Axborotlashgan jamiyat tushunchasi
Reja
1.Axborotlashgan jamiyat tushunchasi xaqida
2.Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosb
o’tgan yo’li
3.Zamonaviy jamiyatning axborot resurslari
●
Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosgan yo’li
Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni
yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida
“Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.
Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga
uzatish
imkonini berdi.O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga
erishganligi ma’lum
. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada
piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq.Bu hodisa
axborotlarni caqlabgina
qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga
kirdi.Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib,
umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.
Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf , telefon va radio
ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi
“globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti
tezkor va ishonchli aloqa
vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
To’rtinchi information inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo
bo’lishi bilan bog’liq.Shuni ta’kidlab o’tish lozimki
, axborot revolyutsiyasiga ХХ asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo
bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash
tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan
to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi.
●
Zamonaviy jamiyatning axborot resurslari
Axborot iste’molchilari –
jismoniy shaxslar, tashkilotlar, [ukumat organlari va hokazo.
Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan,
kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi
adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat
kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha
ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan
ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes
sohasidagi
axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala
bo’yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari,
Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi.
Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini
belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o’tadi.
Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib
gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari
va xizmatlari bozorida AQSh,
Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Evropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi.