147
fosfor miqdorini ko„paytirib, azot miqdorini kamaytirish, aksincha, jo„xori ko„k
poya uchun ekilgan bo„lsa azot miqdorini ko„paytirish mumkin.
Yerni ekishga tayyorlash
. Jo„xori maysa hosil qilgandan so„ng
dastlabki
davrda juda sekin o„sadi. Shu sababli u begona o„tlardan toza bo„lgan yaxshi
ishlangan erlarni xohlaydi. yer kuzda 27-30 sm chuqurlikda chimqirqarli yoki ikki
yarusli plug yordamida shudgor qilinadi. O„tloq botqoq tuproqlarda haydash
chuqurligi yer osti suvlarining sathiga bog„liq. Sho„rlangan yerlarda shudgor
qilishdan oldin tuproq yuviladi. Erta bahorda tuproqda
nam saqlash maqsadida
shudgor boronalanadi. Jo„xori kechki bahorgi ekinlar jumlasiga kiradi. Shuning
uchun uni ekishga qadar shudgorni 1-2 marta 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya
qilinadi va ketma-ket boronalash mumkin. Buning natijasida yangi paydo bo„lgan
begona o„tlar yo„qotiladi, yer yumshatiladi. Borona qilingandan so„ng mola
bostiriladi.
Ekish.
Urug„li jo„xori quritilib, ro„vagida (yanchilmagan holda) shamollatib
turiladigan xonalarda saqlanadi. Ekishga 7-10 kun qolganda ro„vaklardagi don
yanchiladi, yanchilgan urug„ tozalanadi va ekish uchun bir xilda bo„lgan yirik va
sara don ajratib olinadi. Urug„likni ekishdan oldin
issiq havoda shamollatib
qizdiriladi. Buning natijasida urug„lik to„la yetiladi, unib chiqish darajasi ortadi,
tez va qiyg„os unib chiqadi. Bu xol hosildorlikni oshirishga olib keladi.
Toshkent davlat agrar universiteti O„simlikshunoslik kafedrasining
tajribalariga
qaraganda, urug„ oftobda qizdirilib shamollatib ekilganda har
gektaridan 778 ts, qizdirilmay ekilganda esa 698 ts ko„k poya olingan.
Davlat andozasi bo„yicha urug„likning tozaligi 90-95% dan va unib chiqish
darajasi 80-85% dan kam bo„lmasligi kerak.
Jo„xori urug„i ekish oldidan dorilanadi. Jo„xori makkajo„xoriga nisbatan
kechroq, ya‟ni tuproq harorati 13-15
o
C ga yyetganda ekiladi. O„zbekistonning
janubiy viloyatlarida (Surxondaryo, Qashqadaryo) jo„xori mart oylarining oxiri-
aprel oyining boshlarida ekiladi. Qoraqalpog„istonda
may oyining boshlarida
ekiladi. O„zbekistonning markaziy tumanlarida aprel oyining ikkinchi yarmida
ekiladi. Lekin, jo„xorini qandli va supurgisimon navlarini birmuncha erta ekish
148
mumkin, chunki bu navlarining urug„i qobiqli bo„lib, tuproq nami ortiqcha bo„lgan
taqdirda ham chirimaydi. Jo„xori qator orasi 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. O„simlik
qalinligi jo„xorining naviga qarab har xil bo„ladi. Baland bo„yli, kechpishar navlar
yuqori hosilli dalalarda don uchun ekilganda bir gektar yerga 60-80 ming tup
o„simlik ekiladi. Past bo„yli tezpishar navlar qalinroq qilib ekiladi. Jo„xorini keng
qatorli, ya‟ni qator orasini 90 sm qilib ekish ham mumkin.
Keng qatorli qilib ekilganda ham bir gektardagi o„simlik
soni yuqoridan
ko„rsatilgan miqdorda bo„lishi kerak. Bu holda har 15-20 sm masofadan bittadan
yoki ikkitadan o„simlik qoldiriladi. Umumiy bir gektarda qoldiriladigan o„simlik
sonini aniqlashda yerning unumdorlik darajasini, suv va o„g„it bilan ta‟min
etilganligi hamda navning xususiyatini hisobga olish kerak. yer unumdor bo„lsa,
oziqlanish maydoni kichik, unumdorligi past bo„lsa,
oziqlanish maydoni katta
bo„lishi lozim. Bo„yi baland o„sadigan, kechpishar navlari uchun oziqlanish
maydoni katta, past bo„yli navlar uchun kichik bo„lishi kerak.
Jo„xori don yoki silos uchun etishtiriladigan bo„lsa, hargektar yerga 8-12,
ko„kpoya uchun ekiladigan bo„lsa 15-20 kg urug„ ekiladi. Urug„ ekish chuqurligi
tuproqning mexanik tarkibiga hamda ekish muddatiga bog„liqdir. Zichligi o„rtacha
bo„lgan tuproqlardan urug„ 4-5 sm, og„ir tuproqlarda esa 3-4 sm chuqurlikka
ekiladi.
Erta muddatlarda tuproqda nam yetarli darajada bo„lgan vaqtda urug„ 3-4 sm
kechki
muddatlarda, ya‟ni tuproq betida nam kam bo„lganda urug„chuqurroq 5-6
sm/ga ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: