Tayanch iboralari;
xizmatlar, servis, asosiy va qushimcha
xizmatlar, is‘temolchilarning hulq atvori.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar.
1.Ekskursiyaning o‗ziga hos hususiyatlarini izohlab bering
2.Turistlarning ekskursiya qilishdan qanday maqsadlari bo‗lishi
mumkin?
3.Turistlarga ekskursiya xizmati qanday tashkil etoiladi?
4.Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz?
5.Turizm turlarining tasnifi bo‗yicha yana qanday turlarni bilasiz?
6.Ilk sayohatchilar kimlar bo‗lgan?
Adabiyotlar
1.
O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Turizm to‗g‗risidagi‖ qonuni. Xalq so‗zi /
1999 yil 20 avgust.
2.
Хамидов О. Х. Безопасность питания туристов : монография / Хамидов
О. Х., Сафаева С. Р., Очилова Х. Ф.. - Тошкент : Iqtisodiyot, 2017. - 145 с;
3.
Сафарова Н. Н.Туризм ривожланишининг илмий-назарий асослари /
Сафарова Н. Н., Нарзикулов М. П.. - Тошкент : IFMR, 2017.
4.Ekskursiya xizmatini tashkil qilish : o`quv qo`llanma / Tuxliyev I.,
Amriddinova R., Tursunova G.. - Toshkent : Barkamol fayz media, 2018. –
296 b
151
13 – BOB. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATLARI
13.1.Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi.
13.2. Mehmonxona xo„jaligi marketingi.
13.3. Turizm marketingining xususiyatlari
13.1.Turizmda marketing faoliyatlarining
boshlanishi.
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash
va sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik Yevropa
qit‘asida amalda qo‗llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli
(tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‗rganilishi 1950 yillarda
Yevropada amalda qo‗llanilgan. Ikkinchi jahon urushigacha iste‘mol soha
bo‗lgan turizm tarmog‗i, urushdan keyin Yevropadagi sanoatlashuv
harakati
bilan
birga
rivojlanishga
va
tarqalishga
boshlagan.
Iste‘molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‗i
xalqaro xususiyat qozonib, talab va taklif muvozanati buzilishni
boshlagan. 1936 yildan e‘tiboran, Yevropada pullik ish haqining berilishi
bilan ishchilar, mutaxassislar ta‘tilga chiqib turizm harakatlariga
qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‗zgarish ortgan, yangi tunash
tarmoqlari yuzaga kelgan. Sayyohat qilgan insonlar soni har yili tez
sur‘atlarda ortib borgan. Ta‘tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining
60% ini tashkil qilgan.
Xususan, 1970 yillardan keyin talabni yonlantirish uchun turizm
marketingi tadqiqotlariga e‘tibor berilgan. Marketing, mahsulotning
bozorda iste‘molchi bilan qarshilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir
degan edik. Turizm marketingini turistik xizmat yoki mahsulot bilan
turizm bozori shakllantiradi..
Turizm bozori geografik nuqtai nazardan ikki qismiga milliy va
xalqaro turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi iste‘molchilar turist deb
ataladi.
Turizm
marketingida
mahsulotga
qaraganda
xizmatning
bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar
juda turli xil xizmatlarning yig‗indisidan tashkil topmoqda.
2.
Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm
152
muassasalarining, milliy va xalqaro tartibda turistlarning ehtiyojlarini
(optimize) his etishga qarab tizimli va birlikli harakatlardan tashkil
topmoqda. Insonlarning bo‗sh vaqtlarini qadrlash maqsadida ish, oila,
konferensiya maqsadlarida bir mintaqada, o‗lkada yoki mamlakatlar
orasida sayohat etish xohishi va ehtiyoji turistik korxonalarning tashkil
topishiga sabab bo‗lgan. Bu korxonalar, iste‘molchi bo‗lgan turist
guruhlarini eng uyg‗un yerlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayohat qildirish
maqsadida bir qancha uslublar va texnikalar yaratmoqda. Boshqa bir
turizm marketingi ta‘rifi quyidagicha izohlanadi:
―Turistik mahsulot va xizmatlarni turizm vositalari yordamida
mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro rejada ishlab chiqaruvchinng va
iste‘molchi bo‗lgan turistga oqimi va yangi turistik iste‘mol ehtiyojlari va
takliflarining yaratilishi bilan bog‗liq faoliyatlarining yig‗indisi turizm
marketingidir‖.
3.
Turizm sektorida yetishtirilgan mahsulot va xizmatlarning
marketingida industriya mahsulotlarining marketingidan farqli ba‘zi
xususiyatlar bo‗lmoqda. Mehmonxona xonalari uchun bo‗lgan talab
o‗zgaruvchan talabdir. Mavjud mehmonxona mahsulotlarining eng
ahamiyatlisi bo‗lgan mehmonxona xonalari, yer va makon boqimidan
barqarordir. Talab kamaygan vaqtda bo‗sh hajm yuzaga keladi va
talabning eng yuqori bo‗lgan vaziyatlarida mutlaqo ma‘lum bo‗lgan ustki
sig‗im chegarasi bor, bu chegaradan o‗tilmaydi. Mehmonxonachilik
asosidagi marketing, eng oldin bozorning uyg‗unligi va izlanish yo‗li bilan
talabning qozonilishiga ega bo‗ladi. Bu izlanish, mehmonxona uchun eng
yaxshi bozor imkonini, bozordagi bir joyni yoki alternativ joylar orasidagi
mehmonxonalardan birortasini saylashni belgilaydi yoki ma‘lum bir joyda
quriladigan eng yaxshi mehmonxona shaklini ta‘minlaydi. Marketing
mehmonxona muassasi bilan davomli bozor izlanishi, mahsulot
yetishtirish, sotish, tartiblik va ko‗zdan kechirish kabi marketing
bosqichlari bilan aloqada bo‗ladi. Mehmonxonalar insonlarga xizmat
ko‗rsatish maqsadida qurilgan tijoriy tashkilotlardir.
4.
Oxirgi yillarda iqtisodiy o‗zgarishlar va yangi texnikalarning
rivojlanishi korxonalarning xizmat va mahsulotlarni marketing shakllarida
va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli o‗zgarishiga sabab bo‗ldi.
153
Kompyuter texnologiyalaridagi rivojlanishlar ba‘zi turistik masofalarning
oldingi rejaga chiqishiga sabab bo‗ldi. Iste‘molchi munosabatlaridagi
o‗zgarishlar va boshqa omillar korxona xo‗jayinlariga xaridorlarning
kutish vaqtlarini o‗tganini, endi o‗zlari borib xaridorlarni izlash va ularni
o‗zlariga jalb qilishi kerakligini tushina boshladilar. Bu jarayon restoran
yoki mehmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |