TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
114
fevraldagi 2017-2021-yillarga mo‗ljallangan ―O‗zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi[1], PF-4947-son, 2018-
yil 25-yanvardagi ―Umumiy o‗rta, o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5313-son, 2020-yil 6 noyabrdagi
―O‗zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-6108-son farmonlari, 2020-yil 6-
noyabrdagi ―Ta‘lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‗shimcha
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-4884-son, 2020-yil 6-oktyabrdagi ―Axborot
texnologiyalari sohasida ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-4851-son qarorlarida ifoda etilgan ta‘lim jarayonida, shu jumladan,
boshlang‗ich ta‘lim jarayonida insonparvarlik omilini ta‘minlaydigan ―shaxs
manfaatlari va ta‘lim ustuvorligi‖ g‗oyalarining muhim ahamiyati ko‗rsatib berilgan.
O‗zbekistonda shaxs manfaatlari va ta‘lim ustuvorligi mamlakatimizning ravnaqiga
ravnaq qo‗shuvchi davlat siyosati darajasidagi masaladir.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi uzluksiz
ta‘lim tizimi har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirish uchun barcha shart-
sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta‘lim deganda – o‗quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish maqsadida
har bir ta‘lim bosqichida pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlarining o‗zaro
muvofiqligi, istiqbolga yo‗naltirilganligi tushuniladi[2].
2020-yil 23-sentyabrda O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi
637-sonli Qonunining qabul qilishini mavzuning dolzarbligini belgilaydi[3].
Boshlang‗ich ta‘limdagi
pedagogik jarayon – ma‘lum bir maqsadga
yo‗naltirilgan, pedagogik faoliyat ta‘sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan
boyitilgan tizimdir.
Bu tizimni boshqarishda va uning sifatini yuqori pog‗onaga yuksaltirishda
yangi yo‗llarni topish, ta‘lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni
ma‘naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi
chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‗ich ta‘lim didaktik jarayonlarida o‗quvchining rivojlanishini
ta‘minlovchi shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirishda Milliy
dasturlarni tahlil qilish, ularning sifatini oshirish, shu asosda o‗quvchining bilim,
ko‗nikma va malakasini rivojlantirish, ularning kompetentligini muntazam rivojlantirish,
ularning aqliy, jismoniy, ma‘naviy, estetik rivojlanishlarini ta‘minlash zarurdir.
Tadqiqot doirasida sohaga oid me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, adabiyotlar, ilmiy
tadqiqot ishlari tahlil etildi.
Boshlang‗ich ta‘lim o‗qituvchilarining kasbiy pedagogik sifatlarini
rivojlantirishda shaxsga yo‗naltirilgan ta‘limning ilmiy-metodik asosida ta‘lim berish
Do'stlaringiz bilan baham: |