R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

8.6. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish 
 
Inventarizatsiya natijalari quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Mulklarning haqiqatda mavjud qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
inventarizatsiya 
ro‘yxatiga yoziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatida 
inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlar nomlari hamda 
ularning miqdori buxgalteriya hisobida qabul qilingan o‘lchov birliklari 
va hisob nomenklaturalari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya 
ro‘yxatlari qo‘lda (siyohli yoki sharikli ruchkada) yoki hisoblash 
texnikalaridan foydalangan holda ikki nusxadan kam bo‘lmagan 
miqdorda to‘ldiriladi. Ro‘yxatlar aniq va ravshan, tuzatishlarsiz 
to‘ldiriladi.
Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish 
Inventarizatsiya
ro‘yxati
(3-4 nusxa) 
Taqqoslash qaydnomasi (hisob 
miqdor-nav bo‘yicha yuritil-
ganda) Inventarizatsiya natija-
larini rasmiylashtirish bayon-
nomasi (hisob so‘mda yuritil-
ganda) 
Inventarizatsiya ro‘yxatida 
Tovar-moddiy 
qiymatliklarning (nomlari, 
miqdori, o‘lchov birligi, 
bahosi) haqiqatda mavjudligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks 
ettiriladi. 
Taqqoslash 
vedomosti(inventarizatsiya 
dalolatnomasi)da haqiqiy 
qoldiqlar bilan buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlarini 
taqqoslash natijalari aks 
ettiriladi. 


228 
Ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish sharoitida tovar-
moddiy qiymatliklarning inventarizatsiya ro‘yxatlari mashinogramma 
ko‘rinishida chiqariladi. Bunda komissiya faqat haqiqiy qoldiqlarni, shu 
jumladan hisobda aks ettirilmay qolgan ishlab chiqarish zaxiralari 
bo‘yicha ham aks ettiradi. Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir betida 
moddiy qiymatliklar tartib raqamlarining soni va mazkur betda yozilgan 
natural ko‘rsatkichlardagi miqdorning umumiy jami, ular qanday 
o‘lchov birliklarida (dona, kilogramm, metr va h.k.) ko‘rsatilishidan 
qat’i nazar aks ettiriladi. Xatolarni tuzatish ro‘yxatning barcha betlarida 
xato yozuvlarni ustidan chizish va chizilgan yozuv yuqorisiga to‘g‘risini 
yozish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tuzatishlar inventarizatsiya 
komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan 
imzolanishi va izohlanishi lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarida 
to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga ruxsat etilmaydi. Oxirgi betdagi 
to‘ldirilmagan satrlar chizib qo‘yiladi. Ro‘yxatning oxirgi betida baholar 
tekshirilganligi, taksirovka qilinganligi va jamlanganligi to‘g‘risida 
ushbu tekshiruvni amalga oshirgan shaxslar imzolari bilan belgi 
qo‘yiladi. Ro‘yxatlar inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va 
moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida 
moddiy javobgar shaxslar komissiya tomonidan mulklar ularning 
ishtirokida tekshirilganligini, inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga 
e’tirozlari yo‘qligini va ro‘yxatda keltirilgan barcha mulklarning o‘z 
javobgarligiga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan 
tilxat 
yozib beradi.
Moddiy javobgar shaxslar almashgan hollarda mulklarning 
haqiqatda mavjudligi tekshirilganida qabul qiluvchi ushbu mulklarni 
qabul qilganligi, topshiruvchi esa topshirganligi to‘g‘risida imzo 
qo‘yadi. Balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklar (mas’ul 
saqlash uchun qabul qilingan, qisqa muddatli ijaraga olingan, qayta 
ishlashga qabul qilingan va h.k.) alohida ro‘yxatga olinadi. Moddiy 
javobgar shaxslar inventarizatsiyadan so‘ng ro‘yxatlarda xatolar 
borligini aniqlaganda, ular zudlik bilan (omborxona, seksiya va sh.o‘. 
ochilgunga qadar) inventarizatsiya komissiyasi raisiga bildirishlari 
lozim. Inventarizatsiya komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshiradi va 
ular tasdiqlanganida belgilangan tartibda tuzatadi. Yaroqsiz va buzilgan 
materiallar hamda tayyor mahsulotlar uchun tegishli dalolatnomalar va 
alohida inventarizatsiya ro‘yxatlari tuziladi.
Inventarizatsiya natijalarini aks ettirish uchun korxonada birlamchi 
hisob hujjatlarining quyidagi shakllaridan foydalaniladi (№19-BHMSga 
ilovalar): 


229 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish