149
inshoatni elektrokorroziyadan yemirilishini oldini oladi. D.h.da inshoot
atrofidagi yer potensiali inshoat potensialidan yuqori bo‘lganligi sababli tok
yerdan inshoatga qarab oqadi. Katodli qutblanish deb ataluvchi bu effekt
yerdagi korroziyadan ham himoyani ta’minlaydi. D.h. faqat o‘zgarmas tok
elektrlashgan t.y. uchastkalarida qo‘llaniladi. Quyidagi
elektodrenaj turlari
mavjud: bevosita, qutblangan, reversiv va kuchaytirilgan. Bevosita
elektodrenaj ikki tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega (5.8-rasmga qarang!),
uning zanjirida rostlanuvchi rezistor va o‘ta yuklanishdan himoyalovchi
element mavjud. Qutblangan elektrodrenaj t.y.ning
elektr harakat tarkibida
rekuperativ tormozlash amalga oshirilayotgan uchastkalarida hamda tortish
tarmog‘ida parallel ishlayotgan tortuvchi nimstansiyalar kuchlanishlari bir-
biridan ancha farq qilganda, y’ani kontakt tarmog‘i potensiali musbat ishorali
bo‘lganda ham anodli zona sezilarli darajada siljigan holatlarda qo‘llaniladi.
Zanjirga qo‘shimcha ravishda qutblangan element – tokni bitta yo‘nalishda -
inshoatdan relslar tomon o‘tishini ta’minlaydigan - ventil kiritiladi, ya’ni
elektrodrenaj faqat anod zonasida bo‘lganda ishlaydi. Reversiv elektrodrenaj
inshoat himoya potensialining talab qilingan diapazoniga qarab drenaj
zanjirining ishorasini o‘zgartiradi.
5.8-rasm. Drenajli himoya prinsipial sxemasi:
1 –
tortish rels zanjiri; 2 –
elektrodrenaj qurilmasi; 3 - o‘ta yuklanishdan himoyalash elementi; 4 – elektrodrenaj
tokini rostlash elementi; 5 –qutblangan element; 6 – himoyalanayotgan yer osti inshooti.
Kuchaytirilgan elektrodrenaj, odatda –
tarkibida doimiy tok manbai
bo‘lgan qutblangan elektrodrenaj bo‘lib, drenaj-katodli himoyaning bir
ko‘rinishi hisoblanadi. D.h.ning bu turi yer osti inshootlari ko‘p va rels
tarmog‘i keng bo‘lgan elektrlashgan t.y. uchastkalarida qutblangan
elektrodrenaj inshoat ishonchli himoyasini ta’minlay olmagan holatlarda
qo‘llaniladi. Kuchaytirilgan elektrodrenaj zanjiri tarkibiga ko‘prik sxemasida
150
yig‘ilgan va alohida o‘zgaruvchan tok manbaidan ta’minlanadigan bir
fazali
to‘g‘rilagich kiritiladi. Kuchaytirilgan elektrodrenaj konturiga to‘g‘rilagich
EyuKini kiritilishi inshoat potensialini pasaytiradi va korroziyadan
himoyalanish imkoniyatini oshiradi. Drenaj tokini qo‘lda yoki avtomatik
rostlash mumkin. Elektrodrenaj qurilmasini avtoblokirovkaning ikkita tolali
rels zanjirlarida yo‘l yoki qo‘shimcha drossel-transformatorlar o‘rta
chiqishlariga, bitta tolali rels zanjirlarida (yoki rels zanjirisiz) esa tortish
relsiga ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: