II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
12
0
xotiralari, mehnatkashlar ommasining kelajak uchun intilishi o`z aksini topib boradi. Oilaviy
an’analar ham bundan mustasno emas.Boshqa xalq an’analari kabi oilaviy an’analar ham shu
xalqning tarixi, uning turmush sharoiti va hayot tarzi bilan bog`liq o`tmish va kelajak aks etadi.
Shu ma’noda o`zbek xalqining oilaviy an’analari qimmatli va azizdir. Ular faqat mazmuniga
ko`ra qiziqarli bo`lib qolmasdan, balki bolalar bilan yoshlarni mehnatga jalb qilishdagi tarbiya
usullari va shakllari bilan ham hayotbaxshdir. Yangi davr, yangi sharoitda ular yangicha
mazmun bilan boyib bordi. O`rta Osiyoning boshqa xalqlarida bo`lgani kabi o`zbek xalqining
inqilobdan oldingi xayoti haqida so`z ketganda bironta oliy o`quv yurtining bo`lmagani haqida
ko`p gapiriladi. Bu faktni inkor etganimiz holda boshqa sharq xalqlari kabi o`zbek xalqida ham
avlodlar tarbiyasiga ta’sir etuvchi, kishilarni odamiylik, ezgulikka etaklovchi “Xalq
dorilfununlari” bo`lganligini, ularning xalqqa ta’sir kuchi g`oyat katta bo`lganini e’tirof
etmoqchimiz. Biz azal-azaldan xalqimizga ko`pchilik ishtiroki bilan o`tadigan xasharlar,
bolalarning turli o`yinlari, bolalar ijodi, choyxona suhbatlari, uchrashuvlar, gap-gashtaklar, to`y
va marakalar, mavsumiy bayramlar, gul va lola sayillari, “boychechak” aytish, qovun sayillari,
“yangi mehmon tug`ilishi”ni nishonlash, qizlar majlisi, kelinlarning qaynota va qaynona
oldidagi “yuz ochdi”lari, “kelin salom”lar, “sumalak”, echki o`yini, uloq o`yini, kurash,
mehmonda bo`lish, mehmon kutish kabi ko`plab marosimlarni nazarda tutib, ularning hammasi
hamxalq tarbiyashunosligining durdonalari sifatida avlodlarni o`zbek xalqiga xos bo`lgan
“o`zbekona”, “sharqona” tarbiyalashda muhim rol o`ynagan. Xalq pedogogikasining
umrboqiyligi, o`lmasligiga sabablardan yana biri uning avloddan avlodga etkazish shaklining
antiqaligidadir. Hatto xalqimiz hozirgidagidek ommaviy axborot vositalariga ega bo`lmagan
qadim zamonlarda ham xalq pedagogikasi xalq og`zaki ijodiyoti yo`li bilan qanot qoqqan.
Uning tarbiyaviy ta’siri bolalarga ona allasi bilan singib ketgan. O`zbek xalqining asrlar
mobaynida to`plagan xalq og`zaki ijodi xazinasi g`oyat boydir. U xalqimiz manaviy
madaniyatining oltin xazinasi hisoblanadi. Keksa avlod vakillari hayot tajribalari asosida
to`plangan, shakllangan dono fikrlarni quyi avlodlarga og`zaki hikoya, ertak, afsona, rivoyat,
topishmoq, matallar shaklida singdirishga, hikmatlar bilan xalq qalbiga kirib borishga intilgan.
Xalq ertaklari, topishmoq va matallar orqali bolalarni, ota-onalarning, kattalarning
maslahatlariga diqqat-e’tibor bilan quloq solishni o`rgatgan, ertak qahramonlaridan namuna
olishga intilgan. Ertaklar faqat bolalargagina ta’sir ko`rsatib qolmasdan, balki ota-onalarning
o`ziga ham, ularning hayot tarziga, va ishonchlariga, ahloqiy qiyofaga ham ta’sir etadi. Xalq
xotirasida saqlanayotgan, avloddan avlodga o`tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar,
maqol va matallar, ashula va topishmoqlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga
va haqgo`ylikka undaydi. Xalq og`zaki ijodida inson hayotining hamma qirralari aks etgan.
Ularda ota-onalarning, bolalarning tarbiyasi, parvarish qilish borasidagi yo`l-yo`riq va usullari
ham o`z ifodasini topgan. Shuning uchun hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir ko`rsatuvchi xalq
og`zaki ijodiga bo`lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Xalq og`zaki ijodida bolalarni sofdillikka,
oddiylikka undash bilan birga, ulardan ichi qoralik, chaqimchilik va boshqa salbiy sifatlar
qoralangan. “Manmanlik qilma netarsan, obro`yingdan ketarsan”, “Sen o`zingni maqtama, seni
birovlar maqtasin”, “Egilgan boshni qilich kesmas”, “Mevali daraxtning mevasi qanchalik ko`p
bo`lsa, uning boshi shunchalik pastga egiladi”, “Baxlning bog`i ko`karmas”, “Birovga choh
qazisang, o`zing yiqilasan”, “Egri o`ltirib, to`g`ri gapir”, “Ko`rpangga qarab oyoq uzat” singari
xalq maqollarida pand-nasihat ifoda etilgan. Ko`plab maqol va mattallarda bilimli bo`lish
ulug`lanadi, bilimsizlik qoralanadi. “Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni”, “Ilmi yo`qning
ko`zi yumiq”, “Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar”, “Ko`p o`qigan, ko`p bilar”, “Olim
bo`lsang, olam seniki”, “O`qigan o`g`il - otadan ulug`” va hokazo .
Vatanparvarlik, vatanni sevish mavzusi ham maqol va matallarda aks etgan.
Vatanparvarlik sifatlarni shakllantirish muhim o`rin tutgan. Oilaviy tarbiyada xalq
pedogogikasi an’analar, ertak, maqol, topishmoq va matallar shaklida o`z ifodasini topgan, va
u tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish vositasi sanalib, tarbiyaning barcha qirralarini qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |