Tarbiyaviy maqsadi:
O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish.
DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish
Darsning uslibi:
Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash.
Darsning jixozi:
Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar.
Darsning borishi:
yangi mavzuni bayoni.
ISHLAB CHIQARISH
Insonlaming o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy n‘matlarni yaratish jarayoni ishlab
chiqarish deb yuritiladi.
Iqtisodchilar iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni ishlab chiqaruvchilar, ularni iste'mol
qiluvchilarni esa iste‘molchlar, deb atashadi.
Ishlab chiqaruvchilar odatda, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga bo'linadi. Moddiy
sohada moddiy ko'rinishdagi mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqariladi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga
misol qilib, sanoatdagi zavod va fabrikalarni, qishloq xo'jaligidagi fermer va dehqon xo'jaliklari kabi turli-
tuman korxonalarni keltirsa bo'ladi.
Ishlab chiqarishning nomoddiy sohasida esa, asosan turli xil ko‘rinishdagi xizmatlar ko'rsatiladi.
Bular jumlasiga ta'lim,
sog‘liqni saqlash, yo'l xavfsizligi, mudofaa, maishiy va kommunal xizmat, madaniyat kabi sohalar kiradi.
Xizmatlarning moddiy ko'rinishdagi mahsulotlardan farqi, ularni moddiy narsalarni jamg'argan kabi
omborda jamg'arib
Bo‘lmaydi. Xizmatlar ishlab chiqarish jarayonining o'zidayoq istemol qilinadi, ya'ni ulardan foydalaniladi.
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI
Ma‘lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar kerak bo'ladi. Ishlab chiqarishga jalb
qilingan resurslar faqat faqat manba, zahira sifatida emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta‘sir
etuvchi omil sifatida ham qaraladi. Shu sababli ishlab ishga jalb etilgan resurslarni boshqacha - ishlab
chiqarish omillari deb, liam atashadi.
Resurslar, odatda tabiiy, kapital va mehnat resurslariga bo'linadi. Tabiiy rcsurslarga havo, suv,
quyoshdan kelayotgan issiqlik va yorug‘lik, yer maydoni, yer osti va yer usti boyliklari, o'simllklar va
hayvonot dunyosi, xullas odamlar ehtiyoji uchun asqotadigan tabiatning barcha ne'matlari kiradi.
Kupital resurslar deb, inson tomonidan yaratilgan va boshqa , mahsulot turlarini yaratishga jalb
etiladigan resurslarga aytiladi. Iqtisodchilar ularni boshqacha - ishlab chiqarish vositalari, deb ham
atashadi. Ularga bino va inshootlar, asbob-uskuna va mashina-mexanizimar, turli-tuman dastgohlar va
jihozlar, xomashyolar va boshqa son-sanoqsiz turdagi narsalar kiradi. Mehnat resurslari. Deganda, mehnat
qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish - tajribasi va mehnat mahorati bilan birgalikda tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |