Milliy universitetining jizzax filiali kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/188
Sana10.11.2022
Hajmi6,59 Mb.
#862908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
O\'zmuJF 1-to\'plam 07.10.22

Mas’ul muharrirlar:
prof
. Turakulov O.X., 
prof.
Usmanov S.A.
Tahrir hay’ati a’zolari:
p.f.d., prof. Turakulov О.Х., prof. Usmanov S.А., 
t.f.n., dots. Baboyev А.М., т.f.f.d.(PhD) Аbduraxmanov R.А, Eshonqulov B.S., 
p.f.n., dots. Alimov N.N., p.f.f.d.(PhD) Aliboyev S.X., p.f.f.d. Mingboyev U.X., 
Tugalov I.X., f.f.f.d.(PhD) Sindorov L.K., tarix.f.f.d.(PhD), dots. Nosirov B.U., 
b.f.f.d. (PhD) Oʻrolov А.I., f.f.f.d. (PhD), dots. Kuchkarov T.O., f.f.f.d. (PhD) 
Alibekov D.A.., f-m.f.f.d. Parmonov A.A., Qayumov O.A., i.f.n. Muxtorov B.A., 
i.f.n., dots. Tsoy M.P., Joʻrayev, Abduraxmanov Z.B. 
Mazkur toʻplamga kiritilgan ma’ruza tezislarining mazmuni, undagi statistik 
ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlarning toʻgʻriligi hamda tanqidiy fikr-mulohazalar, 
keltirilgan takliflarga mualliflarning oʻzlari mas’uldirlar. 



 
KIRISH 
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya va muhandislik texnologiyalari, 
sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 
asosiy mezoni hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot va raqamli transformatsiyalar barcha 
sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazish barobarida, ularning barqaror rivojlanishini 
ta’minlamoqda. Jumladan, ta’lim, biotexnologiya, psixologiya va pedagogikaning 
zamonaviy metodlari va texnologiyalari global transformatsiyalar sharoitida ulkan 
evrilishlarga uchramoqda. Yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar sohalarning 
olimlari va mutaxassislari orasida o‘zaro ilmiy hamkorlikni talab qilmoqda va yangi 
ilmiy natijalar va usullarni muhokama qilish, yosh olimlarni sohaga jalb qilish 
hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash 
imkoniyatlarini yaratish zarur bo‘ladi.
Anjumanning maqsadi muhandislik texnologiyalari va dasturiy ta’minotlarini 
yaratishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va ularni murakkab tizimlarni 
boshqarishda hamda ilmiy tadqiqot jarayonlarida joriy qilish, globallashuv 
sharoitida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun 
mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga 
chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaxshilash, davlat va 
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini 
liberallashtirish bo‘yicha mavjud yuqori salohiyatli ilmiy maktablar an’analari 
hamda ilg‘or fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari bilan tanishish; 
sohada olib borilayotgan izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yo‘naltirish, 
sohalardagi muhim masalalarni muhokama etishdan iborat. 
Anjumanni o‘tkazish jarayonida zamonaviy muhandislik texnologiyalari va 
dasturiy ta’minotlar yaratishning amaliy masalalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning 
hozirgi holatini tahlil qilish, tizimli tahlil, boshqaruv, sun’iy intellekt, raqamli 
transformatsiya bo‘yicha dolzarb muammolarni yechishda ilmiy asoslangan takliflar 
berish, axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor 
yo‘nalishlarini aniqlash, biotexnologiya va biomuhandislik sohasida innovatsion 
tadqiqotlar rivojlanishga ko‘maklashish, psixologiya va pedagogikada zamonaviy 
texnologiyalar, global transformatsiyalar sharoitida ijtimoiy va filologiya sohasidagi 
tadqiqotlar istiqbollarini belgilash ko‘zda tutilgan. 
Anjumanda ilgʻor fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari, 
mamlakatimizning intellektual nufuzini oshirish hamda izlanishlar natijasini 
tijoratlashtirish masalalari muhokama qilinadi. 
Anjuman natijasida professor-oʻqituvchilar, talabalar, ilmiy xodim-
izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi, tegishli sohalar olim va mutaxassislari oʻrtasida 
oʻzaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini hamda oʻzaro fikr-mulohaza va tajriba 
almashishlari uchun sharoit yaratib beriladi, ularni fan-texnika taraqqiyoti yoʻlida 
birlashtiriladi. Shuningdek anjumanda mamlakatimizning intellektual nufuzini faol 
reklama qilish hamda izlanishlar natijasini tijoratlashtirish masalalari nazarda 
tutilgan.



Muxtasar qilib aytganda, anjumanda muhokama etilayotgan muammolar 
bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar 
tayyorlanadi, zamonaviy axborotlashtirilgan jamiyat va axborotlashtirilgan ta’lim 
tizimini shakllantirish va rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun infratuzilmalarni 
yaratish, fuqarolarda sun’iy intellekt vositalaridan to‘g‘ri foydalanish malakalarini 
shakllantirish muammolarining yechimlari belgilanadi, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarishga innovatsion muhandislik 
texnologiyalarni, texnik vositalarni, fan yutuqlarini joriy etish, ta’lim tizimida 
kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga zamin yaratadi. Bularning barchasi esa, 
iqtisodiyot tarmoqlarida eng kam mehnat sarfi evaziga jahon bozori talablariga mos 
sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga asos bo‘ladi va yuqori iqtisodiy samaradorlikni 
ta’minlaydi.
Mazkur anjumanda ishtirok etayotgan turli soha olimlari, hukumat idoralari 
vakillari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari asosiy e’tiborlarni iqtisodiyot tarmoqlarini 
innovatsion rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalar samaradorligini oshirishning 
yuqorida aytib o‘tilgan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy jihatlariga qaratsalar 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Anjuman yakunida soha 
tarmoqlarining iqtisodiy salohiyatini oshirish va ularni rivojlantirishning har bir 
yo‘nalishidagi muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda 
tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli hukumat idoralari va tashkilotlariga taqdim etiladi, 
degan umiddaman.

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish