Tayanch atamalar
Iqtisodiyot
— insonning hayot ke-chirishi uchun zarur ne'matlami yaratish-ga qaratilgan xo'jalik yuritish
tizimi.
Iqtisodiyot fani—
odamlarning iqti-sodiy ne'matlami yaratish jarayonidagi faoliyatini va o'zaro
munosabatlarini o'r-ganadigan fan.
Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari
— tabiat, odamlar va odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar.
Buni yoddatuting!
Iqtisodiy jarayonlar ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste'mol bosqichlaridan iborat bo'ladi.
Mikroiqtisodiyot — alohida olingan oila, korxona, tarmoq iqtisodiyotini, makroiqtisodiyot esa mamlakat
miqyosidagi iqtisodiyotni o'rganadi nadi.
Aktiv qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman.
Uyga vazifa :
O‘tilganma mavzuni o‘qib o‘rganib kelish
MAVZU:
CHEKLANGANLIK MUAMMOSI
Ta‘limiy maqsadi:
O‘quvchilarnicheklanganlik muamosi haqidagi malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsadi:
O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish.
DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish
Darsning uslibi:
Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash.
Darsning jixozi:
Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar.
Darsning borishi:
yangi mavzuni bayoni.
IQTISODIYOTNING ASOSIY MUAMMOSI
I nson — ongli mavjudot. U har doim yaxshi yashashga intilib kelgan. Ayiqning qomi to'ysa, iniga kirib uxlaydi.
Inson esa erishgan nursasi va mavqeyi bilan qanoatlanmaydi. U yaxshiroq ovqatlunishga, yaxshiroq kiyinishga,
yaxshiroq turmush sharoitiga ega bo'lishga, yuqoriroq martabaga ega bo'lishga, tabiat va jamiyatda kechayotgan
hodisa va jarayonlarni yaxshiroq tushunishga, yaxshiroq bilim olishga intiladi. Unga har doim nimadir yetishmaydi.
Shu bois "Inson ehtiyojlarining poyoni, cheki yo'q!" deb aytamiz.
Inson ehtiyojlarini qondirishi uchun unga turli xil ne'matlar гашг bo'ladi. Bu ne'matlarning ba'zilarini (havo, suv,
quyosh yorug'ligi, issiqligi va hokazolarni) insonga tabiat tekin in'om cladi. Ularni erkin ne'matlar deb, ataymiz.
Qolganlarini esa inson o'z mehnati, iqtisodiy faoliyati orqali yaratishi, ishlab chiqarishi lozim bo'ladi. Ularni iqtisodiy
ne'matlar deb, ataymiz. Inson ehtiyojlari biror-bir moddiy narsa - tovarni iste'mol qilish yoki biror-bir xizmatdan
foydalanish evaziga qondiriJishi mumkin. Biror narsani ishlab chiqarish uchun tabiatdan xomashyo, insonning
jismoniy kuchi, bilimi, turli xil mashina va mexanizmlar, asbob - uskunalar, bino va inshootlar, xullas, bir so'z bilan
aytganda, ishlab chiqarish resurslari zarur bo'ladi. Iqtisodiy resurslar miqdori esa, afsuski chegaralangan. Shu bois
insonning hamma yetishmovchiliklarini, ehtiyojlarini to'la qondirishning iloji yo'q. Iqlisodchilar bu muamrnoni
cheklanganlik muammosi deb, yuritishadi va u iqtisodiyotning asosiy muammosi hisoblanadi.
Odamlarning cheklangan resurslardan foydaianib, poyonsiz ehtiyojlarini to'laroq qondirishga qaratilgan, oqilona
xo'jalik yuritish yo'1-yo'riqlarini iqtisodiyotfani o'rganadi. Bu borada qo'lingizdagi mazkur kitob siz uchun ilk manba
bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |