Xamsa alisher Navoiy xamsa


Erur kiprigim o ‘qiga jo n  hadaf



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Erur kiprigim o ‘qiga jo n  hadaf,

Nishona otarg‘a magar chekti saf.

Ko'zumga qachonkim, bo4uruyqu kom, 

ВоЧиг olam ahlig‘a uyqu harom.

Labim la4ikim, javhari jo n  erur,

Su ul la’l aro obihayvon erur.

Yuzumda dema siymdin g ‘abg‘abe,

Ki oy ichra xurshidvash kavkabe.

Jamolimdan  quyosh  o'rtanib,  tanim  kumushi 

simobga titroq soladi. Lekin shuncha gaplarimdan 

ne foyda,  axir mening asallarim shohga achchiq 

bolib  tuyilgan-ku!  Ayriliqdan  azob  chekkan  bir



oshiq:  «Oz baxt  ko‘p  husndan yaxshiroq»,  -   deb 

juda  to‘g‘ri  aytgan  ekan.  Mening  shohdan  shi- 

koyatim  yo‘q,  o‘z  yolini  topolmagan  baxtimdan 

shikoyat qildim, xolos».

Go‘zal  malikaning  bu  dilni  о‘rt ovchi  so'zlari, 

uning ishqi shohga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Jonini 

dilbar kalomiga fido qilib, maiikani qo*yniga tort- 

di-da,  qollarini  uning  yelkasiga  tashlab,  ohuni 

tutib olgan sherga o“xshab, o‘z oljasiga mehribonlik 

ko'rsata boshladi.

Iskandar bir necha kun  shu xonada sevgilisi 

Nozmehr  huzurida  aysh-ishrat  bilan  shug*ul- 

landi. Umri bu yerda bekor o'tayotgani xayoliga 

kelib,  yana bilim  taxtiga y o l oldi.  Jahon  mam- 

lakatlarini egallaganda,  Mag‘rib zamin olinmay 

qolgan edi.  Sipohlarga turli ne’matlar,  in’omlar 

hadya aylab, yangi safar haqidagi farmonni elon 

qilib  jar  soldi.  Keyin  Xoqon  bilan  xayrlashib, 

unga  Chin  va  Xito  mamlakatlarini  topshirib, 

lashkarni Mag‘rib mamlakatlari tomon boshladi. 

Xoqon  ham  bu yurishda ishtirok  etish  istagini 

bildirgan edi, Iskandar rozi bolmay, ko‘p yashi- 

rin so'zlarni aytib,  uni qaytardi.

Hindistonning janubi tomon yol olgan Iskandar 

hind Royiga ham ijozat berib, uning izzat-ikromi- 

ni joyiga qo'yib xayrlashdi.  Rum qo'shini Mag'rib 

sari  joirib  borar  ekan,  Gajrotdan  o'tgach,  bahri 

Ummon sohiliga chiqdi va bir necha kun sohilda 

dam olgach, kemalarga oYirib, Jazoyir tomon suzib 

ketdilar. U yerga yetgach, sohilda bu mamlakatni 

egallagach, yana goh dengiz, goh chol-u dashtlar- 

dan o“tib, oxiri Mag'rib zaminiga yetdilar. Bu olka- 

da bir qator ajoyibotlarga duch keldilar. Ulardan 

biri it kabi jonivorlar makoni bolgan dasht edi.




Ularning har binning ko'rinishi, oyog‘-u qollari 

ham  chumolinikiga  o'xshardi-yu,  har  birining 

kuchi yirtqich bir shernikicha bor edi.  Ular ichi­

ga kimki ot surib kirsa, barchasi yopishishib, bir 

damda parcha-parcha qilardilar-da, yeb qotyardi- 

lar, yer ustida bir qatra qoni ham qolmasdi.

Bir necha sipohining shu tarzda halok bolgani- 

ni ko'rgan Iskandar:  «U yoqqa hech kim ot surib 

bormasin!» -  deya farmoyish berdi. Sipohlar deyi- 

shardiki:  «Bu bir yerdirki,  tuprog'ining o‘zi jonni 

titroqqa solyapti.  Bu vodiy nari borsa bir yig‘och 

keladi.  Undan  keyingi  vodiy  esa  pokiza,  Bog‘i 

Eram kabi sof vodiydir. U yerda mo'rlardan orom 

topgan, ularning hisobiga shodiyona qiluvchi bir 

qavm yashaydi. U qavm Tangrining balosi, jahon 

mol-dunyosining  ajdahosi.  Har  birining  qiyofasi 

bir pora tog‘,  bu jonivorlar esa ular uchun  chu­

molidek keladi, xolos. Ularning tilini ham hech kim 

tushunmay, nima deganini anglamay turaverasan.

Bu elning uyqusi ham ko‘p qiziq.  Ular o‘n kun 

uxlaydilar,  o‘n  kundan  keyin uyg'onib  o‘z  holat- 

lariga qaytadilar. 0 ‘n kundan so‘ng yana uxlash- 

ga kirishishadi,  mo'rlar ularni  qo'riqlashadi.  Bu 

mo'rlar  tufayli jonlari  omonda,  chunki  mo'rlar 

ularning xazinabonlari sanaladi.


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish