12.2. Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini
qo‘llanilish tarixi
Farg’ona vodiysidagi neft konlarining ko‘p qismi Ulug’ Vatan urushi va undan
keyingi yillarda sanoat miqyosida ishga tushirilgan (1940-1950 yillar). Bu
davrda neft uyumlarining geologik tuzilishi va ularning fizikaviy xususiyatlarni
tabiiyki, yetarli darajada tadqiqot qilinmagan bo‘lib, suv haydash tizimlari
o‘zining ishlatilishi jarayonida bir necha bor qayta o‘zgartirilgan. Bular
quyidagilardan iborat: suv haydash chizigini neft olinayotgan maydonga
yaqinlashtirish, qo‘shimcha haydovchi quduqlarni ishga tushirish, suv haydashni
vaqtinchalik to’xtatish, bir qator holatlarda qo‘llanilayotgan tizimdan butunlay
voz kechish.
O‘zbekistonda neft uyumlariga suv haydashning quyidagi usullari
qo‘llanilmoqda: suv-neft chegarasi yoniga, kombinatsiyalashgan (chegara
yoniga+chegara ichiga), chegara ichiga.
Chegara yoniga suv haydash birinchi bor Janubiy Olamushuk konining V+VI
gorizontlarida 1952 yilda qo‘llanilgan bo‘lib, Fargona vodiysining 90% neft
uyumlarida o‘zlashtirishga urinib ko‘rildi. Biroq ba’zi konlarda yaxshi natijaga
erishilmagach, bu usulni uyum ichiga suv haydash usullari bilan kombinatsiyada
qo‘llanildi.
Asosiy sabablar esa quyidagilardan iborat:
1) Boshlang‘ich suv-neft chegarasi atrofida kollektorlik xususiyatlarining
yomonlashganligi va tog’ jinslarining har xilligi;
2) Kollektorlarning har xilligi, tektonik va litologik buzilishlarning mavjudligi
tufayli neft uyumining alohida qismlari orasida gidrodinamik aloqaning
yomonligi;
3) Terrigen va karbonat kollektorlarida o‘tkazuvchanlik xususiyatining pastligi
va ularning kesimida gilli qatlamchalarning ko‘pligi.
Hozirgi davrda chegara yoniga suv haydash Xo‘jaobod konining III, VII, VIII
gorizontlarida, Janubiy Olamushuk konining KKS gorizontida qo‘llanilmokda.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra suv haydash jarayonini jadallashtirish maqsadida
1960-1962 yillarda kombinatsiyalashgan usulning quyidagi ko‘rinishlari
o‘zlashtirildi:
1) Chegara yoniga va o‘choqsimon;
2) Chegara yoniga va maydon o‘qi bo‘ylab;
3) Chegara yoniga suv va uyum gumbazining yuqori qismiga gaz haydash.
Kombinatsiyalashgan suv haydashning birinchi ko‘rinishi Andijon konining III
gorizonti (sharkiy maydon) terrigen kollektorida va Xo‘jaobod konining shu
gorizontida o‘zlashtirildi. Bu usulning qo‘llanishi ko‘pgina neft uyumlarida
birinchidan, Haydalayotgan suvdan samarali foydalanish; ikkinchidan, maydon
bo‘ylab qatlam bosimini muvofiqlashtirish, uchinchidan, neft uyumining
tektonik va litologik to‘silgan kesimlariga suv haydash orqali ta’sir qilish
imkoniyatlarni berdi.
Ikkinchi ko‘rinishda suv haydash Janubiy Olamushuk konining I, V+VI va VIII
gorizontlarida va Bo‘ston konining III gorizontida keng qo‘llanildi. Bu konlarda
qatlamning gumbaz qismi murakkab geologik tuzilishdan iboratligi sababli
kombinatsiyalashgan suv haydashning ikkinchi ko‘rinishi samaradorligi boshqa
usullarga nisbatan past bo‘lib chiqdi.
Kombinatsiyalashgan ta’sir ko‘rsatishning uchinchi ko‘rinishi Cho‘ngara-
Galcha konining VI gorizontida va Shimoliy So‘x konining VIII gorizontida
qo‘llanilganda o‘zining boshqa usullarga karaganda samaradarligi yuqori
ekanligini isbotladi.
Bir vaqtning o‘zida qatlamga gaz va suv haydashning asosiy afzalliklarigi
quyidagilarni kiritish mumkin:
а) gaz haydovchi quduqlarning kichik fondida ham uyumni haydalayotgan gaz
ta’sirida tezda qamrab olish imkonini beradi;
b) konda gaz haydashni tashkil qilish suv haydashni tashkil qilishga nisbatan
kam vaqt talab qiladi;
v) usulning nisbatan soddaligi va arzonligi.
Chegara ichiga suv haydash kam qo‘llaniladigan usullardan biri xisolanib,
Maylisu-IV konining V+VII gorizontlarida va Janubiy Olamushuk konining III
gorizontida o‘zlashtirilgan.
Shunday qilib, 1952 yildan boshlab uyumlarning neft beraolishligini oshirish
maqsadida Fargona vodiysi sharoitida O‘zbekistonda suv bostirish usullarini
o‘zlashtirish, qo‘llash maqsadida katta miqyosda sanoat eksperimenti o‘tkazildi.
Bunda olimlardan P.K.Azimov, S.N.Nazarov, G.A.Alijanov, X.M.Turg‘unov va
konlarni muxandis-texnik xodimlaridan V.P.Akulov, A.M.Akramov,
L.I.Kalantarov va N.R.Raximovlarning xizmati beqiyosdir.
Tekshirish uchun savollar
1.
Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullarini sanab o’ting.
2.
Neft olishning ikkilamchi usullarini loyihalashtirishda neftlilik
qatlamini o‘rganishda qaysi parametrlar hisobga olinadi?
Document Outline - Ma’ruza rejasi
- Tekshirish uchun savollar
Do'stlaringiz bilan baham: |