II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
42
Matematika bizni ishimizni yengillashtiradi, qayta-qayta sanashlardan xalos etadi. Oddiy
misol: << sotuvchi do’konga 28 bog’lam badiiy kitob va 35 bog’lam ertak kitob olib keldi.
Badiiy kitoblarning har bir bog’lamida 5 tadan kitob bor. Ertak kitoblarning har bir bog’lamida
esa 8 tadan kitob bor. Badiiy kitob donasi 10000 so’mdan, ertak kitoblarning bittasi esa 2000
so’mdan. Endi sotuvchi kitoblar uchun qancha haq to’lashi kerak?>> . Bu yerda matematikani
o’rnini ko’rib chiqamiz: <> Agar sotuvchi matematikadan xabari bo’lmasa kelib chiqgan
summaga aldanib qolishi hech gap emas.
So’zimni boshida matematika aqlni o’stirishini ta’kidlab o’tdim. Bu gapni ko‘p yillik
tajribamdan kelib chiqib aytdim. Matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi bilan qoloq
o’quvchining fikrlashi o’rtasida katta farq bo’lar ekan. Hattoki matematikadan yaxshi bilgan
o’quvchi boshqa fanlardan qiynalmasdan o’zlashtirishini guvohi bo’lganman.
Ko‘p qadamda yechiladigan masalalar bilan mashq qilish, teoremalarning o‘nlab
mulohazalar orqali isbotlash jarayonida o‘quvchilarda tahliliy (analitik) tafakkur ham
rivojlanadi.
O'YIN TEXNOLOGIYASI - INGLIZ TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNING
OG'ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM VOSITA
Achilova Go'zal Xudoyberdiyevna
Buxoro shahar 22-IDUM ingliz tili fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida ingliz tili darslari
jarayonida o'quvchilarning nutq ko'nikmalarini shakllanishi va rivojlanishda o'yin
texnologiyasidan foydalanish va ularning ahamiyati to'g'risida fikrlar bayon etilgan.
Tayanch iboralar: Og'zaki nutq, o'yin texnologiyasi, rolli o'yinlar, metod, leksik o'yinlar,
grammatik o'yinlar, fonetik o'yinlar, orfografik o'yinlar.
Dars jarayonlarida o'quvchilarning og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirishda o'yin
texnologiysidan foydalanish his - hayajonni, diqqatni, imkoniyatni oshiradi va o'quvchini
bilimli, kuchli, tezkor bo'lishini talab qiladi. Metodika o'yinni vaziyatli mashq deb talqin qiladi.
O'yin quyidagi metodik vazifalarni hal qilishga yordam beradi:
1.O'quvchilarning nutqini rivojlantirish uchun psixologik tayyorgarligini tashkil qiladi.
2.O'quvchilarga til materiallarini, nutq namunalarini ko'proq qaytarib qo'llashga tabiiy
vaziyat, holat vujudga keltiradi.
3.O'quvchilar sharoitga, vaziyatga qarab mustaqil tayyorlanmagan nutq qilishga
o'rganadilar.
Til materiallarini amalda qo'llashni, tinglab tushunishni, gapirishni, o'qishni o'rgatishda,
rivojlantirishda turli xil o'yin turlaridan foydalaniladi.Til materiallarini qo'llashni faollashtirish
malakalari uchun leksik, gramatik, fonetik va orfografik o'yin turlari qo'llaniladi. Yana ijodiy
o'yin, mazmunli o'yin, taqlid qilish o'yin turlari bor.
Leksik o'yinlar:
1.O'qituvchi stol ustiga predmetlarlarni qo'yib, inglizcha aytadi va kim tez ola olsa, shu
yutadi.
2.Bir o'quvchi bitta so'zni o'ylaydi, qolganlar "Is this a pen? Is this a book?", deb so'raydi,
o'quvchilar topa olmasa" No, it is not", topishsa "Yes, it is" deb javob beradi. Shu o'yinni aksini
qilib o'ynash mumkin. O'quvchilar bitta so'z o'ylaydi, bir o'quvchi "Is this a pen? Is this a
pensil?", deb so'raydi. O'quvchi esa "Yes it is" yoki "No it is not", deb javob beradi. O'yin
o'ylangan so'zni topilishi bilan tugaydi.
Grammatik o'yinlar muhim zarur Grammatik tuzilmalarni qo'llashni o'rgatish,
rivojlantirish uchun o'tkaziladi. Bunday o'yinlarga ko'pincha " to be, to have, may, must, can
fe'llari, there is there are" iboralari olinadi. O'yinlar ko'pincha musobaqa tarzida o'tadi, ularda
boshlovchi va boshqaruvchilar bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |