh tolcardi. Bu holatlarni 

ko'rgan xoqon o'zining qilgan ishlari xato ekanini 

anglab, nima qilishini bilmay qoldi.

Xoqon shu xususda fikr joiritar ekan, nihoyat, 

yana  bir  ishni  muvofiq  deb  bildi:  o'zining  qarib 

borayotgani, Farhod esa aqlli, mard va pahlavon 

yigit  bolib,  faqat  Chin  mamlakatida  xoqonlik 

qilishgagina  emas,  balki  butun  olamga  sulton 

bolishga ham loyiq ekanligi, shohlarga xos barcha 

fazilatlar unda jamuljamligi, bir necha hunarlar- 

ni bilishi, barcha ayblardan xoli ekanligi, yig‘i va 

fig'on chekishdan o‘zga biron kamchiligi yo‘qligini



oyiadi-da: «Taxtimni unga bersam, davlatni bosh- 

qarish  ishlari  bilan  mashg4il  bolib,  o‘z  dard-u 

alamlarini unutadi», -  degan qarorga keldi. So‘ng 

davlat a’yonlarini yig'ib, yoniga Farhodni o'tqaz- 

di-da, o‘z maqsadini bayon qildi:


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish