xonalariga bo‘linadi. Xo‘jalik hisobidagi dorixonalarda xona maydoni va to‘plami SanQ va M
(SanPiN) № 0337-16 asosida talab qilinadi.
Дорихона тармоклари структураси
1.Даволаш-профилактика
бирлашмаларидаги
дорихоналар
2.Хўжалик хисобига
асосланган
дорихоналар
3.Марказий район
дорихоналари.
4.Дорихона
магазинлари
5.Оптика-кўзойнак
магазинлари
Gigiyenik jihatidan dorixonalarda sanitariya va epidemiyaga qarshi
rejimga rioya qilishda
xonalarning o‘zaro joylanishi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun dorixonaning barcha
xonalari koridor orqali o‘zaro ichki aloqaga ega bo‘lishi, bundan tashqari dorixona mudirining
xonasi sotuv zali bilan chambarchas bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerak. Faqat retseptura bilan
assistentlar xonasi, assistent xonasi bilan provizor-analitik xonasi, omborxona bilan sotuv zalida
bo‘lgan mos bo‘limlar (tayyorlangan
dorilarni, tayyor dori shakllarini sotadigan bo‘lim) o‘zaro
bog‘liq bo‘lishlari mumkin. Dori preparatlarini saqlaydigan omborxonasi o‘tish yo‘lakchasida
bo‘lishi mumkin emas va ularni bo‘laklarga ajratish ruxsat etilmaydi. O‘simliklardan
tayyorlanadigan dorilarni quritish va zararsizlantirish uchun xona alohida binoda joylashtirilishi
lozim.
Katta shaharlardagi zamonaviy dorixonalar aseptik bloklari tarkibida shlyuzli deffektal
xona, shlyuzli aseptik, sterilizatsiya, distillangan suvni tayyorlaydigan xonalari mavjud. Aseptik
blokda o‘zaro bog‘liqlikka ega barcha xonalar orqali o‘tadigan umumiy shlyuzlari mavjud, 4, 5,
6 toifadagi dorixonalarda defektar xonasining bo‘lmasligi, aseptik xonasiga sterilizatsion-
distillyasion xonalari orqali kirish ruxsat etiladi. Aseptika xonasini dorixonadagi boshqa xonalar
va yo‘lakcha bilan bevosita bog‘liqlikda bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
Dorilarni tayyorlash sanitar-gigienik sharoitni maksimal darajada yaxshilashni talab qiladi.
Ko‘chadan kiradigan chang,
mikroorganizmlar, sovuq havo oqimi, shovqin kabi omillar dori
mahsulotlarining sifatiga va dorixona ishchi xodimlarining salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Dorixonada ikkita kirish yo‘li bor: birinchi va ikkinchi toifadagi dorixonalarda ikkita eshigi
bo‘lishi; uchinchi va to‘rtinchi toifadagi dorixonalarda eni 0,9 m bo‘lgan bir tabaqali bitta eshigi
bo‘lishi kerak. Xodimlar kiradigan va dori mahsulotlarini qabul qiladigan eshikning eni 1,2 m
bo‘lishi kerak. 1- 3 iqlimli maydonlarda bu eshiklar ikki qavatli va isitilgan bo‘lishi kerak.
Dori oluvchilar uchun kirish yo‘li himoya to‘siqlari o‘rnini bajaruvchi tamburlar bilan
jihozlanadi. Tambur uzunligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, kengligi kirish eshigidan 1,5 marotaba
kengroq bo‘lishi kerak. Tamburdagi eshiklar bir-biriga burchak ostida joylashgan bo‘lishi kerak,
chunki sotuv zaliga sovuq havo kirguncha isib ulgurishi lozim. Tamburdagi issiq havo pardasini
bir-biriga qarama - qarshi joylashgan oddiy eshiklar ham bajarishi mumkin. Kirayotgan
havoning harorati 30-35
0
S orasida bo‘lishi kerak.
1- 3 iqlimli bo‘limlarni isitish uchun ikkita tambur o‘rnatiladi. 1-2
toifali dorixonalarda
kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki tabaqali) bo‘lishi kerak.
Tamburda oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali qutichaning bo‘lishini e’tiborga olish lozim.
Dorixonalarda omborxona bilan bog‘lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk ko‘taruvchi
moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‘p bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak. 1-2 toifali dorixonalar
xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning balandligiga to‘g‘ri
kelishi ruxsat etiladi. Erto‘lalarning, xonalarning balandligi 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Erto‘la yorug‘likka sezgir, yong‘inga xavfli, kuchli oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni
saqlash uchun xizmat qiladi. Erto‘ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga
chiqish uchun yo‘l bo‘lishi kerak.
Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‘rsatkichlarga mos ravishda
jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat gigienik emas, balki
psixologik ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Xonalardagi devorlarning yuzasi
bajariladigan texnologik jarayonlarga bog‘liq, ya’ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi
moddalar bilan tozalashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Namli rejimda
ishlanadigan xonalarda
(yuvish, distillangan suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m
balandlikkacha yog‘li bo‘yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik materiallar bilan
qoplanishi lozim. Paneldan yuqoridagi devor va shiplar suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
Aseptik, assistentlar, provizor-analitik xonalarining devorlari chang to‘planmasligi uchun o‘tkir
burchaklari bo‘lmasligi kerak. Aseptik xonaning barcha devori yog‘li bo‘yoq bilan,
ship suvli
bo‘yoqlar bilan yaxshi yuviladigan va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan sintetik
materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Defektar, omborxona, kiyim uchun mo‘ljallangan
xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda yog‘li bo‘yoqlar bilan, undan yuqorisi va shipi suvli
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Ma’muriyat xonasi, yo‘lak, ishchilar xonasining shipi suvli
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi, devorlari namga chidamli oboy yoki suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi
lozim. Dorixonadagi dori tayyorlaydigan xonalarning devorlariga qo‘shimcha
bezatuvchi
narsalarning osilishi ruxsat etilmaydi, chunki ularda chang to‘planadi va tozalash vaqtida
qiyinchiliklarni tug‘diradi. Devor va shiplardagi bo‘yoqlarning rangi ochiq tonda bo‘lishi kerak.
Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‘lishi kerak.
Polni
parket bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigienik jihatdan eng qulay va qoplovchisi
quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
- sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum);
- assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik yoki polimerli plitkali materiallar;
- aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik material;
- yuvish, sterilizatsiya,
distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi,
omborxonalar sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar poli
(omborxonadan tashqari) yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‘lishi kerak. Yuvish,
distillatsion-sterilizatsion va yuvish xonasida almashtirib turuvchi taxtali panjara solinishi kerak.
Erto‘laning poli asfalt, asfalt-beton yoki sement bilan qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: