Milliy universitetining jizzax filiali kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/188
Sana10.11.2022
Hajmi6,59 Mb.
#862908
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188
Bog'liq
O\'zmuJF 1-to\'plam 07.10.22

Xulosa. 
Shunday qilib, biz ushbu Sun’iy yo‘ldoshning jozibadorligi haqida 
gapirishimiz mumkin. Sun’iy yo‘ldosh studiyasi juda o‘ziga xos ustunlikga egadir. 
Bunday ishlarni amalga oshirish qiyin emas, uni muvaffaqiyatli va barqaror daromad 
keltiradigan korxonaga aylantirish ancha qiyin. Bozorda ajralib turing, o‘z 
o‘rningizni egallang, raqobatdosh ustunliklarni yarating - bular ushbu sohadagi eng 
muhim va asosiy vazifalardir. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
R.R.Ibragimov, 
D.A.Davronbekov, 
Sh.U.Pulatov, 
A.Xatamov. 
“Sputnikoviye sistemi svyazi i prilojeniye” (Uchebnik). T.: «Aloqachi»,2012, - 
320 b. 
2.
Djurayev R.X., Djabbarov Sh.Yu. Kontrol i diagnostika tsifrovыx ustroystv 
sistem peredachi dannыx. (Monografiya). -T.: «Aloqachi».2020, - 168 s. 
3.
Sh.Z.Tojiboyev “Televideniye” (Darslik). T: «Aloqachi»,2011- 236 b. 
QIDIRUV VA QAROR QABUL QILISHDA KVANT ALGORITMLARI 
t.f.d., prof. Nodir Rahimov, Assitent Oybek Primqulov 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 
Toshkent, Oʻzbekiston, E-mail: 
r_nodir@mail.ru 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ma’lumotlarni qidirish va qaror qabul 
qilishda qoʻllaniladigan Grover va Franko algoritmlari haqida ma’lumot berilgan. 
Keltirilgan algoritmlar kvant algoritmlari hisoblanib klassik kompyuterlarga 
asoslangan 
algoritmlarga 
nisbatan 
yuqori 
samaradorlikda 
ishlashga 
moʻljallanganligi bayon etilgan.
Kalit soʻzlar. 
kvant kompyuterlari,kvant algoritmlari,qubit, qaror qabul 
qilish, qidirish. 
 
Kirish 
Hozirgi kunda ma’lumotlar hajmini oshishidagi muammolar tufayli insoniyat 
yuqori tezlikda ishlovchi kompyuterlarga ehtiyoj sezmoqda. Shu sababli dunyoda 
oʻta kuchli superkompyuterlar yaratilgan va ular 100 -1000 petaflops tezlik bilan 
ma’lumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan. Bu ham insoniyatning axborotni 


286 
saqlash va qayta ishlashga boʻlgan ehtiyoji uchun yetarli emas. Chunki axborot 
hajmini muttasil ravishda ortib borishi natijasida ushbu aytilgan koʻrsatgichlar ham 
kamlik qilib bormoqda. Bu esa yana ham kuchliroq texnologiyalarni yaratishga 
turtki boʻladi. Informatsion texnologiyalar (IT) sohasidagi klassik kompyuterlarning 
asosiy qismi boʻlgan prosessorlar tranzistorlardan tashkil topgan boʻlib bu 
tranzistorlar oʻzida ikkita holatni saqlaydi. Yoniq va oʻchiq. Tranzistorning yoniq 
holati 1 ga oʻchiq holati 0 ga teng hisoblanadi. Tranzistorning ushbu holati ikkilik 
kodni keltirib chiqaradi. Va bu holatlar bit deb ataladi. Hozirgi kunda tranzistorlar 
hajmi juda kichik oʻlchamlarga keltirilmoqda lekin ma’lum bir darajaga yetgandan 
keyin ularni kichraytirish imkonsiz boʻlib qoladi. Bunday muammolarni bartaraf 
etish maqsadida ilmiy tadqiqot institutlari kvant tamoyilida ishlovchi dastlabki kvant 
kompyuterlarini yaratdilar va uni takomillashtirish ustida koʻplab tadqiqotlar olib 
bormoqdalar.
Kvant kompyuterlari - bu qayta ishlash quvvatining katta oʻsishiga erishish 
uchun kvant mexanikasining baʻzi hodisalaridan foydalanadigan tezkor quvvatga 
ega mashinalardir. Kvant kompyuterlari har qanday an’anaviy super statsionar 
kompyuterni ortda qoldirishga qodir. Chunki an’anaviy kompyuterlar bit da ishlashi 
tufayli bir vaqtda bitta natijaga ega boʻlsa kvant kompyuterlari qubit asosida ishlashi 
sababli bir vaqtda barcha natijalarni namoyon qilishlari mumkin. Kvant 
kompyuterlari ilm-fan, tibbiyot yoki genetika kabi har xil texnologik taraqqiyot 
sohalarida turtki boʻlishi mumkin boʻlgan kompyuterlardir. Google, Microsoft, 
IBM, Samsung va Amazon kompaniyalari yangi turdagi mahsulotlarini
ishlab 
chiqish uchun ulardan foydalanishni boshlaganlar. Samsung kompaniyasi Samsung 
Q2 modelidagi kvant chipi asosida yaratilgan mobil qurilmani ishlab chiqarmoqda. 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish