0*11
birinchi maqolat
ILM VA OLIMLAR HAQIDA
Olamning ishi xalq bilan dushmanlik ekan, olim
xor-u, johil (bilimsiz, nodon) aziz bolaveradi. Toki
jahon zulmdan voz kechmas ekan, daraxt baland
bolib, mevayergatushaveradi. Nokaslarga baland
martabalar-u, bilim ahliga - azob-uqubat, toshlar
tog‘ ustida-yu, boylik, konlar uning ostida b ola
veradi. Feli yomonlar yuksak mavqelami egallab,
olamni hukmiga bo ^sundiraveradi. Xuddi baxt-
sizlik manbayi bolgan Kayvon (Zuhal) yulduzi
osmonning yuqori qismida o'mashib olgandek,
«Sa’di Akbar» bolgan Mushtariy undan quyida,
oltinchi osmonda joylashibdi. Falak hamisha
yaxshini yomondan quyiga qoVadi, bolmasa, yax
shi yomondan g‘am-u ozor tortib, bog'da gulning
hamnafasi tikan bolarmidi? Qanchadan qancha
sof, pok durlami yashirgan sadafning qornini ol-
mos bilan yorib, bag‘rini chok qilisharmidi?
Baglr yormoq maqsadi bolgan qush shoh bilagi
ustida orom oladi, chiroyli, dilkash navolar chekuv-
chi qush - bulbul esa kul ichida xor bolib yashaydi.
Bir notavon yigit shahridan ilm istab yo lga
tushadi, qashshoqligidan oyoglda kovushi ham
yo‘q, to‘ni ham yo‘qligidan tanasi yalang. Oyoqla-
rini tikanlar ilma-teshik qilib yuborgan, boshida
ikki-uch o'ralgan salla. Hayvonlar terisi kabi
kiyimining boshidan oyogl tilik-tilik. Maqsadi
qushini qidirib ko'zda yoshi bilan shahar kezadi.
Egnida kitob-u daftar, ilm olishga shoshiladi.
Qorni muhtojlik tufayli hamisha och. Jismi
shunchalik zaiflashganki, savol berishga ham
madori qolmagan.
Xalq ko‘p bolgani bilan biron kishi unga do‘stlik
JdO*rsatib, madad qilishni istamaydi. Bechorayigit
o‘z
shahr-u diyorini yodiga olib, bu yerda qayerga
borishni bilmaydi. Ko'cha, uy, bozor ko‘p, lekin
bu yigit qayerga borish, qayoqqa qadam urishdan
ojiz. Oqshomgacha shu tarzda tentirab qorong‘i
tushgach, biron burchakni topib uxlab qoladi,
lekin tonggacha uyqu kelmay behol yotaveradi.
Tong otishi bilan madrasama-madrasa yurib,
o‘z holini aytib, necha kunini bekorga o'tkazadi.
Uning istagini eshitgan ba’zilar uni hazil-mazax
qiladilar. Kunduz maskan, kechasi yotadigan bir
joy topolmay, g4irbatda iztirob chekib, shuncha
alam ko‘radiki, til bilan ham bayon qilib bolmaydi.
Xullas, madrasalar burchagida o‘n-o‘n besh
yil alam chekib, ham ishlab, ham bilim olishga
tirishib, oxiri o‘ziga bir-ikki sohib kamol do‘st
topib, turli bilimlami, ibriy, yunon, suryoni tillari-
ni, hind tilini ham puxta egallaydi. Uning ko‘ngil
uyi bir daiyo boldiki, uning har qatrasida bir
dard nihon edi. Falak ilmlarini shunchalik keng
va chuqur egalladiki, Abu Ali fikrlarini osongina
yechib berardi.
Lekin uning dushmanlari, hasadgo^lari ham
yo‘q emasdi. Ayrim johil, ilmsiz zolimlar uning
to‘g ‘ri ko'rgan narsasini egri deb, aytganlarini
noto‘g‘ri, yoqimsiz deb ko‘rsatishardi. Uni din-u
diyonatsiz qilib ко‘r satuvchilar ham topilardi.
Hisobsiz boylikka ega bolgan , kiyim-u as-
boblari zarkash, yomonlikda itdan ham battar bir
johil unga yomonlikni ravo ко‘rib, olimning fazl-u
fasohatli so‘z va ishlariga qabohat va razolat bilan
javob berardi.
Amir degan nomga ega bolgan bu johil xalqqa o‘z
aytganlarini qildira olardi. Unga haligi bilimli olimning
xizmati kerak bolib, uni xizmatga olmoqchi boldi.
Olim esa iltimos qila-qila, zo‘rg‘a bir marotaba-
gina ruxsat olib, amir qabuliga kira oldi...
Do'stlaringiz bilan baham: