TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
63
maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek,
ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha
tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‗lgan
bolalarning maktabgacha ta‘lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va
reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Barcha mamlakatlarda hozirgi kunda inklyuziv ta‘lim tushunchasi
ommalashmoqda. Buning provardida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni
bo‗lgan bolalarni sog‗lom tengdoshlari bilan birgalikda ta‘lim olishi yotmoqda. Shu
sababli 2020-yil 13-oktabr kuni PQ-4860 sonli ,,Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‗lgan
bolalarga ta‘lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‘‘gi Prezident qarori imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq O‗zbekistonda
inklyuziv ta‘limning joriy holati va mavjud muammolari, inklyuziv ta‘lim tizimini
rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‗nalishlari, konsepsiyani amalga
oshirishdan kutilayotgan natijalar o‗z aksini topgan.
Inklyuziv ta‘lim tizimini rivojlantirishning maqsadi - ta‘lim olish uchun teng
imkoniyatni ta‘minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi
ta‘lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan
qat‘iy nazar ta‘limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratishdir. Inklyuziv ta‘lim jarayonida o‗quvchilarda o‗qishga sog‗lom, kuchli va
ta‘sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‗sishini mustaqil
rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish, inklyuziv
ta‘lim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish
kerak.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ta‘lim va tarbiya jaroyoniga bo‗lgan
e‘tibor so‗nggi yilar mobaynida yana ham kuchaygan. Shunga muvofiq qonunlar,
qarorlar, farmoyishlar qabul qilindi. Yosh avlodni ta‘lim-tarbiyalash, jismoniy va
ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan bolalarni tarbiyalash juda murakkab jarayondir.
Bunda defektologlardan yuksak mahorat, kuchli bilim, bolarga bo‗lgan muhabbat
sifatlari shakllangan bo‗lishi zarur.
Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib – intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga
bag‗ishlangan majlisdagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so‗zi
gazetasi. 2017-yil 16-yanvar, № 11
Do'stlaringiz bilan baham: |