Xolding kompaniyasi - o’z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga
rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aktsiyalarini sotib olishda
foydalanuvchi aktsiyadorlik kompaniyasi.
Xususiylashtirish – davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa,
aktsiyadorlik va xususiy mulkka o’tkazishda mulkchilik munosabatlarining o’zgarish
jarayoni.
Yalpi daromad – korxona faoliyatining yakuniy natijalarini tavsiflaydi hamda yalpi
pul tushumi va mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanuvchi barcha xarajatlar
o’rtasidagi farqni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |