144
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari daromadlari prognozini va
ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‗ljallarni;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari
xarajatlari prognozini va
ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli mo‗ljallarni;
Davlat
budjetining
birlamchi
profitsiti
yoki
birlamchi
taqchilligi
prognozlarini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlilini o‗z ichiga oladi.
Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish
vazirligi tomonidan — har yili 15-aprelga qadar o‗rta muddatli davr uchun kamida
ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozining dastlabki
bahosi;
birinchi darajali budjet mablag‗larini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1-
mayga qadar O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek
davlat dasturlari
asosida o‗rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati
kelgan tadbirlar ro‗yxati hisobga olingan holda zarur bo‗lgan mablag‗lar, obyektlarni
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‗yilmalar
to‗g‗risidagi dastlabki
takliflar;
davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili
1-mayga qadar navbatdagi o‗rta muddatli davr uchun davlat maqsadli
jamg‗armalarining daromadlar prognozlari va xarajatlarning dastlabki miqdorlari,
shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari
asosida kelgusi o‗rta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash
muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur bo‗lgan mablag‗lar bilan ta‘minlash
uchun O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo
transfertlarning dastlabki miqdorlari bo‗yicha takliflar;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tomonidan — har yili 1-mayga qadar daromadlar prognozlari,
xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda obyektlarni loyihalashtirish,
qurish
(rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‗yilmalar) dastlabki miqdorlari,
shuningdek O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan
budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi, Davlat bojxona qo‗mitasi va
boshqa vazirliklar, davlat qo‗mitalari, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15-
mayga qadar amaldagi soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda o‗rta muddatli
davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari bo‗yicha
hisob-kitoblar O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: