Xamsa alisher Navoiy xamsa


Biri kirdi may don aro kin ila



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Biri kirdi may don aro kin ila,

So‘z  aytib o ‘zi bilgan oyin ila.


U qonini to lash uchun o‘ziga qarshi chiqa ola- 

digan jangchini  talab  qilardi.  Bu  yondan  tag'in 

pahlavon tanli jangchi maydonga tushdi. U shoh 

oldida ko‘p janglar qilgan,  sherlarga ajdarlardek 

bas kelgan zabardast yigit edi.  G'animi ham un­

ing sari mayl qildi.  Katta toshga toshqin soy uril- 

gandek boldi. Yetishishgach,  bir kishiga aylanib 

qolgandek olisha boshladilar. Bir-birlariga ayamay 

zarba urardilar,  lekin chaqqonlik tufayli barcha­

si  rad  bolardi.  Oqibatda  о‘jar vahshiyzoda uchi 

qayirilgan  gajaklik  sutun  bilan  raqibi  boshini 

pastga  egib,  keyin  qollarini  boglab,  otini  gajak 

bilan  tortqilaganicha o‘z  lashkariga topshirdi va 

yana jang uchun talabgor chaqira boshladi. Yana 

bir yigit Iskandar tomonidan maydonga ot surdi. 

Uning laqabi Qahqaro, yeri Qirvon,  asli Mashriq 

zaminidan edi.

Qahqaro  jangga  kirgach,  vahshiyga  ot  sol­

di,  unga  Ahraman  e’tibor  bermadi.  G‘azab  oti 

kuchaygach, qattiq jang boshlandi. Qahqaro otdan 

yiqilgach,  tuproq ustiga tushdi.  Qahqaroni ham 

raqib boglab, o‘z lashkariga topshirdi, keyin yangi 

g‘anim istab baqirishga tushdi. Devsifat yigit oldiga 

kim kelsa, asir tushirib olaverdi. Yana yangi raqib- 

ni  chaqirgani-chaqirgan  edi.  Uning baqirishlari, 

suroni rumliklami qo'rqitib qolgan edi. Bu ishlar 

shoh  ko'ngliga  tob  soldi-yu,  ko'nglida  qo'rquv 

paydo bolib, iztirob cheka boshladi. Lashkarlariga 

buyruq berayin desa,  naq olimga majbur qilgan 

boladi.


Bu  holatda yuziga niqob  to'sgan  bir chaqqon, 

quyoshdek qalqon tutgan, qolida o‘rilgan kamand 

bir pahlavon shoh oldiga yaqinroq borib, o‘z so'zla- 

rini aytdi-da, vahshiy sari ot choptirib ketdi.  Uni




shoh ham taniy olmadi,  sipoh ham.  G'amidan el 

pinhona oh  chekkanicha:  «Bunday  chiroyli yigit 

ham,  ming  darig‘,  bu  vahshiydan  tig‘  yeydigan 

boldi-da», -  deganicha alam chekib qolaverdi.

Lekin  u  raqib  devangir  bilan  g‘azabga  tolgan 

holda olisharkan,  oti shitob bilan aylanib, Ahra­

man joniga iztirob solib qo^di.  Raqibini charchat- 

ib,  aylantirib-aylantirib  yerga  urdi  va  shoh  sari 

sudrab ketdi. Shoh oldiga yetib borgach, sherdek 

yerga sakrab tushdi.

Shoh  bu  ishdan  ko'ngli  quvonchlarga  to‘ldi. 

Dilidagi dardi ko'nglidan bir ondayoq yo‘q boldi. 

Bu payt ichida haligi niqobdor yigit o‘z о‘mini egal­

lab,  safni  toldirgan  edi,  shoh  qollarini  razmgoh 

gardidan yuvib, najotkor pahlavonni darhol topib 

kelishga buyurdi. Devkash yigit eshikdan kirgach, 

awal majlis ahliga madhiya aytdi, Iskandari Fay­

laqus uni bo^nidan quchib, inoyat oshkor aylab, 

boshiga javohir sochib, ko‘p lutf-u karamlar etdi. 

Dedi:  «Ey  aduvband,  vahshiyshikor,  vahshiy 

ovlovchi!


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish