2.Erishgan yutuqlari
O‘quvchilik yillarida maktabdagi rasmiyatchiliklarni, majburiyatlarni jini
suymaganiga qaramay ustozlari uni o‘ta tirishqoq o‘quvchi deb bilgan.
To‘rtinchi sinf imtihonidan o‘tib, oltinchi sinfga “sakragan” Stivni aslida
maktab rahbari birdaniga yettinchi
sinfga o‘tkazishni taklif qilgandi, lekin Pol
va Klara bu qadar tavakkal qilishdan qo‘rqqan. Maktabdan tashqari bolakay
axborot texnologiyalari sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan
Hewlett-Packard kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy to
‘garakka
borgan. Klubga qanday loyihalar ustida ishlash kerakligi haqida ma’lumot
va maslahat beradigan muhandislar va professionallar tashrif buyurardi.
Aynan o‘sha kurslardan birida Stiv ilk bor shaxsiy kompyuter bilan yaqindan
tanishgan va o‘sha paytlardayoq unda o‘zgacha taassurot uyg‘ongan.
To‘garakda bolalar shaxsiy loyihalar ustida ishlagan
vaqtda Stiv davriy
signallarning chastotasini o‘lchashga imkon beradigan chastotometrni
yig‘ishga hamda loyihasi haqida kompaniya rahbarining shaxsan o‘zi bilan
g
aplashishga muvaffaq bo‘lgan. Bill Hyulett 13 yoshlik bolakayga ish taklif
qiladi va Jobs gazeta tarqatish bilan birga, elektronikalar sotiladigan do‘kon
omborida ishlashni boshlaydi. 15 yoshida esa yosh Jobs o‘zining birinchi
avtomashinasiga ega bo‘ladi va ota-onasining moliyaviy ko‘magi yordamida
unga yangi dvigatel o‘rnatadi
.
Maktab yillarida Stiv
kompyuter bo‘yicha daho Stiven Voznyak bilan
tanishadi va keyinchalik bu tanishuv qadrdon do‘stlikka aylanadi. 1971-yilda
Voznyak dunyo bo‘yicha bepul telefonda gaplashish yo‘llarini o‘rganadi va
Stiv ikkovi maxsus chastota ohangining ovozli simulyatsiyasi yordamida
buni amalga oshiradi. Avvaliga Blue box deb nomlangan qurilma yordamida
shunchaki dunyoning boshqa nuqtalariga qo‘ng‘iroqni amalga
oshirgan
sheriklar keyinchalik ushbu ishning daromad olib kelishi mumkinligini
tushunib yetadi. Ular biznes hazilakam faoliyat emasligini, noqonuniy xatti-
harakatning oxiri voy bo‘lishi mumkin ekanini yaxshi anglagan holda faoliyat
boshlashga qaror qiladi. Alal oqibat esa 100 ga yaqin asli 40 dollarlik Blue
box’lar 150 dollardan sotiladi. Tushgan daromad esa o‘rtada teng bo‘lingan.
Shunday qilib yosh biznesmenlar odamlarga foydasi tegishi mumkin
bo‘lgan quticha ortidan o‘zlari ham yaxshigina daromad qila boshlaydi.
kompyuter uchun kerakli detallarni sotib olishg
a yetarli puli bo‘lmagan
biznesmenlar kredit olishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay 10 kun ichida
buyurtmalar tayyor bo‘lib, do‘kon peshtaxtasidan o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: