II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
250
Birinchidan, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’uliyatni, faollikni va eng
asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi.
Ikkinchidan, har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgilangan maqsadni aniq qo‘ya
bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchil-ligi va
tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shakli-ning
mukammalligi, qiziqarliligi o‘quvchilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o‘rga-niladigan
qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy
qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.
To‘rtinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o‘z
kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko‘ra
bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik bel-gilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-mu-
lohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning
fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning mustaqil ishlaridan keng
foydalanish zarur.
Oltinchidan, o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo‘lishi
barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini
unutmaslik kerak.
Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi faoliyatining muhim mikroelementlari nostan-dart
yechimlardan iborat, garchi o‘qituvchi faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarash da bir-biriga
o‘xshash ko‘rinsa-da, o‘qituvchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-ha-rakati mutlaqo noyob
va betakrordir. O‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tahlil qi-linganda, mukammal shaklga
ega bo‘lgan tizimlardan iborat ekanligini ko‘ramiz:
– o‘qituvchining sinfda o‘quvchilar jamoasi bilan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qa-
ratilgan ijodiy tayyorgarligi;
– o‘quvchilar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.
Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi faoliyati bir nechta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
– o‘qituvchining o‘quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijodkorligi;
– ular bilan o‘zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;
– o‘quvchiga bevosita ta’sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi;
– o‘z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o‘zini o‘zi bilgan holda bir marom-da olib
borish) ijodkorlik;
– o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish jarayonida ijodkorlik. Yangilik
kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. O‘qi-
tuvchi o‘z nuqtayi nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari
orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy
madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.
Shuningdek, o‘qituvchining madaniyat va muloqotga tayyorligi ham zarur talablar-dan
sanaladi. Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, naza0
riyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va
targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchi-tarbiyachi shaxsiy va kasbiy sifat-larining
yig‘indisi bo‘lib, o‘qituvchi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pe-dagogik-
psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni
shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:
– ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti daraja-sida
mukammal bilishi;
– uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega
bo‘lishi;
– pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egal-lashi;
Do'stlaringiz bilan baham: |