37
Oʻzbekistonda MITning rivojlanish bosqichlari
1-bosqich (2012-2015 yy.). Mazkur bosqichning asosiy maqsadi – MIT
anhanaviy va yangi segmentlarini, innovatsion faoliyat institutlari va
mexanizmlarini birlashtirgan holda institutsional asosni mujassamlashtirish,
alohida tizimlarda tuzish bilan ularga bir butun tizimli tavsif berish.
Mazkur bosqichda ilgʻor xorijiy texnologiyalarni qarz olishga
yoʻnaltirilish zarur boʻlib, ular iqtisodiyotni koʻlamli
modernizatsiyalash va
qayta jihozlashni ta’minlashlari zarur. Yirik korxonalar, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning amal qilish samaradorligini oshirish uchun
texnologiyalarni ommaviy qarz olish bu jarayonni faollashtirish uchun
javobgar boʻlgan Milliy innovatsion tizim unsurlarini shakllantirish pirovard
oqibatda ularning raqobatbardoshligini oshirishni tahminlaydi.
Ishlab
chiqarishning ilgʻor usullarini joriy etish ilmiy tadqiqotlar ishlariga katta
miqdorda investitsiyalar talab qiladi. CHunki qarz olingan texnologiyalar
odatda yetarli ishlashga va retsipientning texnik va institutsional muhitiga
moslashishga muhtoj. Iqtisodiyot qanchalik koʻp rivojlangan boʻlsa,
shunchalik ilgʻor texnologiyalarni u qarz oladi
2-bosqich (2016-2020 yy.). Oʻzbekiston
MIT samarali amal qilishini
ta’minlash va moslashtirish asosida dunyo global innovatsion tizimining
uzviy qismi boʻlishi zarur. Bu kuchli raqobatbardosh texnologik platformalar
va klasterlar yadrosini shakllantiradigan tizimli innovatsion loyihalarni
amalga oshirishga; davlat xarajatlari salmogʻini kamaytirish va koʻproq
ragʻbatlantirish
bilvosita
vositalaridan
foydalanadigan
xususiy
investitsiyalarning oʻsishi; cheklangan miqdordagi loyihalarga resurslarni
jamlash; risklarni taqsimlash asosida
innovatsion sohada xalqaro
kooperatsiyani rivojlantirishga qaratilgan.
Istiqbolda ilm-fan va ilmiy xizmat koʻrsatish hamda mamlakat
innovatsion tizimining jadal rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiyot real
sektorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlatning maqsadli faol siyosatini
ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda.
Xalqaro talablarga mos yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish
va innovatsion faollikni oshirish milliy
iqtisodiyotning innovatsion
rivojlanish strategiyasining yangi ustuvor yoʻnalishlarini belgilash uchun
shart-sharoit yaratadi. Mavjud iqtisodiy oʻsish salohiyati va zahiralaridan
kelib chiqib, yuqori texnologiyali tarmoqlar mahsulotlari ulushini 2010
38
yildagi 11,3% dan 2018 yilda 15% va 2020 yilda 31% gacha yetkazish
prognoz qilingan, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish salmogʻi esa
yillar boʻyicha mos ravishda, 2,9% dan 15% va 22% gacha oʻsadi.
Bu koʻrsatkichlarga erishish uchun katta investitsiya
resurslari talab
qilinadi. Ilmiy-texnik ishlarga xarajatlar 2018 yilda 2010 yilga nisbatan
YaIMga nisbatan 1% gacha yoki 0,8 f.p.ga oʻsishi zarur. Ushbu koʻrsatkich
2020 yilga borib innovatsion rivojlangan mamlakatlar koʻrsatkichiga
yaqinlashgan holda YaIMning 3%iga yetishi mumkin. ITTKIga xarajatlarni
oshirishda aksariyat qismi “ilm-fan-ishlab chiqarish” aloqasini kengaytirish
orqali ilgʻor ilmiy-texnik ishlanmalarga qoʻyilmalarning ilgarilab oʻsishi
hisobidan iqtisodiyot nodavlat sektori kiritishi kerak. Korxonalar va
tashkilotlar tomonidan innovatsiyalarga sarflanayotgan
xarajatlar ulushi
0,4% dan 2018 yilda 2,8% gacha va 2020 yilga borib esa 5% gacha
oshirilishi prognoz qilingan.
Mamlakat innovatsion rivojlanishining uzoq va oʻrta muddatli
maqsadlariga erishishni quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirish koʻzda
tutiladi:
1. Byudjet mablagʻlarini asosiy yoʻnalishlarda ITTKIni moliyalashtirishga
jamlash, bu fundamental bilimlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
va “inson kapitali”ning sifat darajasini oshirishni anglatadi.
Kuchlarni
ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, jumladan, olinayotgan natijalar
kapitallashgan qismi salmogʻini oshirish uchun ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha
amaliy ishlanmalarni bozor mahsulotiga aylantirishni ta’minlaydigan
innovatsion infratuzilmani yaratishga jamlash zarur.
2. Davlat-xususiy sherikligi mexanizmidan foydalanish. Amaliy ishlanmalar
va innovatsion infratuzilmani yaratishni davlat ishtirokida amalga oshirish
zarur, texnologik modernizatsiya esa koʻproq biznesning oʻzi tomonidan
amalga oshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: