85
kurashgan, ammo jamiyatdagi tabaqalanishni tugata olmadi.
Xristianlik dini tarkibida katolik, pravoslav, protestantlik yo‘nalishlarini
paydo bo‘lishida nima sabab bo‘ldi! iqtisodiy manfaat va tafovutdan boshqa
sabablar ikkinchi darajali hisoblanadi. Tarixiy fakt: o‘rta asrlarda aholi
daromadning o‘ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga to‘lagan. Ruhoniylar
tushumlarni ko‘paytirish maqsadida xizmat to‘lovlari miqdorini oshirib borish
bilan birga mansabni suiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi
vositalardan foydalanar edilar. Birgina misol, indulgensiyalar (lotincha
ihduigehtia – rahm-shafqat degan ma’noni anglatadi) joriy qilib, uni sotishni
keng yo‘lga qo‘yish asnosida katta iqtisod qilganlar.
Islom dinidagi ilk bo‘linish ham moddiy manfaatdorlikdan boshqa narsa
emas. Xususan, VII asrning o‘rtalarida turli guruhlarning siyosiy hokimiyat uchun
o‘zaro kurashlari natijasida paydo bo‘lgan bo‘linish zamirida ma’naviy
barkamollikni saqlab qolish emas balki, hukmronlikka erishish asnosida iqtisod
qilish yotganligi oddiy haqiqat.
To‘rtinchidan, diniy e’tiqoddagi uzilish va sun’iy tarzda yondashuvning avj
olishi. Tarixdan bizga ma’lumki, Sharq mamlakatlarida so‘ngi ming yillik
mustamlakachilik siyosati ta’sirida o‘tdi. Buning natijasida insonlar e’tiqodida tom
ma’nodagi еmirilish yuzaga keldi. Xususan, XX asrda dunyoning ikki tizimga
bo‘linishi tufayli yuqoridagi muammolar (diniy e’tiqoddagi bo‘linish, turli
manfaatlarni siyosiy-iqtisodiy tus olishi) bir oz (vaqtinchalik) ortga surildi.
Ammo XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati
sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Ya’ni industrial
davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning
avj olishi natijasida mazkur muammolar turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida
o‘ta keskin tus oldi. Buning oqibatida hech bir diniy qarashlarga to‘g‘ri
kelmaydigan qarashlar (guruhlar)ni yuzaga kelishida zamin yaratildi. Bular
qatoriga diniy ekstremizm, ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o‘ta jangarilik,
murosasizlik g‘oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g‘oyalar va dindagi
modernistik yo‘nalish tarafdorlarini ta’qib etuvchi, hatto terrorchilik vositasida
jismonan yo‘q qilishgacha boruvchi ashaddiy
Din – jamiyatdagi shaxs munosabatlarini
tartibga solib turuvchi,
inson ichki
dunyosini shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo,
bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo‘lida
foydalanish
ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi
kurashda din birlamchi
vosita bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g‘oya
va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi
demakdir. Bu jarayonda asosiy ob’yekt
inson ongi hisoblanib, unga ta’sir
etish
yo‘nalishlari turli tumandir. Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra
turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning
umumiy soni ikki yuzga
yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo‘lishi
mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy bo‘linishida bo‘lib
qolmoqda.
Aynan mana shu bo‘linish sabab turli-xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga
kelib, inson
ruhiyatiga sokinlik,
xotirjamlik, ma’naviy madad berish
uchun asrlar osha
shakllanib kelgan «din» – azob beruvchi, ma’naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi
86
vosita bo‘lib qolmoqda. Savol: insonni ma’naviy kamolot sari еtaklovchi, uning qalbida
yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg‘otish uchun asrlar
osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg‘alarning bosilishiga
kim yoki nima sabab bo‘lmoqda? Albatta javoblar turli tuman bo‘lishi tabiiy, ammo
quyida asosiy sabablarni keltirib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: