3
Atamalarning paydo bo`lishidagi bir yo`l – bu unga muhim atamashunoslik ahamiyatini
berish sanaladi. Ko`p hollarda atama umum adabiy tildan hosil bo`lgan holda omonim bo`lib
qoladi va o`z manbasiga nisbatan ma`lum ma`noda yoki umuman aloqasini uzadi (Masalan,
«operatsiya» — jarrohlik operatsiyasi yoki
bank operatsiyasi, «polotno» — temir yo`l polotnosi
yoki matoli polotno).
Ko`p hollarda atama lug’at tarkibidagi so`zlardan so`z qo`shish yo`li bilan yasaladi (chang
yutgich, to`rt yulduz) yoki qo`shma so`z yasash bilan yasaladi (temir yo`l, to`g’ri burchak).
Atamalar yasashda ko`pincha lotin va yunon tili elementlaridan foydalaniladi. (Masalan,
«termometr»—yunoncha issiqlik va o`lchayman so`zidan olingan, «ekvivalent»—lotincha
quus—to`g’ri, valens (valent— o`zak) — kuchli, qimmatli).
Ba`zi hollarda atamalar turli tillardan kal’kalash yo`li bilan hosil bo`ladi. (Taqqoslash
uchun «besh yillik reja»
nemis tilida Funfens plan, frantsuz tilida plan quin quennal, ingliz
tilida
five years' plan).
Kal’ka — so`z yoki ibora bo`lib shu so`z zamirida yoki boshqa tildagi talaffuzidan kelib
chiqib ona tiliga o`girilishi tushuniladi. So`zlarni kal’kalaganda aniq morfologik tasavvur hosil
bo`ladi. (Masalan, XVIII asrda ruscha «so—sredotochit’» so`zi morfemali tarjima qilish yo`li
bilan). Kal’ka yo`li bilan ba`zan xorijiy tillardagi butun konstruktsiyalar o`sha tildan aynan
shunday tarjima qilinadi. (Masalan, "vaqtni yo`qotmoq" frantsuzcha «tuer Ie temps», inglizcha
«kill the time», nemischa «die Zeit totschalgen»). Ruschadan besh yillik plan, sotsialistik
musobaqa kabi so`zlar bevosita kal’kalash yo`li bilan zamonaviy tilimizga ko`chgan.
Atamashunoslik (terminologiya) so`zi lotincha «terminus» — termin va yunoncha «logos»
— so`z farqlayman kabi so`zlaridan olingan.
Tarixiy atamalarning asosiy manbalariga to`xtaladigan bo`lsak, avvalo antik falsafaning
rivojlanishi bilan (Aristoteldan boshlab) ilk bor falsafiy atamalar yunon tilida paydo bo`lishiga
e`tibor berishimiz kerak. Keyinroq, lotin tilida ijod qilgan Terentsiy Varron, TSitseron,
Kvintilman va boshqalarning xizmati bilan V asrda atamashunoslik to`la shakllanadi (Martsian
Kapella va Boetsiy esdaliklarida). Keyinroq atamashunoslik roman, german, slav’yan va
boshqa tillariga ko`chdi.
Islom dini tarqalgan mamlakatlarda hunarmandchilikning o`sishi, san`at, savdo aloqalari
va fanning rivojlanishi bilan san`at, savdo, ximiya, matematika,
astronomiya, geografiyaga oid
atamalarning arab tilida ko`chishini ta`minlandi. Bular keyinroq hind—Yevropa tillariga ko`chdi
(Masalan, tara, tarif, al’kogol,
alizarin, azimut, nodir, musson).
Tarif
— olinadigan yoki to`lanadigan xaq—baholar ko`rsatkichi, baho. Imtiyozli tarif,
pochta tarifi, tarif jadvali.