Milliy universitetining jizzax filiali kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/188
Sana10.11.2022
Hajmi6,59 Mb.
#862908
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188
Bog'liq
O\'zmuJF 1-to\'plam 07.10.22

Kalit so‘zlar
: Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi, AKT, Global Internet, 
raqamli iqtisodiyot, robototexnika, IT-park, elektron tijorat, informatsion oqim. 
Raqamli 
iqtisodiyotning 
paydo 
bo‘lishi 
jarayonini 
zamonaviy 
axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Global Internet tarmog‘isiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Raqamli iqtisodiyot», AKT va Internet tushunchalari bir-
biri bilan uzviy bog‘liqdir. «Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nom-lari 
bilan bog‘liq: kanadalik iqtisodchi Don Tapskott va amerikalik axborot texnologiya 
(IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte[1-2]. 
Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir, 
ammo ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyot Internet va Butunjahon internet 
tarmoqlariga asoslangan bozorlarda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini 
tushunamiz. 
Raqamli iqtisodiyot – raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi. 
Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyati, bunda ishlab chiqarishning asosiy 
omili raqamli ma’lumotlarni ishlab chiqarish, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil 
natijalaridan foydalanish bo‘lib, ular an’anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har 
xil turdagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, yetkazib 
berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin[3-4]. 
Raqamli iqtisodiyotning eng muhim va hal qiluvchi texnologiyasi raqamli 
platformadir. Raqamli iqtisodiyot platformasi – iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlaydigan funktsiyalar va xizmatlar to‘plami 
bilan raqamli muhit (dasturiy va apparat kompleksi), shuningdek, ular o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatlarini amalga oshiradi[5]. 
Platformaning qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatini taqdim 
etish va ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir o‘tkazish tartibini osonlashtirishdir. 


70 
So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlanishida 
to‘rtta holat bilan bog‘liq bo‘lgan sifatli siljishlar kuzatilmoqda: 

raqamli qurilmalarning (kompyuterlar, telefonlar, Internetga ulangan aqlli 
moslamalar va qurilmalar) mavjudligi va tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda; 

tegishli vositalarni kiritish va ulardan foydalanish xarajatlari doimiy 
ravishda pasayib bormoqda; 

raqamli texnologiyalar doimiy ravishda o‘zlarining qo‘llanilish doirasini 
kengaytirmoqda; 

iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda o‘sib 
bormoqda (shu jumladan, dastlabki ikki omil ta’siri tufayli). 
Raqamli platformalar raqamli iqtisodiyotning muhim vositasi bo‘lib, ko‘plab 
yangi texnologiyalarni birlashtiradi va foydalanuvchilarga (ishlab chiqaruvchilar 
ham, iste’molchilar va vositachilarga ham) eng yaxshi raqamli vositalar va erkin 
raqobat bozoridan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa tegishli segmentdagi 
o‘yin qoidalarining sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi[6-7]. 
2018-yil 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev Toshkentdagi simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan yig‘ilishda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat 
bilan chiqdi. Prezident yig‘ilish davomida O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot 
konsepsiyasi ishlab chiqilishini ma'lum qildi. 
“Raqamli iqtisodiyotga o‘tmasak, orqada qolib ketyapmiz. Iqtisodiyotning 
barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan 
Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda 
«Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Raqamli 
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin 
kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham 
buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformatsiyani 
amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda 
investitsiyalar jalb etish zarur”, dedi prezident. 
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab tez sur’atlar bilan o‘sib 
bormoqda, buning natijasida sohada kadrlar yetishmasligi ham xususiy sektor, ham 
samarali davlat boshqaruvi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali 
IT-mutaxassislarga bo‘lgan tez o‘sib borayotgan talab, ularning yetishmasligi bilan 
birga, bu sohada mutaxassislarning ish haqi darajasining oshishiga olib keladi. 
Davlat boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari bilan ta’minlash 
muammosi o‘ta dolzarb. Shu munosabat bilan bugungi kunda mamlakatimizda "bir 
million dasturchi" Mega-loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat 
Mirziyoyev 2020-yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni 


71 
rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot chog'ida 
ta’kidlaganidek, sohada belgilangan maqsadlarga erishish yangi avlod 
mutaxassislarini tayyorlash hisobiga jadal sur’atda o‘sishi mumkin. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, korxona, muassasa va 
tashkilotlarning 
boshqaruv 
tizimiga 
zamonaviy 
axborot-komunikatsiya 
texnologiyalarni qo’llagan holda barcha soha va markazlarni raqamlashtirsak, shu 
yuqoridagi 
muassasalarning 
raqamlashtirish 
faoliyati 
jarayonida 
mehnat 
unumdorligi va samaradorligi oshadi hamda imkoniyatlari kengayadi. Raqamli 
iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va 
raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona 
kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida 
oʼrganilishi lozim. Yuqorida keltirilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi, 
bizning nazarimizda, Oʼzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishda ta’lim tizimini boshqaruvining yuksalishiga imkon yaratib beradi.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish