TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
115
bugungi kundagi ta‘lim tizimining islohoti davrida muhim vazifalardan biri ekanligi
tavsiflangan. Ta‘lim jarayonida har bir o‗quvchining individual xususiyatlarini ochish
zamonaviy ta‘lim muassasalarida shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim pedagogikasini tatbiq
etish imkoniyatini berishi, umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida o‗tkazilayotgan
monitoring mazmuni haqida fikr bayon etilgan.
Shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish ta‘lim nazariyasi va
amaliyoti bo‗yicha hamdo‗stlik va xorijiy mamlakatlar olimlarining tadqiqot ishlarini
tahlil qilar ekanmiz, bo‗lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-
metodik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari, zamonaviy pedagog o‗qituvchiga
qo‗yilgan talablar va ta‘lim jarayoni sifatini takomillashtirish bo‗yicha bir qancha
ilmiy izlanishlar olib borilganiga guvoh bo‗ldik.
O‗z-o‗zini tashkil etishning konseptual hamda g‗oyaviy asoslari, shaxsning
quvvatlari yordamida o‗z faoliyatini tashkil etish imkoniyatini tan olishga
ko‗maklashishi, bunda u o‗zining ichki imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga erisha
olishi Gataulina Olga Iosifovnaning ―Педагогическиэ условия эффективного
сотрудничества учителя и учашихся в процессе развиваюшего обучения в
началғной школе‖ (Moskva, 2018) mavzusidagi dissertatsiyasida o‗z ifodasini
topgan.
Shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish ta‘lim nazariyasi va
amaliyoti bo‗yicha hamdo‗stlik va horijiy mamlakatlar olimlarining tadqiqot ishlarini
tahlil qilar ekanmiz, bo‗lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-
metodik asoslari, pedagogik shart-sharoitlari, zamonaviy pedagog o‗qituvchiga
qo‗yilgan talablar va ta‘lim jarayoni sifatini takomillashtirish bo‗yicha bir qancha
ilmiy izlanishlar olib borilganiga guvoh bo‗ldik.
Boshlang‗ich ta‘lim tizimida rahbar xodimlarning faoliyatini baholash, ta‘lim
sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlarni tahlil
qiladi va boshlang‗ich tarbiya tashkilotlarida ta‘limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining
ichki baholash mexanizmlarini takomillashtirish borasida ilmiy g‗oyalarni ilgari
suradi[4].
Mualliflar mazkur yondashuv va texnologiyalar tahsil oluvchilarni axloqan va
ma‘nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishga xizmat qilishini
ta‘kidlashadi.
Tadqiqot mavzusi doirasidagi ilmiy ishlanmalar, dissertatsiyalar va
monografiyalarni tahlil qilish natijasida quyidagi fikrlarni e‘tirof etish mumkin: ta‘lim
jarayoni o‗quvchi shaxsiga yo‗naltirilganligidan kelib chiqib, boshlang‗ich sinf
o‗quvchilarining ta‘lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik
tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi,- deb.
Olib borilgan ilmiy tahlillar boshlang‗ich ta‘limda quyidagi muammolar
borligini ko‗rsatdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |