2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

Zararkunandalari
- kuzgi tunlam, shved-pashshasi, simqurt, toshbaqa 
kana, non-arralagich, ko„kko„z, kemiruvchilar, gessensk pashshasi.
 


91 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Bug„doy urug„ini unib chiqish uchun qanday sharoit talab qilinadi? 
2. Bug„doyning tuplanish davrini tavsiflab bering.
3. Qaysi davlatlar bug„doy donini eksport qilishadi? 
4. Qaysi davlatlar bug„doy donini import qilishadi? 
5. Amal davrida kuzgi bug„doy uchun samarali harorat yig„indisi qancha bo„ladi? 
6. Qaysi o„simlik tabiatda o„zidan changlanmaydi? 
7. O„zbekistonda qaysi zararkunanda va kasalliklar don hosili va sifatiga katta 
zarar yetkazmoqda? 
 
Kuzgi bug„doy 
Bug„doyning biologik xususiyatlari:
bug„doy umuman donli ekinlar 
biologik xususiyatlariga ko„ra kuzgi va bahorgi turlarga bo„linadi. Kuzgi bug„doy 
kuzda ekilib, qishlab chiqqandan keyin kelasi yili hosil beradi. Bahorgi bug„doy 
erta bahorda ekilib, o„sha yili hosil beradi. Kuzgi bug„doyning bahorgilardan farqi 
shundaki, ularning birinchi boshlang„ich rivojlanish davri past (0
o
C dan 10
 
o
C
 
gacha) haroratda 30-65 kun davom etadi. Bahorgi bug„doy esa boshlang„ich 
rivojlanish davrini 5-10 
o
C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya‟ni tez muddat 
ichida o„tadi. 
 
Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarini bahorda ekish mumkin emas, 
chunki bahorda u talab qilgan harorat bo„lmaganligi sababli o„simliklar faqat 
tuplanadi, boshoq chiqarmaydi va hosil bermaydi. Bug„doy kuzda ekilganda, 
uning biologik kuzgi navlari ishlatilishi kerak. Biologik bahorgi navlarni ham 
kuzda ekib bo„lmaydi, chunki ular issiq haroratga ko„proq talabchan bo„lganligi 
uchun qishki sovuqlar natijasida nobud bo„ladi. Lekin, qish yumshoq keladigan 
mintaqalarda navlarning uchinchi turi yarim kuzgi navlari uchraydi. Bu navlarni 
kuzda va bahorda ekish mumkin, ikki holda ham ulardan normal don hosili 
olinadi. Yarim kuzgi navlarni kech kuzda ekish kerak. Ertagi muddatlarda biologik 
kuzgi navlar ekilishi kerak. Yarim kuzgi navlarning qishga chidamliligi bahorgi 


92 
navlarga nisbatan yuqori bo„ladi. Shuning uchun O„zbekistonning lalmi va 
sug„oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish uchun biologik va yarim kuzgi nav-
lardan foydalanish kerak.
 
Umuman, O„zbekistonning barcha viloyatlarida bug„doy kuzda ekilishi kerak. 
Chunki, ular kuzgi-qishki, bahorgi yog„ingarchiliklardan to„la foydalanadi. 
Bahorda erta o„sa boshlaydi, bahorgi ekinlarga nisbatan 10-12 kun erta pishadi, 
shuning uchun kuzgi bug„doyning gullash davri yozgi issiq garmsel shamollarga 
duch kelmaydi va ular bahorgiga nisbatan yuqori (25-30%) va muttasil hosil 
beradi.
Bundan tashqari, kuzgi bug„doy sovuqqa chidamliligi bilan bahorgilardan 
farq qiladi. Bug„doy -12-13
o
C sovuqqa chidaydi, -16-18 
o
C sovuqda nobud 
bo„ladi. Kuzgi bug„doyni sovuqqa chidamliligi uning o„sish sharoitiga va 
agrotexnikasiga bog„liq. Birinchidan ularning sovuqqa chidamliligi, ekish muddati 
va urug„ning ko„mish chuqurligiga qarab har xil bo„ladi. Ertagi muddatlarda 
ekilganda (sentyabr, oktyabr oyining boshlari) maysalar unib chiqib kech 
kuzgacha, ya‟ni sovuq tushgunga qadar to„planib ulguradi va o„simliklar shu 
davrda qishlaydi. Tuplanish davri o„simliklarning qishlashi uchun qulay davr 
bo„lib, ular bu davrda sovuqqa chidamli bo„ladi. Kuzgi bug„doy kech muddatlarda 
ekilganda urug„lar sovuq tushgunga qadar maysa chiqarmasligi mumkin yoki 
maysa hosil qilgan vaqtda ham tuplanib ulgurmasligi mumkin. Demak, urug„lar 
kech muddatlarda ekilganda, ular maysa chiqargan yoki tuplanish boshlangan 
holda qishlaydi. Bu davrlarda o„simliklar sovuqqa chidamsiz bo„ladi. Buning 
natijasida qishki sharoitlarda o„simliklar nobud bo„ladi, hosil kamayadi. Urug„ni 
ekish chuqurligi ham katta ahamiyatga ega. Urug„lar ekish vaqtida normal 
chuqurlikka ko„milsa, tuplanish bo„g„imi tuproqda chuqurroq joylashadi va 
sovuqqa chidamli bo„ladi. 
 
Kuzgi bug„doy tuproqqa talabchan, ular unumdor begona o„tlardan toza, bo„z 
va o„tloqi tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Sho„rlangan tuproqlarda yaxshi 
o„smaydi, agar shunday yerlarga ekiladigan bo„lsa, albatta yerni sho„rini yuvish 
kerak. Kuzgi bug„doy sug„oriladigan yerlarda oziq elementlariga talabchan, 


93 
ayniqsa, azotga talabchan. Nay o„rash va boshoqlanish davrlarida bu talab ayniqsa, 
ortadi. Lekin, ortiqcha ozuqlantirilsa ayniqsa azot o„g„iti ko„p berilsa, 
o„simliklarning qishga chidamliligi pasayadi, yotib qolishi mumkin. 
 
Kuzgi bug„doy sug„oriladigan yerlarda namga talabchan. Bug„doy ekilgan 
maydonlarning namligi umumiy dala nam sig„imining 70-75% miqdorida bo„lishi 
kerak. Nay o„rash va boshoqlanish davrlarida bug„doyning suvga talabchanligi 
ortadi. Tuproqning namligi optimal darajada saqlab turilsa, bug„doy garmseldan 
zararlanmaydi. 

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish