“Navala” yoki “Navola”, Sirdaryo va Chirchiq vohalarida “qorabur”,
Xorazmda
“vard” yoki “navard”, Farg‘ona vodiysida esa “o‘lik” nomlari bilan yuritilgan.
Navardlar silindr shaklida asosan shox-shabba va qamishlardan yasalib
shoxqatlamlari orasi tosh, shag‘al va chimlar bilan tuldirilgan. Ko‘ndalangiga u uch
yoki to‘rt yeridan yulgun yoki qamish bog‘lar bilan mahkam siqib bog‘lagan.
Manbalarda keltirilgan tavsilotlar bo‘yicha navardlarning diameti 1-2 m, bo‘yi 6-8
m va undan ham uzunroq bo‘lgan. To‘g‘on qurishda navardlar ko‘pchilik kuchi bilan
dumalatib soxilga olib borilgan. So‘ngra ular birin-ketin daryoga tashlanib, oqim
bog‘lagan. Xasharchilarning soniga qarab navardlar 5, 10, 20, 30 kishilik bo‘lib,
og‘irlig 50-60 kg dan 2-3 tonnagacha borgan. Navardlarni yasash, ular vositasida
yirik daryo shoxoblarini bog‘lab va ularning hajmi to‘g‘risida XIX asrda yashagan
Xorazm Muarrixi Muhammad Yusuf Bayoniy qiziq bir voqeani xikoya qiladi.
Xonlikka bo‘ysinishdan bosh tortgan oraliklardan un olish uchun Xeva xoni
Muhammad Raxim ( 1806-1825 y ),Qo‘ng‘irot shaxrini suvsiz qoldirish maqsadida
Amudaryoning uchta
yirik tarmoqlari Chumonoy, Changlibosu va Tersokor
o‘zanlarini bog‘lash haqida amri farmon bergan. Sakkiz kun davomida kengligi 200
kari, chuqurligi 90 gazli Chumonoy, kengligi 180 kari, chuqurligi 60 gazli
Changibosu hamda kengligi 30 gaz, chuqurligi 6 karili tersokor o‘zanlari
bog‘langan. Daryo o‘zanlarini bog‘lashda shiddatli
oqimga qarshi tashlangan
navardlarning har birini bo‘yi 60 gaz diametri 20-30 gazga teng bo‘lgan.
XIX asr mobaynida Ok va Qora daryo suv ayirg‘ich to‘g‘oni doimo
Ziyovuddin begi boshchiligida tiklanar edi. Bu yerda yana shuni ta’kidlash o‘rinliki,
daryo soxillari bo‘ylab sug‘orish inshootlari joylashgan gildrouzellar qadimdan
strategik jihatidan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki harbiy yurishlar va
tashqi dushman xujumlari vaqtida ko‘pincha ulkaning asosiy sug‘orish inshootlari
buzib tashlanib, aholini suvsiz qoldirish bilan uni o‘ziga
buysundirishga harakat
qilingan. Masalan, xalifalikka qarshi Samarqandda ko‘tarlgan qo‘zg‘olonni bostirish
uchun 721 yilda Xuroson noibi Xuzayna Darg‘om kanalining bosh to‘g‘oni
joylashgan Varksarga yurish qiladi. Sug‘diylar to‘g‘on boshi qal’asini jangovorona
mudofaa etadilar. Xurosonning yana bir volisi Asad Ibn Abdullox ham sayd
Xuzayna taktikasini qaytaradi. 736 yilda u Varksarga kulga kiritib Dargom kanali
boshini bog‘lashga o‘rinib kuradi. Buning uchun xatto o‘zi tosh ham tashiydi. Biroq
bu safar ham chet ellik fotixlar Samarqandni suvsiz qoldirib, kuzgolonni bostirishni
uddasidan chiqa olmaydilar. Shuning uchun ham Varksar qadimdan mustahkam
istexkomga aylantirilib, doimo bu yerda kattagina harbiy kuch saqlangan.
Nasafiynmng yozishicha Varksarni to‘rt
ming suvoriy, un ikki ming piyoda
g‘oziylar muttasil qo‘riqlab turgan .O‘rta asrlarda Varksarda 40 ming aholi
yashagan. Samarqand hukmdorlar Varksar to‘g‘onini tiklash va uni muttasil nazorat
qilib turish vazifasini ularga yuklagan. Bu xizmatni bajargani uchun Varksarliklar
yillik dehqonchilik solig‘i xirojdan ozod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: