II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
164
foydalanish ta‘lim samaradorligini oshirish, o`quvchilarning fan asoslarini o`zlashtirishga bo`lgan
qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
1.
Mavlonov O., Toshmanov N. Zoologiya darslari. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining
biologiya o`qituvchilari uchun o`quv-metodik qo`llanma. (7-sinf) «Tafakkur» nashriyoti.
Toshkent, 2012.
2.
Tolipova J.O. va boshqalar. Odam va uning salomatligi darslari (O`qituvchi kitobi).
Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining biologiya o`qituvchilari uchun metodik qo`llanma. (8-sinf)
«Tafakkur» nashriyoti. Toshkent, 2016.
3.
Tolipova J.O., Azimov I.T., Sultonova N.B. Biologiya darslari. O`qituvchi kitobi.
Metodik qo`llanma. (9-sinf) «Tafakkur» nashriyoti. Toshkent, 2016.
4.
Shaxmurova G., Raxmatov U., Xo`janazarov O`., Tog`ayeva G. «Biologiya fanini
o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar» moduli bo`yicha o`quv-uslubiy majmua.
Toshkent, 2017.
QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Atavullayeva Mahbuba Qobilovna, Bozorova Nodira Erkinovna
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi biologiya fani o'qituvchilari
Annotatsiya:
Maqolada
t
abiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi ilgari
surilgan.
Kalit so‟zlar:
tabiat, jamiyat, Qizil kitob, muhofaza, ekologik bilim
.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlar tobora jiddiy tus olib borayotgan hozirgi davrda
tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanish, tabiatni tabiiy evolyutsion tiklanish qobiliyatining susayib
ketishi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda. Tabiatni asrash, atrof-muhitni
muhofaza qilish masalasi o`ta jiddiy masala bo`lib, uning yechimi ekologik bilim va ko`nikmalarni
shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Ekologik ta‘limni eng avvalo uzluksiz ta‘lim tizimini barcha bo`g`inlarida ta‘lim
muassasalarida tarbiyalanuvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning
zaruriy shartidir.
Umumta‘lim maktablarida tabiiy fanlarni o`qitishda o`quvchilarni tabiatga va atrof-muhitga
munosabatini shakllantirish, dars va darsdan tashqari to`garak mashg`ulotlarida amalga oshirish,
ya‘ni yer shari flora va faunasini rivojlanish bosqichlari hamda o`zgarishi kabi masalalarni
yechimini topishda muhim ahamiyatga ega. Bunda tabiatda bo`layotgan salbiy va ijobiy
o`zgarishlar va ularni kelib chiqish sabablari oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar
shular jumlasidandir. O`quvchilarga yer sharida hayot paydo bo`lgandan to hozirgacha yashagan
o`simlik va hayvonot dunyosini rivojlanish tarixi, qirilib ketgan hayvonlar turlari, ularni yo`q
bo`lish sabablarini batafsil ochib berish zarur. Yer sharida hozirgacha qirilib ketgan hayvonlarni
yo`q bo`lib ketishiga evolyutsion jarayonlar sabab bo`lsa, ya‘ni iqlim va landshaftlarni o`zgarishi,
XVII asrga kelib tabiatdagi salbiy o`zgarishlarni asosiy sababi insonlar sonini tinmay oshib borishi
tufayli tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, yerlarni o`zlashtirilishi, o`rmonlarni
kesilishi, yer usti va yer osti tabiiy resurslaridan ayovsiz foydalanishning oshib borishi,
hayvonlarni ov qilishning ko`payishi bilan bog`lash mumkin. Bunday holatning intensiv
rivojlanishi hayvonlar yashash muhitini qisqarishi va ov jarayonlari ularni sonini keskin kamayib
ketishiga olib keldi va natijada yovvoyi hayvonlar soni 80 % gacha qisqarib ketdi.
Yer shari hayvonot dunyosini himoya qilish va uni asl holicha saqlab qolish insoniyat oldida
muhim dolzarb vazifa bo`lib qoldi, natijada milliy bog`lar, qo`riqxonalar tashkil etila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |