33
8.12. Notortuvchi t.y. iste’molchilari…………………………………… 393
8.13. Signalizatsiya, markazlash va blokirovka(SMB)
yuqori
kuchlanishli liniyasi simlarini transpozitsiyalash…….…………..
393
8.14. “Sim – relslar” tizimining elektr uzatish liniyasi…………………. 394
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………...
419
34
Temir yo‘llar – mamlakatimiz
iqtisodiyotining qon tomirlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
PrezidentiIslom Karimov
KIRISH
1879 yilda Germaniyaning Berlin shahrida “Simens va Xalske” firmasi
uzunligi 300 m bo‘lgan elektrlashgan temir yo‘l bo‘ylab elektrovoz
harakatini namoyish etdi. Ushbu kun rasmiy
ravishda elektr tortishning
dunyoga kelish kuni hisoblanadi.
Harakatlanuvchi tarkibni elektr energiyasi yordamida tortish (elektr
tortish) avtonom (elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorlari
lokomotiv-teplovozda joylashgan) tortishga nisbatan quyidagi afzalliklarga
ega: 1) elektr energiyasini yirik elektr stansiyalarida
markazlashgan tizimda
ishlab chiqarish uning tannarxini kamaytirish va elektrotexnik qurilmalar
foydali ish koeffitsiyentini oshirish imkonini beradi. Yuk tashish tannarxi
elektr tortishda avtonom (teplovoz yordamida) tortishga nisbatan 1,5-2 marta
past; 2) elektr tortishda rekuperatsiya (elektr transportining
elektr tormoz
rejimida elektr energiyasini manbaga qaytarish) imkoniyati mavjud; 3) elektr
tortishda katta quvvatdan foydalanish imkoniyati mavjud. Bu imkoniyat o‘ta
og‘ir yukli harakat tarkiblarni nisbatan yuqori tezliklarda tortish imkoniyatini
yaratadi; 4) elektrovozlarda generatorlar va ularning ishlashi uchun zarur
bo‘ladigan boshqa qurilmalar bo‘lmasligi bois narxi nisbatan arzon hamda
ishlash ishonchliligi nisbatan yuqori. Elektrovozlarda
shikastlanishlar soni
teplovozlardagiga nisbatan 3-4 barobar kam; 5) elektrovozlarda yuqori
harorat ostida ishlovchi qismlar mavjud emasligi bois ulardan foydalanishga
va ta’mirlashga nisbatan kamroq xarajat sarf etiladi.
Elektrovozlarni
ta’mirlash-foydalanishga teplovozlarga nisbatan 2-2,5 barobar kam mablag‘
sarflanadi; 6) elektrovozlar ekologik jihatdan teplovozlarga nisbatan toza
transport vositasi hisoblanadi. Chunki, teplovozlarda yonilg‘i yonishda hosil
bo‘ladigan zaharli gazlarni tutib qoladigan uskunalarni kerakli darajada
o‘rnatish imkoniyati cheklangan.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida temir yo‘llarning umumiy uzunligi 1
mln kmga yaqin bo‘lib, ularning atigi 25 % i elektrlashgan bo‘lsa-da, undagi
yuk tashish hajmi umumiy yuk tashishning taxminan 50 % ini tashkil etadi.
35
Bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi temir yo‘l liniyalarining
umumiy uzunligi 6500 km ni tashkil etib, uning 2400 km ga
yaqinielektrlashtirilgan. Uzunligi 344 km bo‘lgan “Toshkent - Maroqand”
temir yo‘l liniyasi rekonstruksiya qilindi va elektrlashtirildi hamda 2011 yil 1
sentabrdan boshlab mamlakatimiz hayotida muhim voqea - 250 km/soat
gacha tezlik bilan harakatlanadigan yuqori tezlikli “Afrosiyob” yo‘lovchi
tashuvchi elekt poezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda yo‘lovchilar
“Toshkent - Samarqand” oralig‘idagimasofani 2 soat-u 10
minutda bosib
o‘tmoqda.
Uzunliklari mos ravishda 140 km va 247 km bo‘lgan “Maroqand -
Qarshi“ va “Maroqand - Buxoro“ temir yo‘l uchastkalarii elektrlashtirilib,
2015 yil 1 sentabrdan yuqori tezlikli yo‘lovchi tashuvchi elektr poezdlari
“Toshkent - Samarqand - Qarshi” va “Toshkent - Samarqand - Buxoro”
yo‘nalishlarida qatnay boshladi. 325 km uzunlikdagi “Qarshi - Termiz” temir
yo‘l uchastkasini elektrlashtirish amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz
markazini uning sharqiy qismida joylashgan Farg‘ona vodiysi bilan
bog‘laydigan uzunligi 123 km (shundan 19,1 km tonneldan iborat) bo‘lgan
yangi elektrlashgan temir yo‘l uchastkasini qurish ishlari jadal suratlarda olib
borilmoqda. Bundan tashqari, “Buxoro – Miskin” temir yo‘l
uchastkasi
(uzunligi 380 km)ni elektrlashtirish va “Navoiy - Uchquduq - Sulton
Uvaystog‘ - Nukus” (uzunligi 342 km) yangi elektrlashgan temir yo‘l
uchastkasini qurish bo‘yicha loyihalash ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: