R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

7.5-rasm. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash. 
Hujjatlarni guruhlash
– bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil 
guruhlarga to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Bu esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni 
ancha osonlashtiradi. 
Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash 
Guruhlash 
Taksirovka 
Kontirovka 
So‘ndirish 


202 
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha 
ma’lum davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega 
bo‘lishdan iborat. Shu bilan birga dastlabki hisobni yuritish ham 
soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga doir hujjatlar har bir 
nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa hujjatlari 
pul mablag‘larining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k. 
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki 
guruhlovchi vedomostlarda amalga oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib 
tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan 
mahsulotlarni xaridorlar bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti. 
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan 
xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish 
uchun tuziladi. Ular ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan 
ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun 
korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va ushlanmalar turlari bo‘yicha 
guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka
*
 qilish
ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat 
o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda 
tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va 
h.k.) ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga 
ko‘paytiriladi. Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat o‘lchovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, u holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish 
vaqtini hisobga olish tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi 
hisoblash. Hujjatlar taksirovka qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schotlar 
va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka qilinishi kerak. Kontirovka 
qilish usullari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan shak-
liga bog‘liq. 
Kontirovka
– bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik 
muomalasining summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim 
bo‘lgan schotlarning ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki 
hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim 
kassa orderlarida, kassa daftarida va b.). 
*
O‘rta asr lotin tilining «Taxa» - so‘zidan kelib chiqqan, «taxatio» - bahosini aniqlash, baholash ma’nolarini 
bildiradi. 


203 
Agar jamlama hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida 
keltiriladi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish