apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo’lib, shu sababli o’z qiymatini
tayyor mahsulotga o’tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi
turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar,
sport-sog’lomlashtirish va boshqa ob’ektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va
sog’lomlashtirish yo’nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish
asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o’z qiymatini
sekin-asta yo’qotishi kabi ko’p jihatlari bilan o’xshashdir.
Mehnat predmetiga o’tkazuvchi ta’siriga ko’ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari
Do'stlaringiz bilan baham: |