Ki: «Gunohim nedur, musulmonlar!
Qilmadi buyla zulmi yoronlar!
Zulm-u bedod rasmidin qayting,
Gunohe aylagan esam, ayting.
Odami joyizul xato bo'lmish,
Bu xato barchag‘a ravo bo'lmish.
0 ‘tkaray har ne tarjumon desangiz,
Moldinkim desunki, jo n desangiz».
Lekin har qancha iltijo qilmasin, zolimlar parvo
qilmay, uni yana boglab, o‘sha choh ichiga tash-
ladilar. Necha kungacha Mas’ud shu xilda azob
chekdi. Yuzida rang qolmay, ko‘z yosh toldb, joni-
dan umidini uzgan begunoh yigit: «Menga rahm
qilib, tig‘ urib, oldiringlar», - deb fig'on qilardi.
Oxiri zulmgar jafo qilishdan to^ib, ertasi kuni uni
oldirishga qaror qildi. Mallu choh boshiga bir kishi-
ni qo'yib, Jaypur huzuriga xursand bolib borib,
Mas’udni oldirishga ruxsat oldi-da, uyiga kelib
bazm tuzdi-yu, ketma-ket ichkilik ichishga kirishdi.
Malluning gul yuzli bir qizi bolib, Mas’udga
oshiq edi. Bu ajoyib yigitning fazilatlarini eshitgan,
uzoqdan turib uni ko‘rgan ham edi. 0 ‘z sevgisi
haqida hech kimga ayta olmay, pinhona kuyar-
di. Qiz uyda ekan, bir mazlumning qorong'i choh
ichida yotganini eshitgan edi-yu, uning kimligini
so‘rashga qo'rqardi. Bu kecha otasi ham, qarin-
doshlari-yu mulozimlar ham, mast bolib yotish-
ganini ко‘rib, choh oldiga bordi. Qarasa, choh
qorovuli ham mastlik uyqusida ekan. Mahvash
nozanin choh boshini ochib, yoqimli ovoz bilan:
«Ey g‘am chekuvchi inson, sen qaysi mazlumsan,
oting nima, bu payt olikmisan yo tirikmisan?» -
deb so'radi. Bu ovozni eshitgan Mas’ud jismiga
joni qaytib kelgandek, nola qilib: «Otim Mas’ud,
yuz tuman balo ostida azob chekyapman. Sen
ayt: odammisan yoki farishtamisan? Ovozingdan
tanimga jon keldi, qolingdan kelsa, qutqarish
fikrini qilgin, bolmasa, meni olik deb bilgin»,
deb javob qildi. Qiz uning otini eshitgach, haya-
jonga tushib, ko'ngli ishq o'tida o'rtandi. Ko'pdan
beri uning hajrida qon yutib yurgan, necha kun
davomida motam tutgan, g‘oyib bolganini bilsa
ham, olganini eshitmagan bu qiz otasining be-
shafqatligi, pastkashligini yaxshi bilardi. Ko‘ngliga
gumon tushib, mahbusga yana savollar berib,
uning chindan ham Mas’ud ekaniga ishonch ho-
sil qildi-da, qutqarish chorasiga kirishdi. Ikkita
mahram kanizi parivash sevgisidan ogoh edilar.
Uchovlari imkonlari boricha harakat qilib, yigit
ni choh tagidan chiqarib olishdi. Uning tanida
ruhdan nishon ham yo‘q edi. Qol-oyoglni ye-
chdilar-da, holini so‘rash mahali emasligini, bu
yerda uzoq qolib ketish foydasiz ekanini anglab,
ikki kaniz ko'tarib yashirincha uyga olib kirdilar.
Mas’ud bu yerda qancha yotsa ham, hech kim
gumon qilmasligiga ishonardilar. Tagiga bir necha
qavat to'shak solib yotqizishdi-da, goh sharbat,
goh taom berib, mehribonlik ko'rsatib, atrofida
parvona bolishardi.
Tong otgach, Mallu Mas’udni oldirish uchun
choh tomon y o l oldi. Qarasa, zindon boshi ochiq,
posbon esa mast bolib uxlab yotibdi, bandi esa
yo‘q. Posbonni darhol halok qilgan Mallu o‘z jonini
omon saqlab qolish maqsadida voliy oldiga qarab
yugurdi va bolgan voqeani so‘zlab berdi. Ikkovlari
g‘amga cho'mib, Mas’udni qidirishga tushishdi.
Shahardan topolmagach, tog-u dashtdan izlash-
ga kirishishdi. 0 ‘n kun to'xtovsiz qidirsalar ham,
undan nishon topolmadilar. Bu vaqt ichida Mallu
qizining mehribonligi tufayli Mas’ud ham notavon-
likdan qutuldi. Qiz ikkita ot olib keldi-da, ikkovlari
tun qorong'usida qochib ketishdi. Malluning
odamlari ertasi bu ishdan ogoh bolishib, ulami
quvishga kirishishdi. Quvuvchilar bilan ularning
oralarida bir yog'och masofa qolgach, ikki bechora
qo‘rquvga tushishdi. Shu payt dengiz qirg‘og‘ida
bo'sh bir kema turganiga ko'zlari tushdi-yu, egasi
bilan ijara haqini kelishib, dengizda tezlik bilan
suzib ketishdi. Ikkovlari suvda o‘n kecha-kunduz
suzishgach, nihoyat, qirg'oqqa tushishdi va otlari-
ga minib, shahar tomon y o l olishdi. Kechasi bilan
y o l yurib shahar chekkasiga yetib kelishganda,
bir eski qal’a ichidan chiqib kelgan qaroqchilar
ularga hujum qilib, ot-u to'nlarini tortib olish-
di-da, o‘z qarorgohlariga qaytishdi. Ikkovlari ki-
jrimsiz qolib hayron bolib turisharkan, bir toda
otliqlar o'tib qolishdi. Mas’ud ularga yuz bergan
voqeani so'zlab bergan edi, rahmlari kelib, bir-ikki
eski kiyimni tashlab ketishdi. Ularni kiyib olgan
ikki musofir bir vayronada kechani otkazishdi.
Yolda toliqqanlari uchun shu yerda bir oz dam
olishmoqchi bolishdi. Ovqatsiz qiynalib, ochlik
azob bera boshlagach, Mas’ud behol qizni vayro
nada qoldirib, biron yegulik topib kelish uchun
shahar tomon y ol oldi. U bozor ichiga kirib borgan
edi, shoh bazmi uchun mevalar sotib olayotgan
mulozimlarga ko‘zi tushdi. Ular meva va kolcatlar
solingan savatlami saroyga eltib berish uchun
hammollar yollashayotgan edi, Mas’ud xodimning
har bir savat uchun ikki diramdan tolashi haqida
gi so'zlarini eshitdi-da, bitta savatni kotarib ham
mollar safiga qo'shildi va saroy tomon y o l oldi.
Yol ancha uzoq bolganidan, u holdan toygan ham
ediki, shoh chorbogl ko'rindi. Mas’udning ko‘zi
gulshan ichida musiqa tinglab may ichib otirgan
Jo'naga tushdi. Shoh Mas’ud bilan bolib otgan
voqealardan xabar topib uni eslab, may ichib
zor-zor yiglardi. Bog‘ ichida esa Mas’ud otboqar
oldida turgan «Gulgumni ko‘rdi, uning tamg'asiga
boqib, o‘zi mehmonga taqdim etgan oti ekaniga
ishonch hosil qildi, lekin: «U mehmon bu yerga
kelib, otni shohga sovg'a qilgan ekan-da», - degan
xayolga bordi. Sal nariroqqa yurgan edi, quloglga
Jo'naga o‘zi taqdim qilgan sozanda qizning kuyi
va ashulasi eshitildi. U Mas4idga yaxshi tanish
bolgan she’m i kuylardi. Ko'ngliga iztirob tushgan
holda: «Mehmon bu qizni sotib yuborgan ekan-
da», - deb o^ladi.
Mas’ud shohona asboblar orasida turgan sehrli
jomni ham ко‘rib, ichi qonga toldi. U o‘zi bergan
gulrang to‘nda, gulrang taxt ustida, gulrang toj
kiyib o'tirgan shohning o‘z mehmoni ekanini dar-
hol anglagan edi, lekin o‘zini tanitish masalasida
o'ylanib qoldi. «Agar o'zimni hozir tanitsam, qilgan
yaxshiliklarim uchun sovg‘a kutgandek bolib
ko‘rinaman», - degan xayolda edi Mas’ud. Savatni
uning boshidan olishgach, ko‘zlari yoshga to lib
bog‘dan chiqish uchun darvoza tomon borayotgan
chog‘da huzuriga shoh bilan hamroh bolib bor-
gan mulozimlar uni tanib qolishib, oyoglga ta’zim
qildilar-da, yiglab ko‘rishdilar. Mas’udning ham
beixtiyor ravishda ko‘zlaridan yoshlar oqa boshla
di. Bu g‘ala-g‘ovurni shoh ham eshitdi va voqeani
anglab ichkaridan yugurib chiqib keldi. Do‘stini
bu ahvolda ко‘rib, yorug‘ jahon ko'ziga qorongl
boldi. Bo^nini quchib, yosh tolcar ekan, Mas’ud
shoh oyoglga bosh qo“ydi. U tarafdan esa chiniy
kanizak ko‘z yosh qilib chiqib, Mas’ud boshidan
aylanib o‘rgilardi.
Iztiroblari taskin topgach, shoh unga bir necha
mulozimni tayinlab: «Uni hammomga eltinglar»,
- deb buyurdi, lekin Mas’ud o‘z hamrohiga joni
achib, u haqidagi gaplarni shohga bayon qildi.
Jo‘na bu so‘zlarni eshitgach, bir necha ayolga gul
rang kiyimlar hozirlab, qizni olib kelishni buyurdi.
Mulozimlar va gulchehra xodimalar uni vayrona
ichidan topdilar-da, boshidan oyogigacha gulrang
kiyimlar kiydirishib, kajava ichiga o‘tqazib shoh
turgan gulshanga yetkazdilar va qasr ichiga olib
kirdilar.
Mas’ud issiq suvda yuvinib chiqqach, o'ziga
tayyorlab qoyilgan gulgun liboslarni kiydi-da,
shoh huzuriga y o l oldi. Jo‘na uni o‘glidek ко‘rib,
boshidan oTgan voqealarni so‘radi. Mehmon o‘z
sarguzashtini so‘zlab berar ekan, shoh tinmay
ko‘z yoshlarini to Tear edi. Hukmdor uni o'ziga
do'st tutinib, tun-u kun hamdam-u musohib edi.
So‘ng ko'pdan ko‘p xazinalar berib, Mallu qizini
unga nikohladi va Taroz, Darbast shaharlari va bir
necha olkaning voliyligini unga topshirdi. Shoh
amri bilan Mallu va Jaypur qatl etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |