Tarbiya: muammo, yechim


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet173/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
Qodirov E. V va boshqalar.Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., « 
O‘zbekiston», 2018-y. 
Tursunov X. T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. 2017-y. 
BOLA PSIXOLOGIYASIDA MUSIQIY TAʼLIMNING OʻRNI 
Axmedova Shohista Haydarovna
Buxoro tuman 28- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ta‘lim yo‘nalishidagi
 
islohotlar, o‘zgarishlar juda ko‘plab imkoniyatlar va rivojlanishlarga olib kelmoqda, shuningdek, 
musiqiy ta‘limning ahamiyati oshib bormoqda. Mazkur maqolada bolalar psixologiyasida 
musqianing o‘rni xususida so‘z boradi.


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
166 
Kalit so‟zlar: 
musiqa, bolalar, psixologiya, musiqiy ta‘lim. 
Respublikamiz taraqqiyoti va oʻzgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarni har tomonlama 
kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni maʼnaviy baquvvat, bilimli, oʻz mustaqil 
vatanimizdan faxrlanish tuygʻusiga boy kishilarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb mavzusi 
hisoblanadi. Bu esa taʼlim tarbiya oldidagi murakkab, keng koʻlamli muammolardan biridir. Shu 
sababli ham bejizga yurtboshimiz tomonidan taʼlim jarayonida olib borilayotgan saʼy-harakatlar 
yoshlar kelajagi bilan bogʻliqdir. 
Yoshlarni maʼnaviy va axloqiy tarbiyalashda qoʻshiq sanʼatidan foydalanish oʻquvchilarda 
nafosat tuygʻularini har tomonlama shakllantirishda va oliyjanob fazilatlarni kamol toptirishda 
muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Qoʻshiq kuylash va tinglash nafosat tarbiyasining bitmas-
tuganmas manbaidir, chunki u inson yuragi va aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Darhaqiqat, 
mamlakatimizda yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafosat tarbiyasining asosiy 
masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab 
qirralaridan biri boʻlib, u oʻquvchilarni bilim va yetuk malakalarga ega boʻlishlarini taʼminlaydi. 
Xususan, yuqorida koʻrsatib taʼkidlab oʻtilgan koʻrsatmalarga amal qilishlik, nafaqat darsning 
samarasini, balki oʻquvchining dars olish darajasini oshiradi. Qachonki pedagog dars oʻtish 
jarayonida fanlararo bogʻliqlik holatida musiqa madaniyati ham chetlab oʻtmasa. Bu asosan 
boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun juda katta ahamiyatga ega. Xususan, darsni samarali va 
mazmunli tashkil etishda musiqani siyosiy daqiqalarda, dam olish daqiqalarida, mavzuga doir 
videoroliklarda, lirik chekinish holatlarida, musiqa, tasviriy sanʼat, shuningdek, texnologiya 
darslarida qoʻllashlik oʻquvchini ruhlantiradi, nutqini oʻstiradi, mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash 
qobiliyatini shakllantiradi. Bu esa oʻz navbatida dars samaradorligini yanada oshiradi. 
Maktabda musiqa ta‘lim-tarbiyasi inson ma‘naviyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Zero, u eng avvalo musiqiy madaniyatlilik darajasini shakllantirishi bilan ahamiyatli. Madaniyat-
ma‘naviyat ko‘rsatgichi sifatida keng qamrovli tushuncha bo‘lib, bahs-munozaraga mavzu 
bo‘ladigan muammolardan biridir. Musiqa madaniyatini to‘gri yo‘lga ko‘yilishi tufayli insonda 
muayyan musiqiy bilim, tushuncha, malaka va ko‘nikmalar shakllanib, ular o‘z navbatida 
shaxsning musiqiy – ma‘naviy dunyoqarashini tarkib toptiradi. Shaxsning musiqa madaniyati- 
qobiliyat, bilim, malaka, ko‘nikma, musiqiy asarlarini baholay olish singari sifatlar majmuida 
namoyon bo‘ladi, ma‘naviy yuksalish omili bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, tarbiyaning ushbu turini 
tarkib toptirishning eng avvalo oiladan boshlamoq maqsadga muvofiqdir. Keyinchalik bu jarayon 
o‘rta maktab, o‘quv-tarbiyaning o‘rta maxsus va oliy bosqichlarida takomillashtirib boriladi. 
Albatta, maktabda musiqani o‘qitish metodikasi fani musiqiy madaniyatni tarkib toptirishda 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur kurs bolalar bilan musiqiy ishlar sohasida o‘ziga xos tarixiy 
ahamiyatga ega ekanligini ham bildiradi. Shu narsa aniqki, mustahkam ilmiy asosga ega, keng 
amaliyotga qo‘llanib, sinab ko‘rilgan va shu bilan birgalikda doimo takomillashib boradigan 
metodikagina samarali hisoblanadi. Demak, musiqani o‘qitish metodikasi tor amaliy masalalarni 
yoritishga qaratilgan u yoki bu aniq o‘quv vazifalarni ifodalash bo‘yicha tavsiyalarni belgilash 
bilan chegaralanmaydi. 
Bugungi kunda musiqa fanining yangi sohasi- funktsional musiqa orqali musiqaning kishi 
psixikasi va fiziologiyasiga ta‘sirini o‘rganilishi buning boisidir. 
Xulosa, musiqa darsi o‘zining aralash dars tipi (tuzilmasiga ega), ifoda vositasi (tili) va aktiv 
psixologik ta‘siri bilan farq qiladi. Demak, musiqa darslari bolalarning shaxsiyati va 
dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Musiqa madaniyati darslar uchun alohida emotsional muhit xarakterlidir. Bu tabiiy hol, 
albatta, chunki musiqa «hissiyotlar tili». Musiqa to‘lqinlantiradi, bolalarning ruxiyatiga ta‘sir 
ko‘rsatib, muayyan kayfiyat uyg‘otadi. SHakllangan badiiy taassurotlar o‘qituvchi ta‘sirida 
nafaqat ifodali ijro, balki «so‘z» san‘ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada 
kuchaytiriladi. O‘quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning xayoloti 
rivojlantiriladi. Musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari, ifodalilikni aniq his etishlariga erishiladi. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish