2.71. Elektr zanjiri elementi –
Элемент электрической цепи –
Element of the electrical circuit- elektr zanjiri tarkibiga kiruvchi va unda
ma’lum bir funksiyani bajaruvchi qurilma.
2.72. Elektr zanjiri elementining parametri –
Параметр электрической цепи [элемента электрической цепи] –
Setting the circuit [electric element chain ] - elektr zanjiri (yoki uning elementi) biron
bir xossasini sifat va son jihatdan tavsiflovchi kattalik .
2.73. Elektr zanjiri grafi –
Граф электрической цепи –
Electrical circuit count –elektr zanjirining grafik tasviri bo‘lib, unda zanjir
shoxobchasi graf shoxobchasi deb ataluvchi kesma bilan, uning tuguni esa
graf tuguni deb ataluvchi nuqta bilan tasvirlanadi.
2.74. Elektr zanjiri grafi bosh konturi –
Главный контур графа электрической цепи –
Main electric circuit count –faqat graf
bog‘lanishini o‘z ichiga olgan elektr zanjiri grafi konturi.
2.75. Elektr zanjiri grafi bog‘lanishi –
Связь графа электрической цепи –
Us Count the circuit –graf daraxtiga taalluqli bo‘lmagan elektr
zanjiri grafi shoxobchasi.
2.76. Elektr zanjiri grafi daraxti –
Дерево графа электрической цепи –
Tree graph of electrical circuit –elektr zanjiri grafi barcha
tugunlarini kontur hosil qilmasdan ulovchi istalgan shoxobchalar to‘plami.
2.77. Elektr zanjiri grafi daraxti to‘ldiruvchisi –
Дополнение дерева графа электрической цепи –
Addition, the electrical circuit of the graph tree –elektr zanjiri grafining barcha bog‘lanishlari.