R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk
kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va
soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
» 
8.1 - rasm. Inventarizatsiyaning me’yoriy - huquqiy asoslari. 
 
Inventarizatsiyaning asosiy
maqsadi 
va
vazifalari
O‘zbekiston 
Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni va №19-
«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli BHMSda 
belgilangan (8.2-rasm).


216 
8.2 - rasm. Inventarizatsiyaning maqsadi. 
Inventarizatsiya o‘tkazish jarayonida quyidagi 
asosiy vazifalar
hal 
etiladi: 

inventarizatsiya ro‘yxatlari va taqqoslash vedomostlari tuzish 
yo‘li bilan mulklarning haqiqatda mavjudligini aniqlash; 

sifat talablariga mos kelmaydigan ayrim tovar-moddiy 
qiymatliklarni aniqlash; 

normativdan oshiqcha, ishlatilmaydigan, keraksiz va uzoq vaqt 
turib qolgan mulklarni aniqlash; 

moddiy javobgar shaxslarni tanlash va ular bilan to‘la moddiy 
javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilishining asosliligini tekshirish; 

mulklarning saqlanish sharoitini fizik xossalariga muvofiq 
nazorat qilish; 

omborxona xo‘jaligi va o‘lchash asboblarining holatini aniqlash; 

dastlabki hisobning sifatini baholash; 

dastlabki hisobni yuritish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; 

balansda aks ettirilgan pul mablag‘lari, mulklar, tugallanmagan 
ishlab chiqarish qoldiqlarining haqiqiy qiymatini tekshirish. 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan mulklar va majburiyatlar 
haqiqiy qoldiqlarining o‘rtasidagi farqlar quyidagi sabablarga ko‘ra 
vujudga kelishi mumkin:
Korxonalar hisobot yilida o‘tkaziladigan inventarizatsiyalar sonini, 
ularning o‘tkazilish sanasi, mulklar ro‘yxati va tekshiruv o‘tkazuvchilar 
vazifalarini yuqorida qayd etilgan qonun va standartlarga muvofiq 
mustaqil ravishda belgilaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish majburiy 
bo‘lgan hollar bundan mustasno. 
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari 
(№19-BHMS, 1.3-bandi) 
Mulklarning haqiqiy 
mavjudligini aniqlash 
Haqiqatda mavjud mulklarni 
buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bilan 
taqqoslash 
Majburiyatlarning
hisobda to‘liq aks
ettirilishini tekshirish 
Mulklar va majburiyatlarning haqiqiy qoldiqlari bilan 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlarni
vujudga keltiradigan asosiy sabablar 
Tabiiy sabablar 
Qabul qilish va berish 
vaqtidagi xato va 
noaniqliklar 
Buxgalteriya
hisobidagi
xatolar 
Suiiste’molliklar 


217 
№19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 
BHMSga muvofiq quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi 
shart


mulklar ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, 
shuningdek, davlat korxonasi qayta tashkil etilgan (davlat tasarrufidan 
chiqarilgan) paytda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; 

yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya 
hisobot yilining 1-oktabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mulklardan 
tashqari. O‘zbekiston Respublikasi № 4-«Tovar-moddiy zaxiralar» 
nomli BHMSga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan 
№486. 28.08.1998-y.) tovar-moddiy zaxiralar, bir yilda kamida 1 marta 
inventarizatsiya qilinadi. №5-«Asosiy vositalar» nomli BHMSga 
muvofiq (O‘zR Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan № 491, 
23.09.1998-y.), asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona 
fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi.
Bulardan tashqari, quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda ham 
inventarizatsiya o‘tkazilishi 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish