Katta о‘tish qarshiligi
- deb shunday qarshilikka aytiladiki, unda tok bir
sim yuzasidan ikkinchi simga yoki simni qandaydir apparatga ulash joylarida,
apparatlarning kontakt qismlarida hosil bо‘lgan qarshilikka aytiladi.
Yuklamali tok о‘tganda bunday joylarda vaqt birligi ichida issiqlik ajralib
chiqadi, issiqlikni qiymati tokning kvadratiga va о‘tish kontakti bо‘lgan joy
qarshiligiga tо‘g‘ri proporsional.
Agar qizigan kontaktlar yonadigan materialga tegsa, unda yong‘in chiqish
mumkin, portlash xavfi bor tizim bо‘lsa uchqun oqibatida portlash sodir bо‘lishi
mumkin. Shuning uchun ham о‘tish qarshiliga bо‘lgan joylarni aniqlash qiyin,
himoya apparatlari ham tarmoq va qurilma uchun bо‘lsada, lekin yong‘in hosil
bо‘lishini ogohlantira olmaydi, chunki zanjirda tok о‘tmaydi, о‘tish qarshiligi
bо‘lgan joyda qizish qarshilik oshganligi tufayli hosil bо‘ladi.
Kontaktlardagi о‘tish qarshiligining qiymati materialning turiga, geometrik
formadan va о‘lchamlaridan kontakt yuzasining ishlov berish darajasidan,
kontaktlarning bosim kuchiga va oksidlanish darajasidan olinadi. Ayniqsa,
oksidlanish intensiv ravishda nam muhitda tezroq amalga oshadi, shuning
kimyoviy faol muhitda va kontaktlarda 70-75
0
S dan yuqori qizishida о‘tadi.
Katta о‘tish qarshiligining kelib chiqishiga asosan: ulash (kontakt)
joylarining mustahkam bajarilmaganligi; ulash (kontakt) joylarining atrof muhit
ta’sirida zanglashi va qurum bosishi; kuyishi; ulash (kontakt) joylari
materiallarining tо‘g‘ri tanlanmaganligi (oksidlanishi) va shunga о‘xshashlar sabab
bо‘ladi.
325
65
-
rasm
.
Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylari mustahkam
bajarilmaganligi.
Katta о‘tish qarshiligining oldini olish
uchun uchun sim va kabellarni
ulash joylarini, apparatlarni kontakt qismlarini mustahkamligini (boltli,
kavsharlash, payvandlash, presslash, qisqichlar orqali) ta’minlash; zang, qurum
bosgan kontaktlarni tozalash; alyumin va mis tolali simlarni ulashda maxsus
qisqichlar qо‘llash; mis, latun, bronzadan bо‘lgan kontaktlarni oksidlanishdan
saqlash uchun ularning ustki qismi yupqa simob, kumush bilan qoplash; sim
tolalarini ulash joylarini atrof muhit ta’siridan himoyalash uchun izolyatsiyalash;
kuygan kontaktlarni almashtirish va h.z. Bundan tashqari ekspluatatsiya qilish
jarayonida ulangan joylarni (kontaktlarni) doimiy nazorati qilib turish lozim.
Bundan tashqari nosoz yoki qo‘lbola elektr qurilmalaridan foydalanish
(isitish, qaynatish) elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirish, vaqtinchalik tortilgan
elektr simlaridan foydalanish, insonlarni bilar-bilmas elektr qurilmalariga xizmat
ko‘rsatishi (ta’mirlash, o‘rnatish va ishlatish), himoya apparatlari o‘rnida
(saqlagichlarda) har xil yasama yoki vaqtinchalik simchalarni "juchok" qo‘llash,
profilaktika va sinov ishlarini vaqtida o‘tkazmaslik oqibatida ko‘plab yong‘inlar
elektr moslamalaridan kelib chiqmoqda.
326
Do'stlaringiz bilan baham: |