Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

16 Partav -  nur.

17 Jonso'z -  jonni о‘rtovchi.

18 Rasan -  arqon.

19 Kolok -  tolqin.


qirg'oqqa tushirishdi. Qizlar ichidagi Mehrga ko‘zi 

tushgan  Jobir  hushini  yo‘qotib  yiqildi,  bir  dam 

olik kabi yotib o‘ziga keldi-da,  Mehrni ko'rgach, 

yana  holidan  ketdi.  Bu  holat  bir  necha  bor yuz 

berdi.  Oxiri  qiz  yuziga  boqishga  majoli  yo‘qligi- 

ni  anglab,  parivashni  bog£ ichidagi  qasrga  olib 

kirishga buyurdi. Uning oldiga bir necha qizlarni 

qo'yishdi.  Keyin omon qolgan barcha odamlami 

bir kemaga o‘tqazib:«Joningiz kerak bolsa, tezlik 

bilan  o‘z yurtlaringizga  ketinglar»,  -  deb  buyur- 

ishdi. Mehming hamrohlari darhol yolga tushib, 

dengizda ko‘zdan g‘oyib bolishdi. Mahvash orolda 

qoldi. Jobir uning xayoli bilan xursand bolib, visol 

umidi ko'ngliga kelmasdi.

Shu dengizdagi orollardan yana birida jannat 

monand, daryosi esa Salsabilga o'xshagan, havosi 

jannat bog'idagidek bir shahar bolib, mamlakati 

obod  va  hikmati yuksak  bolgan  No‘mon  degan 

bir shoh hokim-u voliy edi. Mamlakatining oti esa 

Yaman  bolib,  shoh  adolatidan  guliston-u  cha- 

mandek edi. Uning odamizod ichra tengi yo‘q bir 

farzandi bolib, yuzidan gul xijil, qaddidan esa sarv 

uyalardi. Barcha fazilat-u hunarlarda uning tengi 

yo‘q  edi.  Yuzi  quyoshga  o'xshagan  bu  yigitning 

oti  Suhayl  bolib,  Mehrga  ko‘ngil  qolgan,  Mehr 

ham uni sevar edi. 0 ‘z yoriga vola-yu zor, vasliga 

xaridor bolgan oshiq hijron doglda kuyardi. U bir 

bog‘ni o'ziga manzil qilib olgan bolib, u yerda xil­

ma-xil daraxtlar va nilufar gullar serob edi. Nilufar 

gulini sevgani tufayli ham Suhayl o‘z kiyimlarini 

shu rangdagi matodan tiktirardi. Kunlaming biri­

da Suhaylning otasi Mehr bilan o‘glining nikoh 

toy ini o'tkazishga ahd qilib bir necha kemalarga 

xilma-xil  sovg'alami  ortib  Suhaylni  Mehrni  olib




kelishga  buyurdi.  Y o l  qirg'oqdan  yurilsa  yiroq 

bolib,  dengizdan  borish  yaxshiroq  edi.  To‘fon 

Mehr kemasini dengizga surib ketgan joyga yet- 

ganlarida, xuddi o‘shandagidek kuchli dovul esib, 

Suhaylning barcha kemalarini bir-biridan ajratib 

tashladi. To Ton Suhayl tushgan kemani Jobir qa- 

roqchilari manzili sari surardi. Daraxtlar ustidagi 

nozirlar kemani ko‘ra solib, Jobimi ogohlantirdilar. 

U esa darhol tezyurar kemachasiga o'tirib, Suhayl 

kemasi tomon suzib ketdi va ko‘p o‘tmay undagi 

odamlar  bilan jangga  kirishdi.  Suhaylga  duch 

kelgan  Jobir  raqibining  o‘ziga  qaraganda  ham 

kuchliroq  ekanligini,  yengilishi  muqarrarligini 

ко‘rib,  hiyla  yoliga  oldi-da,  kiyimlarini  yechib, 

o‘zini  suvga otdi va kema ostiga borib,  yonidagi 

xanjar bilan uni tesha boshladi. Taxtani o'yib, suv 

kirishi  uchun y o l  ochdi.  Suhayl  kema  ostidan 

kirayotgan  suv  tobora  ко ‘tarilayotganini  ко‘rib, 

suv yolini to‘sishga urinsa ham foyda bolmadi. 

Oxiri  kemaga  suv  tolib,  kema  ahli  bilan  birga 

chuqur dengiz ostiga g‘arq boldi. Shahzoda joni- 

dan  umidini  uzib,  suvda  halok  bolishga  hozir- 

landi.  Jobir  baliq yutishga  intilgan  nahangdek, 

Suhayl oldiga suzib bordi-da,  awaliga uni o‘sha 

yerda  oldirmoqchi  boldi,  lekin  uning  bir  taxta 

pora  ustida  behush  yotganini  ко‘rib,  qolidan 

tortib o‘z qayiglda soldi-yu, qol-oyog‘ini boglab, 

o‘z manziliga qaytmoqchi bolib turganida, nogoh 

shahzoda  o'ziga  kelib  qoldi  va  o‘zining  holatini 

ко‘rib, notavonligidan afsus chekdi.

Dedi Jobirki: «Ey qolumda asir,

Razm-u ko‘shishda20  qilmading taqsir.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish