II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
141
Любой проект, - будь он проект праздника, похода, Дня Знаний, викторины,
театрализованного представления детей, спортивной олимпиады или библиотечной
дискуссии, - нуждается в критериях оценки и самооценки.
Благодаря представленной здесь модели учитель получает критерии оценки и
направления оценки успешности любого проекта.
Комплектность всех граней деятельности учителя является идеальной моделью для
оперативной оценки и самооценки. Эта же модель может быть использована тогда, когда
мы разрабатывает тот или иной проект: реализуя проект, учитель видит себя в каждой из
этих ролей ещё на этапе планирования и проектирования.
СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННЫХ ИСТОЧНИКОВ:
1. Горохова Ю.В. Изменение роли учителя в современной школе [Электронный
ресурс] / Ю.В. Горохова // Молодой ученый. — 2016. — №14. — С. 528-530. – Режим
доступа: https://moluch.ru/archive/118/32759 / – (19.02.2018).
2. Профессиональная деятельность и личность педагога [Электронный ресурс] / –
Режим доступа: http://megaobuchalka.ru/3/14209.html – (19.02.2018).
BOSHLANG`ICH SINFLARDA “ALIFBE”NI O`RGANISHNING BADIIY-TAMSILIY
AN’ANALARI
Shafoat Jamilova,
Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi
21-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Alifboni yod olish boshlang`ich sinflarda naqadar zarurgligini yaxshi bilamiz. Uni yosh
avlod ongiga muhrlashda esa alifbe she’rlarning ahamiyati katta. O`quvchining shu tovush
alliteratsiyasiga oid she’r orqali talaffuzi yaxshilanadi, shuningdek, she’r mazmuniga
singdirgilgan ta’lim-tarbiyaviy o`gitlar bola tafakkurida muhim rol o`ynaydi. Muhimi esa shunday
she’rlar orqali nafaqat harf tanish, u bilan boshlanuvchi she’riy misralar yaratish, balki, bolalar
she’riyatida harfiy san’atlardan foydalanib, badiiy yuksak saviyali asarlar yaratish ko`zga
tashlanmoqda.
K. Turdiyeva ham shunday yo`nalishda she’rlar yozgan. U harflarni zamondosh jajji
o`quvchilar tushunchasiga mos ravishda talqin etadi. U alfavitdagi har bir harfga oid she’rlar
yozib, goh topishmoq, goh o`yinchoq, ba’zan esa yosh bolalarga o`gitlar berish maqsadini
ko`zlaydi. Natijada, harflar obraz darajasiga ko`tarila oladi.
Shoira she’rlaridagi lirik qahramon yosh bo`lishiga qaramay, talay kasblar bilimdoni,
hatto shu kasblarning vazifalaridan ham xabardor. U endigina maktab borib, harf taniy
boshlaganiga qaramay, kelajakda kim bo`lish haqida bosh qotiradi. Muhimi bu ham emas, u
ko`pchilik yoshlar hali eshitmagan kasb-hunarlar haqida tasavvurga egaligini oydinlashtiradi.
Ha, muallifning “Kasblar she’rga aylandi, alifbega joylandi” she’rida alfavit tartibidagi harflar
saf tortib, o`zi bilan boshlanuvchi kasblar haqida so`z yuritadi. Garchi har bir band (10-14
misra)da biror kasb-hunar haqida so`z borib, mustaqil sujetga ega bo`lsa-da ularning barchasi
“yo bo`lsammi” so`zidan boshlangani, mantiqiy bog`liqligiga ko`ra yaxlit she’rdir. Alifbe she’r
orqali o`quvchi o`ttizdan ortiq kasb-hunar haqida tasavvurga ega bo`ladi. Rost she’rda
kichkintoy bolalarning tasavvuriga hali sig`maydigan kasblarni ham uchratamiz. Masalan,
elchi, g`avvos, lug`atshunos kabi. Ammo shoira o`zining zamondosh o`quvchilarini yangi
voqelik, chet tillarini 1-sinfdan o`rgatilishi va xalqimizning iqtidorli farzandlari tafakkuriga
mos fikr yuritishni ko`zlaydi. Bunda shoira tajnisli so`zlardan ham foydalangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |