II BOB. KORXONA – MUSTAQIL XO’JALIK YuRITUVChI BOZOR
SUB’EKTI
2.1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o’rni va roli
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda
miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz
iqtisodiyoti
jamiyatni
demokratiyalashtirish,
iqtisodiyot
salohiyatlarini
mustahkamlash
va
mamlakatni
rivojlangan
davlatlar
qatoriga
kiritishga
yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab
chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim
tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarning erkinligi,
xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan
belgilab berilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga
oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab
chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat
ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs
maqomiga ega, mustaql ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo’lib, o’ziga
tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar)
talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab
chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik
shakliga ega bo’lgan 300 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt mavjud bo’lib,
ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi.
Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq
xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami
korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil
qiladi.
Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va
iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko’rsatkichlarini birinchi o’rinda yirik korxonalar
belgilab beradi. Shu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya’ni kichik va o’rta
korxona hamda mikrofirmalarga keng yo’l ochib berishda yirik korxonalarning o’rni
va rolini unutmaslik darkor. Chunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta
bo’lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori sifatli
mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag’batlantirish hamda do’stona, sherikchilik
aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng
imkoniyatlar mavjud. Shu sababli yirik, o’rta va kichik korxonalarning optimalligi
jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish
istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo’jalik amaliyotining eng muhim vazifasi
hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog’i va sohasida hal qilishning
yo’llari o’xshash bo’lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |