International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
648
“Bulutli texnologiyalar, xizmatlar va ilovalar”
atamlariga berilgan
tushunchalarni tadqiq qilish natijasida o‘qitish faoliyatini tashkillashtirishda
foydalanish uchun quyidagi tushunchasini hosil qilishga erishildi. “Bulutli
texnologiyalar”ning asosini “bulutli xizmatlar” tashkil qiladi. Ushbu xizmatlar
“bulutli texnologiyalar”ni yaratuvchi tomonidan foylanuvchiga taqdim etiladi.
Xizmatlar o‘z navbatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: “bulutli servislar” va
“bulutli ma’lumotlar xotirasi”.
“Bulutli servislar” – bu tugallangan dastur bo‘lib, “bulutli texnologiyalar”ni
yetkazib beruvchining serverlarida ishga tushiriladi va shaxsiy dasturiy muhitda
bajariladi, foydalanuchining ishlashi uchun ruxsat berilgan bo‘ladi.
“Bulutli servislar” soni kundan kunga oshib bormoqda. Ularning ko‘rinish shakli,
dasturiy ta’minoti, ishlash imkoniyatlariga bo‘lgan texnik talablar o‘zgarib
bormoqda[1].
Ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Keng tarqalgan masofaviy
ta’lim vositalaridan biri bu - Google xizmatlari bo‘lib, undan Google akkauntiga
ega har qanday foydalanuvchi to‘liq imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.
Google xizmatlaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish bir
qator afzalliklarga ega:
•
istalgan qurilmadan ma’lumotlarga murojaat qilishi (agar Internet mavjud
bo‘lsa);
•
lokal kompyuterdagi operatsion tizim va dasturiy ta’minotga bog‘liq
bo‘lmaslik;
•
turli ilovalardan bepul foydalanish imkoniyati;
•
foydalanuvchilar bilan birgalikda ishlash imkoniyati;
•
tezkorlik.
“Google xizmatlari onlayn rejimda ishlashni ma’qul ko‘radigan odamlarning
ishini
tashkil etishga yordam beradi, ya’ni, ta’lim muassasasi devorlaridan
tashqarida yangi ta’lim muhiti shakllantiriladi” [2].
Google xizmatlari orasida eng ommabop va asosiy o‘quv vazifalarini hal
qilishga hissa qo‘shadigan Google Drive, Google Docs, Google Presentations,
Google Sheets va Google Forms hisoblanadi (1-rasm).
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
649
1-rasm. “Google xizmatlari” ilovalari
«Google Drive» xizmati –
bu har xil turdagi fayllarni, ya’ni matn va
elektron jadval hujjatlari, grafik va boshqa tasvirlar, video va audio kontentni
saqlash imkonini beruvchi bulutli xotira hisoblanadi.
Google Docs - bu matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun barcha
kerakli funksiyalarga ega matn muharriridir. Ushbu
xizmat sizga hujjatlarni
kompyuteringizga yuklab olmasdan masofadan turib ishlash imkonini beradi.
Matnli hujjatlarni turli formatlarda saqlashingiz mumkin: DOC, PDF va hokazo.
Bunda formatlash vositalari bilan ishlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki ular
Microsoft Office ilovalarida taqdim etilgan interfeys bilan bir xil.
Google Docs xizmatidan foydalanib, siz o‘zingizning elektron o‘quv
kursingizni yaratishingiz va talabalarga materiallardan foydalanish imkoniyatini
berishingiz mumkin. Har qanday Google xizmati materiallarga kirishning ikkita
variantini nazarda tutadi: hamkorlik uchun kirish va havola orqali kirish
(cheklanmagan miqdordagi foydalanuvchilar uchun ochiladi).
Foydalanuvchilar
kirish huquqiga ega bo‘lishlari uchun siz materiallar bilan ishlashning uchta
rejimini tanlashingiz mumkin: o‘quvchi (tahrirlash huquqisiz), sharhlovchi,
muharrir (hamkorlikni nazarda tutgan holda)
Google Forms sizga yopiq va ochiq viktorinalar yaratish imkonini beradi.
Yopiq turdagi testlar orasida quyidagi turdagi test savollarini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
•
bitta javob variantli test;
•
bir nechta tanlovga ega test;
•
ochiluvchi ro‘yxat ko‘rinishidagi javobli test (ya’ni foydalanuvchi
ochiladigan ro‘yxat-menyudan bitta variantni tanlaydi).
Ochiq testlar uchun ikkita variant mavjud:
•
qisqa javob test;
•
batafsil javobni talab qiluvchi test;
Batafsil javobni nazarda tutuvchi oxirgisidan tashqari barcha
test
topshiriqlari avtomatik tarzda tekshiriladi. "Google Forms" yordamida siz kirish
nazoratini, oraliq sertifikatlashni tashkil qilishingiz mumkin, Google shakllari
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
650
keyinchalik bilimlarni o‘z-o‘zini tekshirish bilan
simulyator sifatida ham
foydalanish mumkin.
«Google Sheets» xizmati ma’lumotlarni tahlil qilish maqsadida jadvallar,
diagrammalar yaratish imkonini beradi. Ular turli fayl turlariga import qilinishi va
eksport qilinishi mumkin.
Google sites - foydalanuvchidan ilg‘or texnik bilimlarni talab qilmaydigan
oddiy sayt yaratuvchisidir. Uning yordamida siz o‘zingizning ehtiyojlaringiz uchun
moslashtirilgan shablon veb-sahifalar to‘plamini tezda yaratishingiz, to‘ldirishingiz
va nashr qilishingiz mumkin. Loyihalaringiz va tadbirlaringiz uchun har qanday
ekranda ajoyib ko‘rinadigan chiroyli va yuqori sifatli veb-saytlarni yaratish
imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Google xizmatlaridan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin.
Ushbu xizmatlar nafaqat elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ulardan
foydalanishni ta’minlash, balki o‘quvchilarning muloqoti
va hamkorligini tashkil
etishni osonlashtiradi, o‘qituvchiga ta’lim yutuqlarini kuzatish va baholashga
yordam beradi, ta’limni masofadan turib boshqarish va talablarga muvofiq
individual ta’lim strategiyasini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: