1. Byudjetlashtirish tizimining vazifalari.
Byudjetlashtirish tizimining
vazifalari quyidagilardan iborat:
- faoliyatni byudjetlashtirish va byudjetlarni menejerlarga yetkazilishini
ta'minlash;
- korxonaning turli bo‗limlari faoliyatini muvofiqlashtirish va o‗zaro
hamkorligi uyg‗unligini ta'minlash;
- menejerlar faoliyati samaradorligini baholash va rag‗batlantirish hamda
ularni o‗qitish;
273
- faoliyat turlarini boshqarish va nazorat qilish.
2. Byudjetlar shakllantirilayotganda rioya qilinishi lozim bo„lgan
talablar.
Byudjetlar shakllantirilayotganda quyidagi talablarga rioya qilinishi
lozim:
- dastavval byudjetlar tuzish davri, ishlab chiqish muddati, tartibi, nazorat
tizimi va boshqalar aniqlab olinishi, ular batafsil hamda puxta o‗ylab chiqilgan
bo‗lishi kerak;
- byudjetlar tuzilayotganda yaxshi natijalarga erishishga yo‗naltiradigan va
bajarish mumkin bo‗lgan maqsadlar belgilanishi kerak (aks holda, tegishli
samaraga erishib bo‗lmaydi);
- shakllantirilayotgan byudjetlar imkon darajasida aniq bo‗lishi bilan birga,
ba'zi bir ko‗rsatkichlarni byudjetlarni bajarilishi davrida qayta ko‗rib chiqishga
to‗g‗ri kelishi mumkinligiga ham tayyor bo‗lish kerak;
- byudjetda faqat muhim va foydalanuvchilar ehtiyojini qon¬diradigan
ma'lumotlargina aks ettirilishi lozim;
- byudjetlar bajarilishi doimiy ravishda reja ko‗rsatkichlarni haqiqatdagisi
bilan taqqoslash orqali nazorat qilinishi va natijada byudjetlarga tegishli
o‗zgartirishlar kiritilishi kerak;
- barcha byudjetlar qat'iy ketma-ketlikda tuzilishi, ya'ni har bir byudjet
avvalgi byudjetda aks ettirilgan ma'lumotlarga asoslanishi va ularning mantiqiy
davomi bo‗lishi lozim.
3. Byudjetning tarkibiy tuzilmasi.
Paxta tozalash korxonalarida
byudjetlarni tuzish paxta xomashyosini tayyorlash byudjetini ishlab chiqishdan
boshlanadi. Ushbu byudjetda paxta xomashyosini tayyorlash (tayyorlov hajmi,
sifati, saqlash shartlari va boshqalar) va uning tannarxiga oid ma'lumotlar aks
ettiriladi. Ushbu byudjetning ko‗rsatkichlari O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta xomashyo tayyorlashning
prognoz hajmlaridan kelib chiqib tuziladi.
Yuqoridagi har ikkala byudjetlar asosida ishlab chiqarish byudjeti tuziladi.
Ushbu byudjetni boshqacha qilib, paxta xomashyosi, uskunalar unumdorligining
274
texnik normalarini o‗zlashtirish darajasi va ishlab chiqarishdagi boshqa tashkiliy-
texnikaviy omillar nazarda tutilgan byudjet davridagi tola ishlab chiqarish
topshirig‗i deb ham atash mumkin. Unda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning
nomenklaturasi va navlari, ularning miqdori va ishlab chiqarish davrlari
(muddatlari) hamda mahsulotning sifati yuzasidan beriladigan topshiriqlar batafsil
aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish byudjetini tuzish paxta balansini tuzishdan
boshlanadi. Balansda mo‗ljallangan hajmda tola va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta'minlaydigan paxta resurslari aniqlanadi.
Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun
bevosita mehnat, material va ustama xarajatlardan tashkil topadigan mahsulot
birligi tannarxini aniqlash lozim. Shuning uchun bosh byudjetni keyingi bosqichida
paxta xomashyosi ishlatilishi, bevosita yordamchi materiallar xarajatlari, ehtiyot
qismlar va bevosita mehnat xarajatlari byudjeti tuziladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta
xomashyo tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib sotish byudjeti
tuziladi.
Hozirgi kunda tarmoqda ehtiyot qismlari ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibida katta salmoqqa egaligi sababli paxta tozalash korxonalarida ―Ehtiyot
qismlar ishlatilishi byudjeti‖ni alohida tuzish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Bevosita mehnat xarajatlari byudjeti rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini
bajarish uchun kerakli ish vaqtini soatlarda aniqlaydi. Bunda mahsulot yoki xizmat
birligi miqdori bir birlikka to‗g‗ri keladigan mehnat xarajatlariga ko‗paytiriladi.
―Umumishlab
chiqarish
xarajatlari‖
byudjeti
ishlab
chiqarish
infratuzilmasini saqlash xarajatlari va u bilan bog‗liq to‗lovlarni aks ettiradi.
Doimiy xarajatlar byudjeti kelajakda faoliyatni yuritish uchun zarur bo‗lgan
joriy operasion xarajatlarning rejasini batafsil ifoda etadi.
Jarayonlarni rejalashtirish bilan moliyaviy rejalashtirish oralig‗ida
investision rejalashtirish amalga oshiriladi, ya'ni investisiya byudjetlari tuziladi.
275
Ushbu byudjet bosh byudjet tarkibiga kiradi va yangi texnika, texnologiyaga
uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalarni sarflash bo‗yicha reja vazifasini bajaradi.
Maxsus byudjetlar tarkibiga kiruvchi urug‗lik chigit tayyorlash sexi
byudjetida fermer xo‗jaliklariga yetkazilib beriladigan urug‗lik chigit miqdori
aniqlanadi.
Quritish-tozalash sexi tayyorlov maskanlari qoshida o‗zini o‗zi ta'minlash
tamoyili asosida tashkil etiladi. Shu sababli mazkur byudjetda ushbu sexning
xarajati va daromadlari aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda paxta tozalash korxonalarida soliq byudjetini
tuzish zaruratga aylanmoqda. Chunki soliq to‗lovlari mazkur korxonalar xarajatlari
tarkibida salmoqli ulushga egadir.
Soliq byudjetini bajarish orqali soliqlarni minimallashtirish va soliq
siyosatini samaraliligini oshirishga erishish mumkin.
Daromad va xarajatlar byudjetini asosiy vazifasi korxonani byudjet
davridagi moliyaviy natijasini ko‗rsatib berishdan iborat bo‗lib, kutilayotgan
rentabellik va zararsizlik nuqtasini hisoblash, muhim yo‗nalishlarni aniqlash
hamda boshqa vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pul mablag‗lari byudjeti korxonaga rejasini o‗z imkoniyati bilan solishtirish,
ya'ni mablag‗iga qarab faoliyat ko‗rsatish imkonini beradi va korxona hisob
siyosatiga bog‗liq bo‗lmaydi. Byudjet sikli uslubiy nuqtai nazardan juda murakkab
bo‗lgan va ko‗p maqsadli hujjat hisoblangan hamda korxonaning hisob siyosatiga
bog‗liq bo‗lgan prognoz balansini tuzish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |