Amortizatsiya vositalari - korxona asosiy fondlarini saqlash va yangilash uchun
maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab
chiqarishga mo’ljallangan pul mablag’lari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi
mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport
vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish
jarayonida o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirish
mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o’tkazadi. Kapital qo’yilmalar
hisobiga to’ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |