TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
62
boshlang‗ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‗lom va rivojlangan shaxs bo‗lib
shakllanishini ta‘minlab, o‗qishga bo‗lgan ishtiyoqini uyg‗otib, tizimli o‗qitishga
tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‗lgan maktabgacha ta‘lim davlat va nodavlat
bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda yosh avlodga ta‘lim-tarbiya ishini erta boshlash maqsadida
2017-yil 30-sentabrda PF-5198-sonli farmoni ijrosini ta‘minlash maqsdida
―O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‗g‗risida‖ PQ-3305 O‗zbekiston Respublikasining Qarori qabul qilindi . Bu qarorga
binon Respublikamizda yangi vazirlik ―Maktabgacha ta‘lim vazirligi‖ tashkil topdi.
Vazirlik tuzilmasiga Qoraqalpog‗iston Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar
maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari
hamda ularning shahar va tuman bo‗limlari kiritildi. Farmonda qayd etilishicha,
so‗nggi 20 yil davomida O‗zbekistonda davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari soni
45 foizdan ziyodroqqa kamaydi, bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish esa
bor-yo‗g‗i 30 foizga yaqinroqni tashkil etgan.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi talablarga javob
bermaydi, deyiladi farmonda. Amaldagi tizimda bolalarni maktabga tayyorlash
bo‗yicha ishonchli ta‘lim modellari, ularni ijtimoiy, hissiy, nutqiy, matematik,
jismoniy va ijodiy rivojlantirishni ko‗zda tutuvchi rivojlangan davlatlar tajribalariga
asoslangan davlat dasturlari mavjud emas. Davlat MTMLarida aksariyat pedagogik
kadrlar o‗rta maxsus ma‘lumotga ega bo‗lib, bu bolalarni maktab ta‘limini
tayyorlashni yetarli darajada ta‘minlanmasligiga olib kelmoqda. Yangi vazirlikning
asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab
olish, mamlakatda o‗zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‗ini
yaratish, amaliyotga maktabgacha ta‘lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil
shakllarini joriy etishdan iborat.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Maktabgacha ta‘lim tizimini
boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2018-yil 30-sentabrdagi
PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish, sog‗lom, faol, to‗laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini
shakllantirish, o‗sishida turli nuqsonlari bo‗lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya
qilish va sog‗lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‗qitish, tarbiyalash va integratsiya
qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida 2019-yil 13-mayda Vazirlar
Mahkamasining ,,Maktabgacha ta‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risda‘‘ qarori tasdiqlandi[4].
Ushbu qarorga muvofiq ―Ko‗p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha
ta‘lim tashkilotlari va qo‗shma tipdagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlari to‗g‗risida‖
nizom ishlab chiqldi. Ushbu Nizom ko‗p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha
ta‘lim tashkilotlarining qo‗shma tipdagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |